Donald John Trump (talaffuzi: Donald Jon Tramp, 1946-yil 14-iyunda tugʻilgan) – amerikalik siyosatchi, teleboshlovchi, aktyor va tadbirkor.Respublikachilar partiyasi aʼzosi,Qoʻshma Shtatlarning 47-prezidenti. 2017-yildan 2021-yilgacha 45-prezident boʻlgan.
Donald John Trump 1946-yil 14-iyunda Nyu-YorkningQueens tumanidagi Yamayka kasalxonasida tugʻilgan[1][2]. Nemis millatiga mandub Fred Trump va shotland millatiga mansub Mary Ann McLeodning toʻrtinchi farzandi[3][4]. Opalari Maryanna va Elizabeth, akasi Fred va ukasi Robert bilan Queensning Jamaica Estates mahallasidagi qasrda oʻsgan[5][6]. Fred Trump har bir farzandiga yiliga 20 ming dollardan sarflagan, bu 2024-yilgi hisobda 265 ming dollarga teng[7][8]. Zamonaviy standartlarga koʻra[9][10], Trump sakkiz yoshida millioner boʻlgan[a][12][13][14].
Trump yettinchi sinfgachaKew-Forest xususiy maktabida[en] oʻqigan. U tarbiyasi qiyin bola boʻlgan va otasining biznesiga erta qiziqish bildirgan. Otasi oʻrta maktabni tugatishi uchun Nyu-York harbiy akademiyasi qoshidagi xususiy maktab-internatiga yozdirdi[15]. Trump shou-biznesda karyera qilishni oʻyladi, lekin buning oʻrniga 1964-yilda Fordham universitetiga oʻqishga kirdi[16]. Ikki yil oʻtgach, Pensilvaniya universitetining Uorton maktabiga oʻtdi va 1968-yil may oyida iqtisodiyot boʻyicha bakalavr darajasini oldi[17].
Vyetnam urushi paytida tovonida jiddiy nuqsoni borligi sababli chaqiruvdan ozod qilingan[3].
Nyu-York harbiy akademiyasi tinglovchisi Donald Trump, 1964-yil
1968-yildan boshlab Trump otasining„Trump Management“ koʻchmas mulk kompaniyasida ishlagan[18]. Nyu-Yorkning chekka tumanlarida irqiy jihatdan ajratilgan oʻrta sinfga tegishli ijara uylariga egalik qilgan[19]. 1971-yilda otasi uni kompaniya prezidenti etib tayinladi va u The Trump Organization shirkatidan brend sifatida foydalana boshladi.Roy Cohn Trumpning 19701980-yillarda 13 yil davomida tuzatuvchisi, advokati va murabbiyi boʻlgan. 1973-yilda Cohn Trumpga AQSH hukumatiga 100 million dollar (2024-yilgi hisobda 708 million dollarga teng) evaziga Trumpning mulklarida irqiy kamsitish amaliyoti borligi haqidagi ayblovlarga qarshi chiqishga yordam berdi. Trumpning qarshi daʼvolari rad etildi va hukumatning ishi Trumplar segregatsiyadan chiqishga rozilik toʻgʻrisidagi farmonni imzolashi bilan hal qilindi[20]. Oʻttiz yoshga toʻlmasdan turib, oqibati va bahosi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, sudlashuvga moyilligini koʻrsatdi; hatto yutqazganida ham, ishni gʻalaba deb taʼrifladi. Cohn Trump loyihalariga yordam berib, noqonuniy amaliyotlarini nazorat qiladigan vakil edi[21][22][23]. 1991-yildan 2009-yilgacha oʻzining oltita biznesi: ManhattandagiPlaza mehmonxonasi,Nyu-Jersi shtatiningAtlantik-Siti shahridagi kazinolar va Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini bankrotlikdan himoya qilish uchunbankrotlik kodeksining 11-bobiga[ru] koʻra, yordam soʻrab ariza topshirdi[24][25].
1992-yilda Maryanne, Elizabeth, Robert Trumplar, ularning amakivachchasi John W. Walter, har biri 20 foizlik ulush bilan All County Building Supply & Maintenance Corp. shirkatini tashkil etishdi[26]. Kompaniya ofislarga ega emas edi va Trumpning ijara boʻlinmalari uchun taʼminotchilarga pul toʻlash uchun soxta kompaniya boʻlgan. Keyin esa bu xizmatlar va taʼminotlarni Trump Management kompaniyasiga 20-50 foiz va undan yuqori ustamalar bilan toʻlagan. Mulk egalari ustamalardan tushgan daromadni baham koʻrishdi. Koʻtarilgan xarajatlar uning ijara haqini oshirish uchun ishlatilgan[27][28].
Tramp da oʻzining bekor qilingan Manxettenni rivojlantirish loyihalaridan birining modeli bilan. 1985-yil[29]
Trump 1978-yilda oʻz oilasining Manhattandagi birinchi korxonasini ishga tushirishi bilan jamoatchilik eʼtiborini tortdi: Grand Central terminaliga qoʻshni boʻlgan tashlandiq Commodore mehmonxonasini taʼmirladi[30]. Moliyalashtirish otasi tomonidan unga 400 million dollarlik shahar mulki soligʻini kamaytirish orqali amalga oshirildi. Hyatt shirkati bilan birgalikda 70 million dollarlik bank qurilish kreditini kafolatladi[31][32]. Mehmonxona 1980-yilda Grand Hyatt mehmonxonasi sifatida qayta ochildi va oʻsha yili Midtown Manhattandagi Trump Tower osmonoʻpar majmuasini boshqarish huquqini oldi[33].
1995-yilda Trump 3 milliard dollardan ortiq bank kreditlarini toʻlay olmadi va kreditorlar Plaza mehmonxonasini hamda boshqa koʻpgina mulklarini musodara qilishdi, biroq Trump shaxsiy bankrotlikdan qochishga imkon topdi[34][35].
1996-yilda Trump Wall Street koʻchasi, 40-uyda joylashgan, nomi keyinchalik „Trump Building“ deb oʻzgartirilgan, asosan boʻsh turgan 71 qavatli binoni sotib oldi va taʼmirladi[36]. 1990-yillarning boshlarida Gudzon daryosi boʻyida, Lincoln maydonidagi 70 akr (28 gektar) maydonni taʼmirlash huquqini oldi. Boshqa loyihalardan qarzdorlikni yopgach, 1994-yilda loyihadagi ulushining katta qismini osiyolik investorlarga sotdi – ular esa loyihaning yakunlanishini moliyalashtirishgan[37]. Trumpning soʻnggi yirik qurilish loyihasi 2008-yilda Chikagoda ochilgan 92 qavatli „Trump International Hotel and Tower“ mehmonxonasi boʻlgan. 2024-yilda„The New York Times“ va„ProPublica“ gazetalari qurilish xarajatlarining oshib ketishi va turar-joy binolarining past savdosi tufayli yuzaga kelgan zararlarni ikki baravar hisobdan chiqarilgan yoki chiqarilmaganligi tekshirilayotganini xabar qilishdi. Trump 2008-yilgi soliq deklaratsiyasida bu binolarni qiymatsiz deb eʼlon qilgan edi[38].
1984-yilda Tramp Holiday Corporation kompaniyasining moliyalashtirish va boshqaruv yordami bilan Harrah’s mehmonxonasini ochdi[39][40]. 1985-yilda ochilmagan „Atlantic City Hilton“ mehmonxonasini sotib oldi va uni Trump’s Castle deb oʻzgartirdi[41][42]. Trump 1988-yilda Atlantic Citydagi uchinchi joy – „Trump Taj Mahal“ni sotib oldi. Bino 675 million dollarlik obligatsiyalar bilan moliyalashtirildi va 1,1 milliard dollarga qurib bitkazildi, 1990-yil aprel oyida ochildi[43]. 1991-yilda 11-bob boʻyicha bankrotlikdan himoya qilish uchun ariza berdi. Qayta qurish shartnomasi qoidalariga koʻra, u dastlabki ulushining yarmidan voz kechdi va kelajakdagi faoliyatini kafolatladi[44]. 900 million dollarlik qarzini kamaytirish uchun u Trump Shuttle aviakompaniyasini sotdi. Tarkibiga kazinolariga ijaraga berilgan va dokda saqlangan megayaxtasi, Trump Princess va boshqa bizneslari ham kirar edi[45]. 1995-yilda Trump Plaza egalik huquqini olgan Trump Hotels & Casino Resorts (THCR) ga asos soldi[46]. THCR 1996-yilda Taj Mahal va Trump Castle binosini sotib oldi va bankrot boʻldi, natijada 10 foiz egalik huquqi unga qoldi. 2009-yilgacha rais boʻlib qoldi[47].
1985-yilda Trump Florida shtatining Palm-Bich shahridagi Mar-a-Lago mulkini sotib oldi[48]. 1995-yilda mulkni boshlang'ich to'lov va yillik badal bilan xususiy klubga aylantirdi. Mulkning bir qanotidan xususiy turar joy sifatida foydalanishda davom etd[49]. 2019-yilda klubni o'zining asosiy qarorgohi deb e'lon qildi[50]. U 1999-yilda golf maydonchalarini qurish va sotib olishni boshladi. 2016-yilga kelib 17 ta golf maydoniga egalik qildi[51].
Trump Organization Donald Trump nomini oziq-ovqat, kiyim-kechak, o'quv kurslari va uy jihozlari kabi iste'mol tovarlari va xizmatlari uchun litsenziyalagan[52]. 50 dan ortiq litsenziyalash yoki boshqaruv bitimlari Trump nomi bilan bog'liq bo'lib, uning kompaniyalari uchun kamida 59 million dollar daromad keltirgan[53]. 2018-yilga kelib, faqat ikkita isteʼmol tovarlari kompaniyasi uning nomini litsenziyalashda davom etdi. 2000-yillarda Trump oʻz nomini butun dunyo boʻylab turar-joy binolarini qurish uchun litsenziyalagan, ulardan 40 tasi hech qachon qurilmagan[52].
Donald Tramp bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:
„Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki beach)“ majmuasining qurilishi. Trampning soʻzlariga koʻra, majmua xaridorlarda katta qiziqish uygʻotgan.
„Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Chikago)“ majmuasi – mablagʻ yetarlicha boʻlmaganligiga qaramasdan, qurilish yakunlandi.
„Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto)“ – biroz kechroq boʻlsa-da, qurilishi tugallandi.
„Tramp minorasi (Tampa)“ – soʻrovlar koʻp boʻlgani uchun narxlari oshib ketgan, oqibatda xaridorlar oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqqan.
Florida shtatiningFort Loderdeyl shahrida „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Fort Lauderdale)“ majmuasi qurildi.
„Tramp minorasi (Atlanta)“ –Atlanta shahridagi yangi uy-joy majmuasi[54].
2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqiroziChikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va TrampDeutsche Bank ssudasini yopa olmadi[55]. Tramp sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz – bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan[55].Deutsche Bank vakillari esa, „Tramp muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar[55].2009-yil 17-fevraldaTrump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi[56].
2011-yilda„Forbes“ jurnali Donald Tramp boyligini 2.9 milliarddollarga baholadi, ammo 2015-yildagi matbuot anjumanlaridan birida u boyligining 10 milliard dollardan ham ortiq ekanini aytgan[57].
* 2006-yildaShotlandiyaningAberdin shahrida katta yer maydonini sotib oldi, bu yerdaBirlashgan Qirollik golf chempionati uchun maydon boʻlishi moʻljallangan. Undan tashqari, bu yerda golf akademiyasi va besh yulduzli mehmonxona qurilishi kutilmoqda[58].
„Palm Beach“dagi bino: 4000m² maydonga ega uy. Tramp bu uyni 40 million dollarga sotib olib, qayta taʼmirlab, 2008-yilda 100 million dollarga sotgan. Bu uyAQShda sotilgan eng qimmat uy boʻldi.
Koʻpchilik qurilish kompaniyalari Donald Trampdan ular qurayotgan binonireklama qilib berishni soʻraydilar. Shu sababdan, Tramp nomi yozilgan binolarning aksariyati uning oʻziga qarashli emas.„Forbes“ bergan maʼlumotga koʻra, qurilishi kutilayotgan yana 33 ta loyiha bor, ularning ichiga 7 ta mehmonxona ham kiradi.
Donald Tramp seriallar, komediyalar, multfilmlarning dublyajlarida ovoz bergan, bir qancha rollarni ijro etgan, telekoʻrsatuvlarda qatnashgan[61]. Ikki martaEmmy mukofoti sohibi boʻlgan.2003-yili TrampNBC telekanalidagi„Nomzod“ deb nomlangan teleshouning ijrochi produseri va boshlovchisi boʻldi. Bu shouning mazmuni shunday: qatnashchilar Tramp kompaniyalarining biriga ishga kirish uchun kurash olib boradilar, magʻlub boʻlganlar oʻyindan chiqariladi va Tramp ularga „Siz boʻshatildingiz!“ (inglizcha:Youʼre fired!) deydi. Bu soʻzlar juda mashhur boʻlib ketadi. 2004-yili Tramp ushbu iborani savdo belgisiga aylantirgan.2007-yili Donald Tramp ismiHollywooddagi „Yulduzlar yoʻlkasi“ga yozildi.Shu yili TrampAQSH PrezidentiBushniIroqda urush olib borayotganligi uchun keskin qoraladi.
”Iroqdagi urushda koʻp qon toʻkilishini istaganlardan hech biriAQSh Prezidenti saylovida gʻalaba qilolmaydi”
– degan u.
Shuningdek, uHillary Clinton yokiRudolph GiulianiAQSh prezidentligiga nomzod boʻladigan taqdirda, ikkisini ham qoʻllashi mumkinligini aytgan. Tramp aktrisaAngelina Jolieni „birinchi raqamli goʻzal aktrisa“ sifatida tan olmagan[62].
Donald Tramp oʻz veb-saytini ishga tushirdi. sayt „45office.com“ deb nomlangan boʻlib, hozircha uchta sahifaga ega. Ulardan biri Donald va Melaniya Trampning tarjimai holi va AQSHning 45-prezidenti hamda birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bagʻishlangan. Bosh sahifa orqali amerikaliklarga Tramp bilan oʻz fikrlarini boʻlishish imkoni yaratilgan. Buning uchun foydalanuvchilardan shaxsiy aloqa maʼlumotlari kiritiladigan soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi. Shuningdek, sobiq prezidentlik juftligiga har qanday ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish imkoni ham mavjud. Uchinchi sahifa esa matbuot soʻrovlari uchun ajratilgan.
Qayd etilishicha, veb-sayt dizaynida sobiq prezidentning oʻz tarafdorlari bilan ommaviy yozishmalar olib borishi uchun alohida sahifa yaratilmagan[65].
„Dunyo goʻzali“ xalqaro tanlovini olib boruvchiMiss Universe Organization tashkiloti hamda„NBC“ telekanali ham aynan Donald Trampga qarashlidir.Donald Tramp, shuningdek, oʻzining shaxsiy kiyim-kechak brendiga ham ega (erkaklar kiyimlari, soatlari, atir va b.). Tramp nomi bilan ataluvchiaroq,kokteyl, gazli suv ham ishlab chiqarilmoqda[66]. Donald TrampLearning Annex maktabida ham dars beradi, bir soatli maʼruzasi uchun 1.5 milliondollar ish haqi oladi[67][68].
2008-yilning iyunida TrampAberdin shahar kengashi majlisida qatnashadi. Unda Tramp 1 milliard£ mablagʻ sarflab, shaharning shimoliy qismidagolf klubi qurishni taklif etadi. Kengash Trampning bu taklifini maʼqullagan, ammo qurilishga huquqbonlar, geologlar va olimlar qarshi chiqadilar. Bunga sabab, golf maydoni arxeologik ahamiyatga ega yerlarga qurilishi moʻljallangan edi.[69][70][71]
Donaldning ikki ukasi (Robert va David) va ikki singlisi (Meri va Elizabet) bor. Singlisi Mary – yurist.1977-yili Tramp 28 yashar Ivana Zelnichkovaga uylangan. Ularning uchta farzandi bor:Donald Tramp-kichik, Ivana va Erik. 1992-yili er-xotin ajrashib ketishgan. 1993-yili Tramp 29 yashar Marla Maplesga uylangan. Bu nikohdan Tiffany ismli qizi bor. 1999-yilda er-xotin ajrashishgan. Donald xotinlari haqida shunday degan:
«Meni oʻylashimcha, Ivana va Marla meni birday sevgan, men esa, oʻz ishimni sevaman»
2004-yildan beri Donald sloveniyalikMelaniya Tramp bilan nikohda. Ularning Barron ismli oʻgʻli bor[101].2013-yilga kelib, Donald yettita nabirali boʻlgan: ulardan beshtasi kichik Donaldning bolalari (Kai Madison,[102] Donald Jon,[103] Tristan Milos,[104] Spenser Frederik va Chloe Sophia); ikkitasi Ivankaning (Arabella Rose va Josef Frederik[105][106]) bolalaridir.Donaldnasroniylik dininingprotestantlik oqimiga eʼtiqod qiladi. Bu haqida uning oʻzi shunday degan: „Fikrimcha din bu chiroyli narsa. Mening dinim – nasroniylik esa chiroyli din“[107][108].
↑Trump uch yoshga toʻlganidan boshlab, otasi har yili farzandlarining har biriga 6000 dollardan hadya bergan, bu hadya soligʻisiz ruxsat etilgan maksimal miqdor edi. Soliqdan qochish uchun Fred ularni har biriga yiliga 13 928 dollardan ijara haqi toʻlab, oʻzining ikkita turar-joy majmuasining ijarachilariga aylantirdi.[11]
↑Lee-Brago, Pia; Katigbak, Jose. „Trump to skip East Asia Summit“.The Philippine Star (26-oktyabr 2017-yil). 26-oktyabr 2017-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 26-oktyabr 2017-yil.