Manchester City akademiyasini tamomlagan Palmer 2020-yilda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. Keyinchalik 2023-yilda asosiy jamoasi bilanPremyer-liga,Angliya kubogi vaUEFA chempionlar ligasida gʻalaba qozongan holda trebl qayd etgan. Futbolchi 2023-yil yozida 40 millionfunt sterling evazigaChelsea jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumning oʻzida u londonliklar safida 22 gol va 17 ta golli uzatma qayd etgan holdaPremyer-liganing eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi[4].
Palmer Angliyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalari tarkibida toʻp surgan. Shu jumladan mamlakat jamoasi safida 2023-yil UEFA U-21 Yevropa chempionatining ham gʻolibiga aylangan.
Cole Jermaine Palmer 2002-yil 6-maydaManchesterning Whytenshawe shahrida tugʻilgan[5][6][7]. Otasi tish shifokorlari uchun buyumlar tayyorlovchi muhandis, onasi esa disleksiyani baholovchi mutaxassis boʻlgan[8]. Palmerning otasi salkam yigirma yil davomida Sunday League Football turniridagi jamoalar safida faoliyat olib borgan. Oʻgʻli uning deyarli barcha oʻyinlarini tomosha qilishga borar edi. PalmerManchester City klubi akademiyasi bilan hamkorlikdagi xususiy St Bedeʼs kollejida tahsil olgan[9].
Palmer otasi tomondan afro-kitts avlodiga mansub boʻlgan[10]. Uning bobosi 1960-yilda migrant sifatida Angliyaga koʻchib kelgan[11]. Shu sababli Palmer oʻynaydigan poyabzallardaAngliya vaSent Kitts va Nevis davlatlarining bayrogʻi tasvirlangan boʻladi[12].
Manchester United klubining muxlisi boʻlishiga qaramasdan PalmerManchester City klubining sakkiz yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida faoliyatini boshlagan. 2019-2020-yilgi mavsumga kelib esa klubning U-18 jamoasisardori etib tayinlangan[12][13]. U 14 yoshidan boshlab jismoniy holati professional futbol uchun juda zaifligi bilan bogʻliq bir qator tanqidlarga duch kelgan va akademiya murabbiylari uni 16 yoshida jamoani tark etishi boʻyicha taklif berishgan. Ammo akademiya direktori Jason Wilcox ularning qarorini rad etgan[12].
2020-yil 30-sentyabrda Palmer Liga kubogining toʻrtinchi bosqichida Burnley jamoasi ustidan mehmonda 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyindaManchester City safida debyut qildi[14]. U professional futboldagi birinchi golini esa 2021-yil 21-sentyabrda Liga kubogi doirasida League One jamoasi Wycombe Wonderers klubiga qarshi kechgan oʻyinda kiritgan[15]. 16-oktyabr kuni PalmerPremyer-ligada Burnley jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Aynan oʻsha kechada u klubning U-23 jamoasi safida ham maydonga tushdi va hat-trick muallifiga aylandi[16]. FutbolchiUEFA Chempionlar ligasi doirasidagi debyutini esaClub Brugge klubiga qarshi 5-1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazdi[17][18].
2023-yilning 6-avgustida PalmerErling Haaland oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushganidan soʻngArsenal jamoasiga qarshi FA Community Shield oʻyini finalidagi dastlabki gol muallifiga aylandi[19]. Oʻn kundan soʻng, PalmerManchester City safidagi soʻnggi golini urdi. 2023-yilgiUEFA Superkubogi oʻyinida Sevilla jamoasiga qarshi bahsda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi boʻlidi. Oʻyin 1:1 hisobida yakunlanganidan soʻng shaharliklar penaltilar seriyasida 5:4 hisobida gʻalaba qozongan holda chempionlikni qoʻlga kiritishgan[20].
2023-yilning 1-sentyabr kuni PalmerPremyer-liganing boshqa bir klubiChelsea bilan yetti yillik shartnoma imzoladi[21][22]. Transfer qiymati 40 millionfunt sterling va qoʻshimcha 2,5 million funtlik bonuslarni tashkil etadi[22]. Ertasi kuni futbolchi Nottingem Forest klubiga qarshi oʻyinda 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi[23]. 7-oktabr kuni uChelsea safidagi ilk golini penaltidan kiritdi. Jamoasi Burnley ustidan yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozongan PalmerNikolas Jacksonning goliga golli uzatma ham bergan[24]. 6-noyabr kuni London derbisidaTottenhamga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ham bir gol va golli uzatma muallifiga aylangan[25]. Olti kundan soʻng Palmer sobiq klubiManchester Cityga soʻnggi qoʻshib berilgan daqiqalarida penaltidan hisobni tenglashtirdi.Stamford Bridge stadionida kechgan oʻyin 4-4 hisobidagi jangovor durrang bilan yakunlandi[26].
2023-yilning yakunlovchi bahsida Palmer professional karyerasidagi ilk dubl muallifiga aylanadi va shuningdekNoni Maduekening goliga ham assistentlik qiladi[27]. Dekabr oyida toʻrtta gol va ikkita golli uzatma qayd etgan Palmer Premyer-liganing oy oʻyinchisi boʻlishiga nomzod sifatida koʻrsatildi. Bundan tashqari Luton Town jamoasiga kiritgan ikkinchi goli ham oy goli nomzodlari qatoriga kirtildi[28][29][30]. U 4-fevral kuni mavsumdagi oʻninchi golini urdi va 21 yoshdan kichik holda bu natijani qayd etganChelsea tarixidagi ilk futbolchiga aylandi[31]. 29-fevral kuni boʻlib oʻtgan 2024-yilgi London Football Awards taqdirlash marosimida Palmer London jamoalarining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi[32][33]. 2-mart kuniAxel Disasiga golli uzatmani amalga oshirgan futbolchiChelsea safida 21 yoshdan kichik futbolchilar orasida eng koʻp golda ishtirok etgan futbolchi boʻldi va 2004-2005-yilgi mavsumdagiArjen Robbenning natijasini yangiladi[34][35].
4-aprel kuni mart oyi davomida uchta gol va ikkita golli uzatma amalga oshirgan Palmer ikkinchi bor Premyer-liga oy oʻyinchisi boʻlish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi[36]. Oʻsha kuni u karyerasidagi dastlabki hat-triki muallifiga ham aylandi.Premyer-liga doirasidaManchesterYunayted jamoasiga qarshi kechgan 4-3 hisobidagi uchrashuvdagi barcha gol Palmer tomonidan kiritildi. Bu orqali futbolchiPremyer-liga tarixida hat-trik qayd etgan 200-futbolchi boʻldi.Manchester Yunaytedga qarashi bu natijani qila olgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi[37]. Ushbu uchrashuvdagi harakatlari uchun u mavsum yakunida „Premier League Game Changer of the Season“ mukofotiga ham loyiq koʻrildi[38]. 15-aprel kuniEverton klubiga qarshi liga bahsida Palmer 4 ta gol muallifi boʻldi. Bu orqaliPremyer-liganing bir oʻyinida 4 gol kirita olgan 31-futbolchiga aylandi[39][40][41]. Bundan tashqari u debyut mavsumida 20 ta va undan ortiq gol kiritgan Jimmy Floyd Hasselbaink (2000-2001-yilgi mavsum) vaDiego Costadan (2014-2015-yilgi mavsum) keyingiChelsea jamoasining uchinchi oʻyinchisi boʻldi[42].
5-may kuni Palmer West Ham United klubiga qarshi 5-0 hisobida yakunlangan oʻyinda ham oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻygan holdaPremyer-ligada bir mavsum davomida 30 va undan ortiq golda ishtirok etgan tarixdagi uchinchi futbolchi boʻldi[43]. Keyinchalik mavsum muhlislar va klub futbolchilari talqiniga koʻra hamChelsea klubida yil futbolchisi deb topildi. Undan tashqari 2024-yil aprel oyidaPremyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi va oyning eng yaxshi goli nomitasiyalarida gʻalaba qozonga holda ikkala mukofotni ham bir oyning oʻzida qoʻlga kiritgan aristokratlarning tarixdagi birinchi futbolchisiga aylandi[44][45][46]. 11-may kuni Palmer Premyer-ligadagi 50-uchrashuvini oʻtkazdi va Nottingem Forestga qarshi safarda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda golli uzatmani amalga oshirdi. Shunday qilib, Palmer Premyer-liga tarixida bir mavsumda 20 yoki undan ortiq gol urgan va 10 yoki undan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan 13-futbolchiga aylandi[47].
Palmer mavsumni barcha musobaqalarda jami 27 gol va 15 golli uzatma bilan yakunladi. U Preymer-liganing 2023-2024-yilgi mavsumida boshqa oʻyinchilarga qaraganda eng koʻp golda (33: 22 gol, 11 golli uzatma) ishtirok etgan futbolchi boʻldi. UChelsea safidagi aqlbovar qilmas birinchi mavsumi uchun Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va PFA muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlarini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi va FWA yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlariga nomzodlar safiga kiritildi[48][49][50][51][52]. Uning aprel oyidaEverton jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan gʻalaba goli Premyer-ligada mavsum goli uchun nomzodlar orasidan joy oldi[53].
Palmer Angliya yoshlar terma jamoasi bilan 2019-yilgi UEFA Yevropa U-17 turnirida ham ishtirok etgan[54].
2021-yilning 27-avgustida Palmer Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi[55]. U 2023-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida Kosovo ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyuitini oʻtkazdi va aynan shu uchrashuvda debyut golini ham kiritdi[56]. Keyinchalik Palmer 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2023-yilgi Yevropa chempionatida inglizlar bilan birga ishtirok etdi va „Yosh sherlar“ turnirda zafar quchishdi[57][58].
2023-yil 13-noyabr kuni Palmer birinchi martaUEFA Yevro 2024 turniri saralashi doirasida Malta vaShimoliy Makedoniyaga qarshi oʻyinlar uchun terma jamoadan ilk chaqiruvni oldi[59][60]. U 17-noyabr kuniWembley stadionida kechgan Malta terma jamoasiga qarshi uchrashuvning 61 daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan holda terma jamoasi safidagi debyutini oʻtkazgan[61].
2024-yil may oyida uUEFA Yevro 2024 turniri uchun Angliya eʼlon qilgan dastlabki 33 kishilik tarkibga kiritildi[62]. Palmer terma jamoadagi ilk golini 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan Bosniya va Gersogovinaga qarshi turniroldi oʻrtoqlik oʻyinida kiritadi[63]. Uch kundan soʻng uGareth Southgate eʼlon qilgan yakuniy tarkibdan ham oʻrin oldi[64]. U Yevro turniriningC guruhi yakuniy oʻyinida zaxiradan maydonga tushirildi[65]. Besh kundan soʻng turnirning nimchorak finalidaSlovakiyaga qarshi bahsning 66-daqiqasida yana zaxiradanKieran Trippier oʻrniga maydonga tushirildi[66].
Palmer chorak final doirasidagiShveysariya terma jamoasiga qarshi oʻyinning 78-daqiqasida maydonga tushirildi vapenaltilar seriyasidagi birinchi zarbani aniq ravishda amalga oshirildi[67]. 10-iyul kunida boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida Palmer 81-daqiqadaOllie Watkins bilan bir vaqtda maydonga tushdi aynan shu hujumchiga golli uzatma bergan holda jamoasi finalga chiqishini taʼminladi[68]. Toʻrt kun oʻtgach 14-iyul kuni Palmer finaldaIspaniyaga qarshi 70-daqiqasida yana zaxiradan maydonga tushirilda va oʻyinda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi boʻldi. Biroq qizil furiya qoʻshib berilgan daqiqalarning yakuniga yaqin gol urgan holda gʻalabani ilib ketdi[69].