Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Dissidentlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dissidentlar (yunoncha:dissidentes - qo‘shilishmaganlar, qarshilar) — 1) davlat dinikatolitsizm yokiprotestantizm bo‘lgan davlatlarda hukmron dinga e’tiqod qilmaydigan xristianlar. Ko‘chma ma’noda — o‘zgacha fikrlovchilar. 2) 1950-80-yillarning o‘rtalarida ko‘pchiliksotsialistik mamlakatlarda mustabid tuzumga qarshi harakat qatnashchilarning nomi. Inson va fuqaro huquq hamda erkinliklariga rioya qilinishi uchun o‘zgacha fikrlovchilar ta’qib etilishiga qarshi turli shakllarda chiqishlar qilishdi,sovet qo‘shinlarining Chexoslovakiyaga (1968) va Afg‘onistonga (1979) kiritilishiga qarshi norozilik bildirishdi. Dissidentlar maʼmurlar tomonidan qatagʻonlarga duchor etildi, koʻplari josuslik, davlatga xiyonat qilish kabi soxta ayblar bilan ayblanib jazoga tortildi, majburlab ruhiy kasalliklar shifoxonalariga yotqizildi ("jazolash psixiatriyasi"), mamlakatdan surgun qilindi yoki muhojir bo‘lib ketishga majbur boʻldi (V.I. Bukovskiy, P.G. Grigorenko, A.D. Saharov, A.I. Soljenitsin va boshqalar).

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Dissidentlar&oldid=4816684" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp