Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Buyuk tekisliklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Buyuk tekisliklar — togʻ oldi platosi,Shimoliy Amerikaning Sharqiy Kordilyera togʻlariga tutashib ketgan,AQSH va Kanada hududida. Janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga 29° shahrik. dan 62° shahrik. gacha 3600 km uzunlikka choʻzilgan, kengligi 550–800 km. Geologik jihatdan Shimoliy Amerika (Kanada) platformasining chekka kismi. Kristall jinslar, ohaktosh,qumtosh va lyosslar bilan qoplangan. Balandligi sharqda 500 m dan gʻarbda 1700 m gacha. Janubida karst rivojlangan. Jarliklar Buyuk tekisliklarni alohida qismlarga ajratib yuborgan: Eduarde platosi, LyanoEstakado, Buyuk tekisliklar va Missuri. Buyuk tekisliklarneft,toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmirga,tabiiy gaz va osh tuziga boy. Iqlimi kontinental, shimolida moʼtadil, janubida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —28°, jan.da 12°, iyulniki shimolida 13°, janubida 28°. Yillik yogʼin 250–600 mm. Daryolari kamsuv, tez oqadi. Yirik daryolari —Missuri,Platt,Arkanzas,Kolorado, Pekos; sugʻorishda keng foydalaniladi. Tuprogʻi kashtan, qoʻngʻir-oʻrmon qora tuproq. Tabiiy oʻsimligi asosandasht va oʻrmon-dasht oʻsimliklari, janubida alohidasavannalar uchraydi. Buyuk tekisliklar da asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan, sugʼoriladigan yerlarda paxta, qand lavlagi, kartoshka kabi ekinlar yetishtiriladi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Buyuk_tekisliklar&oldid=5461899" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp