1509, 1521 va 1531 yillarda portugallar gujarotlar qalʼasi boʻlmish Diuni bosib olishga harakat qilishgan. 1535 yilda Gujarot hokimi Bahodir qalʼaniportugallarga topshirdi, chunki buning evazigaportugallar Gujarotniboburiylardan ozod qilishga yordam berishga vaʼda qildilar. Biroq bu yordam amalga oshmaganligi uchun Bahodir yana Diuni qaytarib olishga harakat qilgan, aksho portugallar tomonidan oʻldirilgan. 1558—59 yillarda portugallar Diu qarshisidaKambey qoʻltigʻi sohilida joylashgan Damanni bosib oldilar. Milliy ozodlik harakatlari tufayli bu hudud 1961 yilda portugallardan ozod qilindi va markaziy xukumat tomonidan idora qilinadigan boʻldi, unga Goa, Daman, Diu ittifoqdosh hudud maqomi berildi. 1987 yildaGoa alohida shtat maqomiga ega boʻldi va oʻsha vaqtdan Daman va Diu ham alohida maʼmuriy birlik.
Iqtisodida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrin tutadi. Umumiy sugʻoriladigan ekin maydoni 51,7 ming ga (24,4 ming ga — Damanda, 27,3 ming ga — Diuda). Qishloq xoʻjaligi asosini bogʻdorchilik (mango, banan, kokos yongʻogʻi va boshqalar) tashkil etadi.Makkajoʻxori,noʻxat,bugʻdoy,shakarqamish, dukkakli oʻsimliklar yetishtiriladi. Hududda qariyb 550 ta kichik sanoat korxonalari mavjud boʻlib, ularRiganvada,Dabel,Bximpur vaKodayya shaharlarida joylashgan. Aholining bir qismi baliq ovlash va uni qayta ishlash bilan shugʻullanadi.