Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Bulbullar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bulbullar
Biologik klassifikatsiya
Olam:Hayvonlar

Bulbullar (Luscinia) —chumchuqsimonlarturkuminingqorayaloqlaroilasiga mansub sayroqiqush. 6turi bor: sharq bulbuli (L. luscinia) va gʻarb bulbuli (L. megarhynchus) tarqalgan. Ular faqat qanotining tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bulbulning rangi koʻrimsiz, usti qoʻngʻir va toʻq mallarang, qorni oqish, nari bilan modasining rangi bir xil, boʻyi 20 sm gacha boʻladi. Sharq bulbuli Sharqiy Yevropa va Osiyoning bir qismida tarqalgan. Qishlash uchun Gʻarbiy Afrikaga uchib ketadi. Oʻzbekistongabahor (apr.—may)da uchib kelib,kuz (avg.—sentabr)da uchib ketadi. Gʻarb bulbuliGʻarbiyYevropa,Kichik Osiyo,Eron vaAfgʻonistondan toOltoyga qadar tarqalgan. Oʻzbekistonda ham koʻp uchraydi, u suvga yaqin butazor, oʻrmon, toʻqay kabi nam yerlarda yashaydi. Xatto, katta shaharlarda park va bogʻlardagi daraxtlarga uya solib, tuxum qoʻyadi. Gʻarb bulbuli tropikAfrika,Hindiston vaArabistonda qishlaydi. Oʻzbekistonga bahorda (apr.ning oxirida) uchib keladi. Narilari uchib kelishi bilan to joʻjalarituxumdan chiqqunga qadar, ayniqsa joʻjalari tuxumdan chiqadigan vaqtda koʻp va baland ovoz bilan sayraydi. Joʻjalari uchirma boʻlgandan keyin (iyunda) sayrashdan toʻxtaydi. Bulbullar qafasda ham sayraydi. Sharq bulbuli gʻarb bulbuliga qaraganda baland va yoqimli sayraydi. Bulbullar uyasini daraxt va butalarga soladi. 4—6 dona tuxum qoʻyadi. Tuxumini faqat modasi bosadi. Bolasi tuxumdan 13—14 kunda chiqadi. Bolalarni boqishda pari ishtirok etadi. Bulbulhasharotlar va ularninglichinkalari bilan oziqlanib, foyda keltiradi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaHayvon haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bulbullar&oldid=5106405" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp