Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Deyteriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Deyteriy (Deuterium, yun. deuteros — ikkinchi), D yoki baʼzan N2— vodorodning ogʻir izotopi. D. tabiiyvodorod tarkibida oz miqdorda (0,015%) aralashma holida uchraydi. 1932-yilda amerikalik olim G. Yuri topgan. D. atomi yadrosi (deytron) tarkibida 1 taproton va 1 ta neytron boʻlib, atom massasi odatdagi vodorodnikiga qaraganda 2 baravar ortiq (2,01474). D.ning fizik xossalari oddiy vodorod xossalaridan farq qiladi. Kislorodli birikmasi D2O ogʻir su v deb ataladi. D. vodorod bombasida termoyadro yonilgʻisi sifatida, fan va texnikada "nishonli atom" sifatida, atom reaktorlarida neytron zarralarining tezligini susaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Deyteriy&oldid=4082457" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp