Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Bugi tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bugi tili
Milliy nomiBasa Ugi / ᨅᨔ ᨕᨘᨁᨗ
MamlakatlarIndoneziya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni(Soʻzlashuvchilarning umumiy soni)
Holati5 mln
Turkumlanishi
TurkumAvstronez
Alifbosilontara va lotin
Til kodlari
ISO 639-2bug
ISO 639-3bug

Bugi tilibugilar tili. Sulavesi orolning jan.gʻarbida, bundan tashqari Indoneziyaning asosan bugilar istiqomat qiladigan boshqa hududlarida tarqalgan. Bugi tili da soʻzlovchilar umumiy soni taxminan 5 mln.ga yaqin. Bugi tili makkasara tili va Sulavesi orol markaziy qismidagi dialektlar bilan indonez tillari guruhiga kiradi. 17-asrgacha boʻlgan Bugi tili dagi yozuv yodgorliklari maʼlum emas. Hozirgi yozuvi lotin alifbosida.

Bugi tili dagi adabiyot 17—19-asrlarda Indoneziyadagi eng boy adabiyot hisoblanadi. Shu davrlarda bu tilda koʻpgina doston (mas, "La Taligo" va boshqalar), tarixiy hikoyalar va poemalar, knyazliklar tarixi, huquqiy, liniy asarlar yuzaga kelgan. Xalq ogʻzaki ijodi ham rangbarang. Bugi tili kam oʻrganilgan. Asosiy tadqiqot ishlari 19-asr 60—80- yillarida olib borilgan, asosan, gollandiyalik muhojir B. F. Mattesu tomonidan oʻrganilgan.[1]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. "Bugi tili"OʻzME.B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tillarning yer shariJahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bugi_tili&oldid=3986583" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp