Davraga tush
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
| „Davraga tush“ | |
|---|---|
| Rustam Gʻoipovsingli | |
| Chiqarilgan sanasi | 1986 |
| Yozib olingan | 1986 |
| Davomiyligi | 3:29 |
| Qoʻshiq muallif(lar)i | Mirzabek Xolmedov |
| Klipi | |
| „Davraga tush“YouTubeda | |
„Davraga tush“ – oʻzbek xonandasiRustam Gʻoipov ijro etgan qoʻshiq. 1986-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq qiziqchi va shoirMirzabek Xolmedov yozgan sheʼrga bastalangan[1]. „Davraga tush“ Gʻoipov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqdir. Taronani bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan,Avazbek Olimov hamdaHusan kaver qilgan.
Qoʻshiq nafaqatOʻzbekistonda, balki unga qoʻshniQirgʻiziston,Tojikiston,Qozogʻiston vaTurkmanistonda toʻylarda eng koʻp ijro etiladigan taronalarning biridir.YouTubeda Gʻoipov ijrolaridan bir toʻrt yil ichida 20 million martadan koʻp koʻrilgan[2]. Markaziy Osiyo mamlakatlarida mazkur qoʻshiqqa raqsga tushayotganlar aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ommalashib turadi.