Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Dallas

Koordinatalari:32°46′58″N96°48′14″W / 32.78278°N 96.80389°W /32.78278; -96.80389
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dallas
Shahar
Skyline of Dallas
Dallas
Bayroq
Dallas
Gerb
32°46′58″N96°48′14″W / 32.78278°N 96.80389°W /32.78278; -96.80389
MamlakatAQSh
ShtatTexas
Hukumat
 • MerEric Johnson (D)
Maydon9,993 km2 (3,858 kv mi)
Dengiz sathidan balandligi131 m
Aholisi
 (2010)
1,197,816(9thU.S.)
Zichligi1358,2 kishi/km2
Vaqt mintaqasiUTC-5,yozda UTC-4
Telefon kodi214,469,972
FIPS kodi48-19000[1]
Dallas xaritada
Dallas
Dallas
Dallas xaritada
Dallas
Dallas

Dallas — AQSH janubidagi shahar, Texas shtatida. Triniti daryosi boʻyida. Aholisi 1188 ming kishi (2000). AQSHning paxtachilik va chorvachilik rayonlari chegarasida joylashgan. Transport yoʻllarining muhim tuguni. AQSH janubidagi yirik savdo-moliya va neftgaz sanoati markazi. Dallasda neft sanoati va paxta tozalash korxonalari uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlovchi, kimyo (sovun, sintetik kir yuvish vositalari i. ch.), oziq-ovqat, paxta tozalash, ip gazlama, tikuvchilik korxonalari bor. Samolyotsozlik, avtomobilsozlik, radioelektronika, aviaraketa sanoati, dvigatellar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, sovitkichlar i. ch. rivojlangan. Dallas— yirik paxta bozori. Universitet (1911), xalqaro aeroport, muzey va teatrlar bor. Dallasga 1841 yilda asos solingan. 1856 yildan shahar. Dallasda 1963 yil 22 noyabrda AQSH prezidentiJon F. Kennediga suiqasd uyushtirilgan.[2]

Aholisi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1,197,816(9thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 )[3].Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1358,2 nafar kishi.

Geografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Maydoni — 999,3 km2. Shundan 881,9 km2 quruqlik, 117,4 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 131 m balandlikda joylashgan.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „American FactFinder“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. U.S. Census Bureau, Population Division. „Population Estimates, Accepted Challenges to Vintage 2007 Estimates“ (1). Qaraldi: 17-fevral 2010-yil.[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]


AQSh geografiyasiAQSh geografiyasiga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Dallas&oldid=5178121" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp