Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Burxoniylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Burxoniylar,Sadrlar — XII asrdaBuxoroni idora qilgan vaSadri Jahon unvoni bilan mashhur boʻlgan badavlat hukmdor xonadon.[1] Burxoniylar aslida shaharningxanafiya mazhabidagimusulmonlar jamoasi boshligʻi,tasavvufningxojagon (keyinchaliknaqshbandiya) tariqati izdoshlari boʻlmish maʼrifatli kishilar boʻlish bilan birgashahar maʼmuriyati ham ularning qoʻlida boʻlgan. Shuning uchunBuxoroni bosib olganajnabiyhukmdorlar ham burxoniylarga va ularning mol-mulkiga daxl qilmaganlar. Burxoniylarning zamondoshi boʻlganBundoriy vaNizomi Aruzi Samarqandiylarning maʼlumot berishlaricha,1141-yiliqoraxitoylarSamarqand yonida,Qatavon choʻlidaSulton Sanjar (1118-1157) qoʻshinini tor-mor keltirib,Samarqand vaBuxoroniXorazmshohOtsizning qarindoshiOtmtakinga topshirgan.Otmtakinni esa burxoniylar oilasidan boʻlmishimomToj ul-islom ibn Abdulazizning ixtiyoriga topshirib, ungaimomning soʻzlaridan chiqmaslikni buyurgan.Kitobi Mullazoda muallifining aytishicha, burxoniylar xonadonigaAbdulaziz ibn Umar vafotidan keyin bu lavozim oʻgʻli Muhammadga berilgan.Abdulaziz ibn Umarning avlodlari1207-yilgachaBuxorodamustaqil hukmronlik qildilar. Soʻng Sadri JahonBurxoniddin ibn Ahmad oʻsha yiliXorazmshohTakash (1172-1193) tarafidan mansabidan tushirildi. Burxoniylarning baʼzi namoyandalari ilgarigidek nufuzga ega boʻlmasalar-da, imtiyozlarimoʻgʻullar davrida ham asosan saqlanib qolgan. Ularsomoniyamirlaridek toʻq va farovon hayot kechirganlar/Saroyi hamishaulamo,shuaro jamoasi bilan gavjum boʻlgan.

Buxoro sadrlaridan biri bunyodkorlik sohasida oʻzidan unutilmas esdalik qoldirgan. XII asr oxirida uning koʻrsatmasiga binoan Buxoro yaqinidagiVobkentda hozirda shu shahar nomi bilan atalivchiminora qurilgan.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Ahmedov, Boʻriboy. Tarixdan saboqlar. Toshkent: Oʻqituvchi, 1994 — 404-bet.ISBN 5-645-02198-3. Qaraldi: 2015-yil 9-fevral. 
Stub ikonaTarixga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Burxoniylar&oldid=5432552" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp