Dejan Savićević (1966-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) – chernogoriyalik sobiq futbolchi. Faoliyati davomida hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2001-yildan beri u Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi (FSCG) prezidenti. Hozirda bu lavozimga beshinchi marta saylangan.
Savićević 1990-yillarda dunyoning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri hisoblangan va barcha davrlarning eng buyuk Yugoslaviyalik futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[2].Milan klubidagi faoliyati davomida Italiya matbuotidagilar uniGenio (daho) deb atashgan.
Professional faoliyatini Yugoslaviyaning Budućnost jamoasida boshlaganidan soʻng, Savićević 1988-yilda Yugoslaviya birinchi ligasining Srvena Zvezda klubiga koʻchib oʻtgan va mazkur klubda 1990—1991-yilgi mavsum yevropa kubogida gʻolib chiqqan. Chempionlikdan keyin jamoaning eng koʻzga koʻringan futbolchisiga aylangan. 1991-yilgioltin toʻp sovrini uchun tuzilgan reytingda ikkinchi oʻrinni egallagan."Milan" bilan u uchtaA Seriya, 1993–94 yillarda UEFA Chempionlar Ligasi va boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritgan. 1999-yilda yarim mavsum davomida „Srvena Zvezda“ safida harakat qilgan. 1999-yilning qolgan qismidan faoliyatining soʻnggiga qadar Venaning „Rapid“ klubi safida toʻp surgan. 2001-yilda faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro maydonda Yugoslaviya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1990 va1998-yillardagijahon chempionatlarida ishtirok etgan. Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 2001-yildan 2003-yilgacha Serbiya va Chernogoriya terma jamoasini boshqargan.
18 mavsum davom etgan professional futbolchilik faoliyati va qisqa, muvaffaqiyatsiz bosh murabbiylik faoliyatidan soʻng, Dejan Savićević 2001-yilning yozida Chernogoriya futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlay boshlagan.
Otasi – Vladimir Savićević, davlat tasarrufidagi Titograd temir yoʻl transporti kompaniyasi xodimi boʻlgan.
Onasi – Vojislava „Vojka“ Đurović, xuddi shu kompaniya maʼmuriyatida faoliyat olib borgan. Dejan va uning ukasi Goran Titograd temir yoʻl bekati yaqinida joylashgan Drač mahallasida oʻsib ulgʻayishgan[3].
Dejan yoshligida mahalladagi doʻstlari bilan futbol oʻynagan[4]. Bolalar oʻz uylarining yaqinida va asosan Đečevića Livada nomli maydonchada oʻyinlarni oʻtkazishgan[5].