Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

City of Manchester Stadium

Vikipediya, erkin ensiklopediya
City of Manchester Stadium
Etihad Stadium
JoyiManchester,Angliya bayrogʻiAngliya
Qachon qurilgan2002-yil
Qachon ochilgan2002-yil 25-iyul
EgasiManchester shahar kengashi
Yuzasioʻt (Desso GrassMaster)
Inshoot narxi£112 mln
MeʼmorArup Group
KSS Design Group
Populous
Hajmi55.097
Maydon oʻlchami105m × 68m
Maydon egalari
Manchester City

City of Manchester Stadium, homiylik kelishuvi sababli baʼzidaEtihad StadiumAngliyaningManchester shahridagi oʻyingoh.Manchester Cityning uy stadioni.Angliya Premyer-ligasidagi toʻrtinchi vaBuyuk Britaniyadagi sakkizinchi yirik stadion.

Stadionning tamal toshi 1999-yil dekabr oyida bosh vazir Anthony Blair tomonidan qoʻyilgan boʻlib, qurilish ishlari 2000-yil yanvar oyida boshlangan. Futbol stadioni sifatida 2003-yil 10-avgustda ochilgan.

„Manchester Siti“ stadion nomini oʻzgartirish huquqi bilan birglaikda 250 yillik ijara shartnomasini imzolagan. 2011-yilning iyul oyida klub bosh homiysi,Birlashgan Arab Amirliklarining Etihad Airways aviakompaniyasi bilan 10 yillik shartnoma imzolagani doirasida stadion nomini Etihad deb oʻzgartirdi.

2014-yil yanvar oyida rekonstruksiya boshlandi, shundan soʻng stadion 55 000 tomoshabinni sigʻdira boshladi[1]. Rekonstruksiyadan soʻng, stadion regbi boʻyicha 2015-yilgi Jahon kubogi oʻyinlari oʻtkaziladigan arenalardan biri aylandi. Kelajakda darvoza ortida qoʻshimcha yaruslar qurish rejalashtirilgan. Rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichidan soʻng stadionning umumiy sigʻimi 62.170 kishini tashkil qilishi rejalashtirilmoqda[2]. Tomoshabinlar tashrifi boʻyicha rekord 2015-yilning 26-dekabrida oʻtkazilgan “Sanderlend”ga qarshi oʻyinda oʻrnatilgan edi - oʻshanda tribunada 54.523 tomoshabin oʻtirgan edi.

Stadion strukturasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Etihadning tashqaridan koʻrinishi, 2015-yil

Tribunalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Aksariyat stadionlar singari, Etihad tribunalari ham dastlab ufq tomonlari nomlari bilan atalgan edi.„Manchester Siti“ arenaga koʻchib kelgandan soʻng vaziyat oʻzgardi. Klub muxlislari tribunalar nomida jamoa afsonalari va ularning eski stadioni -Meyn Roud xotirasini abadiylashtirishga qaror qilishdi. Bu tashabbusni klub rahbariyati, xoʻjayinlari ham qoʻllab-quvvatladi. Natijada, 2004-yilgi ovoz berish natijalariga koʻra tribunalar quyidagi nomlarga ega boʻlishdi:

  • Gʻarbiy tribunagaManchester Sitining sobiq futbolchisi Colin Bellning nomi berilgan;
  • Shimoliysi Family Stand deb ataldi - bu oilaviy tribuna hisoblangan;
  • Sharqiy qismi muxlislarga moʻljallangan va Kippax deb ataladi, bu nom Meyn Rouddagi shunga oʻxshash tribunadan olingan.
  • Janubiy - South Stand - mehmon jamoa muxlislari uchun boʻlgan.

Quyosh nuri maysazorga iloji boricha yaxshiroq yetib borishi uchun stadion tomining bir qismi shaffof holga keltirilgan. Stadion 218 ta yorugʻlik chiroqlari bilan yoritiladi.

Transporti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

«Etihad» stadioniManchesterning deyarli markazida joylashgan. Pikkadilli (shahar vokzali)dan futbol arenasigacha piyoda 40 daqiqada borish mumkin (3.5 km), ammo koʻpchilik muxlislar metrodan foydalanishni afzal koʻrishadi. Bu esa 2 barobar kamroq vaqt talab etadi.

Asosiy voqealar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2002-yilda stadion Hamdoʻstlik oʻyinlariga mezbonlik qilgan.

2004-yil 1-iyun kuni oʻyingohda Angliya va Yaponiya terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

2005-yilda Angliya ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi. Stadion guruh bosqichining bitta Angliya – Finlandiya oʻyiniga mezbonlik qildi.

2006-yil 4-oktabrdaManchester shahri 2007/2008-yilgi UEFA kubogi finaliga mezbonlik qilishi eʼlon qilindi.2008-yilning 14-may kuni stadionda UEFA kubogi turniri tarixidagi 50-final boʻlib oʻtdi. UndaRossiyaning «Zenit» vaShotlandiyaning «Reynjers» klublari uchrashdi. „Zenit“ oʻz tarixida birinchi marta chempionlik shohsupasiga koʻtarildi.

2015-yilning yozida stadion bitta tribunaga kengaytirilib, salkam 8.000 oʻrindiq qoʻshildi.

2015-yilda stadionda regbi boʻyicha Jahon kubogi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Manchester City to expand again and make the Etihad the second biggest Premier League ground. MIRROR (20-iyul 2016-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  2. Manchester City ask fans about a potential safe-standing section in an expanded Etihad Stadium. talkSPORT (10-aprel 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=City_of_Manchester_Stadium&oldid=5714776" dan olindi
Turkumlar::

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp