Odamlarda teri kasalligini keltirib chiqarishga sabab boʻladi
Xilma-xillik
3 ta tur
Chov bitlashi (pediculus pubicus) — parazitlar, yaʼni xoʻjayinlarda yashashga moslashgan bitlar orqali vujudga keladigan yuqumli kasallik. Bitlar odamdan-odamga, uning oʻrin-koʻrpalari, kiyim-boshlari orqali oʻtadi va xoʻjasining qoni bilan oziqlanadi. Bir kunda 0,3-0,5 ml gacha qon soʻrishi mumkin. Bit qon soʻrganida odam terisiga yopishib olib, unga so iak chiqaradi va terini sensibilizatsiyalab qichitadi[2].
Phthiraptera tizimi ilgari ikkita alohida turkumdan iborat edi:Mallophaga (bit yeyuvchilar) vaAnoplura (soʻruvchi bitlar). Filogenezda bu tizimni aks ettirishga intilish bu ikki turkumning safiniPhthiraptera ichidagi oʻxshash qismlarini toʻgʻridan-toʻgʻrimos kelishiga, keyinroq esa bit va bitlarning barcha turkumlari saflarini tenglashtirishga olib keldi. Biz bugungi kunda toʻrtta guruhga ega boʻlgan oxirgi vaziyatni kuzatamiz:Amblycera,Ischnocera,Rhynchophthirina vaAnoplura. Suborderlar doirasidagi oilalar tizimi ancha barqaror. Biroq,Ischnocera tizimi haqidagi qarashlar barqaror emas: baʼzi oilalar va hatto avlodlarpara yokipolifiletik deb taxmin qilinadi va turlarning katta qismi boʻlganPhilopteridae oilasiga birlashtirishga olib keldi[3].
Bitlar 3 xil boʻladi:bosh biti (Pediculus capitis),kiyim biti (Pediculuscorporis) vachov biti (Pediculus pubis) uchraydi.Chov biti kulrang-qora tusda boʻlib, junlarning asosiga mahkamyopishib oladi. Bitlar asosan, qov, qorin va sonning chegara qismlaridagiterida yashaydi, lekin baʼzan oʻrmalab, tananing jun bilan qoplanganboshqa qismlariga (qoʻltiq, koʻkrak, soqol, kiprik, qoshga) oʻtib oladi.Bu hasharotlar odatda jinsiy aloqa vaqtida bir odamdan ikkinchi odamgaoʻtadi, ammo ichki kiyim, oʻrin-koʻrpa jildlari orqali ham oʻtishi mumkin.Bugungi kunda bitlashning bu turi jinsiy yoʻ1 bilan yuquvchi kasalliklarguruhiga kiritilgan[4].
Bitlar chaqqanda, qattiq qichishish yuzaga kelib, koʻp sonli uzunchoqtirnalishlar (ekskoriatsiya), shilinishlar hosil boʻlib, ikkilamchi infeksiyalartushishiga yoʻl ochadi. Chov sathida — bitlar chaqqan joylarda oldinqizil rangli ekximoz toshmasi, keyin vaqt oʻtgach, rangi oʻzgarib, kulrang,yumaloq shaklda, ustidan bosganda yoʻqolmaydigan dogʻlar hosilboʻladi. Dogʻ ooʻrtasida nuqtadek eroziya — bit qon soʻrgan oʻrni turadi.Dogʻlar odatda 7-10 kun saqlanib turadi. Bit chaqqan joy terisi qattiqqichishib, shu sohalarda tirnalishlar paydo boʻladi va butunligi buzilganteri yuzasiga ikkilamchipiodermiya va ular bilan bir qatorda, boshqajinsiy aloqa yoʻli bilan infeksiyalar ham yuqtirilishiningehtimoli yuqori boiadi[5].
— davolashdan oldin jinsiy a ’zolar, anus atrofi va boshqa sohalardagijunlar qirib tashlanadi.— 2-3 kun 10 % li simobli malham, 20 % li benzilbenzoat, oltingugurtmalhami.Ichki kiyim va koʻrpa-toʻshak jildlari dezinfeksiyalanadi yoki sovunbilan issiq suvda yuvilib, almashtiriladi yoki 10 % li sovunli-solvent pastaʼieritm ad a bir necha soat saqlanadi va keyin quyoshda q u ritilib, dazmollanadi. Xuddi shu eritmaning 20 % ligi xonalarni tozalash uchunishlatiladi.Bitlashning oldini olish va profilaktikasi. Bitlashning oldini olish, asosan,aholining moddiy farovonligi va sanitariya madaniyatini oshirishgaqaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishdaniborat. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish: choyshab, ichki kiyim, oʻrin-koʻrpajildlarini har haftada almashtirib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollabkiyish, birovlarning oʻrnida yotmaslik, oiladan chetda va tasodifan jinsiyaloqa qilmaslik talab etiladi[6].
↑ de Moya, Robert S; Yoshizawa, Kazunori; Walden, Kimberly K O; Sweet, Andrew D; Dietrich, Christopher H; Kevin P, Johnson (2021-06-16). Buckley, Thomas (ed.). „Phylogenomics of Parasitic and Nonparasitic Lice (Insecta: Psocodea): Combining Sequence Data and Exploring Compositional Bias Solutions in Next Generation Data Sets“. Systematic Biology. 70 (4): 719-738. doi:10.1093/sysbio/syaa075. ISSN 1063-5157.PMID 32979270.
↑ Vaisov, Atham. Teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent — 126 bet.ISBN 978-9943-08-299-1.
↑ Smith, V.S. (2001). Avian louse phylogeny (Phthiraptera: Ischnocera): a cladistic study based on morphology. Zoological Journal of the Linnean Society 132: 81-144
↑ „Catalogue of Life, Phthiraptera Haeckel, 1896“. 2021. Retrieved 2021-11-03.
↑ Vaisov, Atham. teri va tanosil kasalliklari, 2009, Toshkent: Yangi asr avlodi — 129 bet.ISBN 978-9943-08-299-1.
↑ A.M. Mannonov, Q.N.Xaitov. Oddiy husnbuzar, 2016, Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA».ISBN 978-9943-13-601-4.