Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Chjou

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Chjou – qadimgi Xitoy tarixida xitoysulolasi va davri nomi [miloddan avvalgi 1027— 256(yoxud 249)];Gʻarbiy Chjou (miloddan avvalgi 1027-771) vaSharqiy Chjou [770-256(yoxud 249)]. Sulolaga Chjou qabilasi sardori UVan tomonidan asos solingan.

UVan 1027-yil In davlatini tormor qilib Shimoliy Xitoydagi barchaqabilalar va hududlarni birlashtirgan. Mamlakatni boshqarish uchun qarindosh-urugʻlarga, van (podshoh)ning safdoshlari va ittifoqchilariga udel(mulklar) ajratib berish usulidan foydalanilgan. Chjou zodagonlari harbiy drujinachilarga tayanib ish koʻrgan, ular orasida begona qabila tillari koʻp boʻlgan. Shuning uchun Chjou hukmronligi nafaqat ijtimoiy, balki qabilaviy zulmning ham kuchayishiga olib kelgan. Udellarning markaziy hukumat bilan kurashi va udellar oʻrtasidagi oʻzaro nizolar ularning ayrimlarini yoʻq boʻlishiga va yangi podsholiklar – mustaqil yoki yarim mustaqil davlatlarning paydo boʻlishiga olib kelgan.

Miloddan avvalgi VIII asrdan, Chuntsyu davridan eʼtiboran Chjou vanlari hokimiyati zaiflashgan, miloddan avvalgi VII— VI-asrlarda mamlakatda amalda eng qudratli podsholiklar – „gegemonlar“ hukm sura boshlagan. Chjango davrida (miloddan avvalgi V—III-asrlar) mamlakatda hukmronlik qilish uchun kurashayotgan yettita kuchli podsholik ajralib chiqqan. Chjou sulolasi hokimiyati zaiflashib, u faqat Chjoularning urugʻlariga tegishli mulklarga tarqalgan, xolos. Ularni ham Sin podsholigi miloddan avvalgi 256—249 yillarda bosib olgan.

Chjou davrida miloddan avvalgi VI-asrdan boshlabtemir tarqala boshlagan, bu ishlab chiqarish kuchlarini keskin oshishiga, yer haydashni yaxshilanishiga olib kelgan. Chjou davri bir qancha falsafa maktablari (konfutsiylik,daosizm,fatszya va boshqalar) vujudga kelishi,adabiyot,tasviriy vamusiqa sanʼatining taraqqiy etishi bilan ajralib turadi.

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Istoriya Kitaya s drevneyshix vremyon do nashix dney, M., 1974.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Chjou&oldid=5435091" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp