GreyNyu-York shahriningLong-Aylend orolida oʻsgan. U Nyu-York shtatining yuqori qismidagi kollejga borib, ikki mutaxasislikka ega boʻldi: birifizika, ikkinchisisotsiologiya[‡ 6]. Grey bolaligida otasi uning nomidan Irlandiya fuqaroligini olish uchun ariza berdi va u ikki tomonlamaAmerika-Irlandiya fuqaroligini oldi[‡ 7].
Greyning Irlandiya fuqaroligi ungaBuyuk Britaniyaga koʻchib oʻtishga imkon berdi. GreyLondondaiqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oʻqigan va u hozirgacha shu yerda yashab kelmoqda[‡ 8][2]. Grey Londonda fizika oʻqituvchisi boʻlgan[3].
Greyning asosiy YouTube kanali CGP Grey asosan siyosat, geografiya, iqtisod, tarix, samaradorlik, internet, ilm-fan,Amerika madaniyati vaBritaniya madaniyati kabi mavzulardagi videolarni namoyish etadi[4][5]. Kanlada asosan keng tarqalgan notoʻgʻri stereotip tushunchalarni yoʻq qiladigan yoki odamlarning kundalik savollariga javob beradigan videolardir[5].
Kanalda animatsiyalar, stok tasvirlari va fotosuratlar haqida hikoya qilingan videolar yuklanadi. Greyning deyarli barcha videolarida uning ovozi aks etgan boʻlsa-da, uning yuzi uning videolarida hech qachon koʻrsatilmagan va Grey boshqa kanallarda chiqqan videolarida ham yuzi hiralashtirib qoʻyiladi[6]; u oʻzini koʻrsatish uchun odatda koʻzoynakli tayoq figurasidan foydalanadi[7]. Greyning taʼkidlashicha, uning videolari hikoya qilib berish uslubiYahtzee CroshawningZero Punctuation seriyasi taʼsirida boʻlgan[‡ 9][‡ 10].
2014-yil yanvar oyida Grey boshqa taʼlim yoʻnalishidagi YouTuber va ijtimoi tarmoq kontent yaratuvchisiBredy Xaran bilan birgalikdaHello Internet podkastini ishga tushirdi. Podkast 2014-yil fevral oyidaBuyuk Britaniya,Qoʻshma Shtatlar,Germaniya,Kanada vaAvstraliyadaiTunesning 1-raqamli podkasti boʻlib chiqdi[23].The Guardian podkastni 2016-yilning eng yaxshi 50ta podkastlari qatoriga kiritib, 66-epizodni („A Classic Episode“) yilning eng yaxshi podkast epizodi deb atadi[24]. Nashriyot podkastni „chuqur bahs-munozaralar va hazil-mutoyiba boy podkast“ deb taʼriflagan[24]. Grey 2015-yil sentabr holatiga koʻra podkastlarni tinglovchilar soni har bir epizodda taxminan „chorak million“ koʻrilgani haqida xabar bergan[‡ 11].
Podkastda ularningYouTubedagi professional kontent yaratuvchi sifatidagi hayotlari, shuningdek, ularning qiziqishlari va tashvishlari haqidagi munozaralar mavjud. Odatdagi mavzular orasida texnologiya odobi; kino va telekoʻrsatuvlarga sharhlar; samolyot halokati;veksilologiya;futurologiya; Grey va Xaranning shaxsiyati va turmush tarzi oʻrtasidagi farqlar haqida gap boradi[25]. Grey va Xaranning fikr-mulohazalari odatda podkastning ikkinchi qismidan boshlanadi[26].
2013-yildaCaitlin Dewey Greyni „YouTube taʼlim videolari olamidagi mashhur odam“ sifatida koʻrishini yozgan[28]. IqtisodchiJoshua Gansning soʻzlariga koʻra, „Grey kabi YouTuberlar katta foyda olib kelmasa-da, internetdagi millionlab odamlarga matematika, fizika, siyosiy institutlar va tarixga oid mavzularda tushuntirishlar qilgan“[29].NPR xodimiRobert Krulwichning yozishicha, „Grey haqiqatni aytish uchun gʻayrioddiy isteʼdodga ega; u yolgʻonni ham maftunkor va jozibali tarzda gapirib bera oladi. Nimanidir oʻrganish qiyin boʻlishiga qaramay, janob Greyda qobiliyat bor“[30].