Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Birlashgan Qirollik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Britaniyadan yoʻnaltirildi)
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
United Kingdom of Great Britain and Nothern Ireland1
ShiorDieu et mon droit
(Fransuzcha: Xudo va mening huquqim)
Madhiya: Xudo qirolni asrasin
Location of Birlashgan Qirollik
PoytaxtLondon
Eng katta shaharLondon
Rasmiy til(lar)Ingliz tili
HukumatHamdoʻstlik
• Qirol
Karl III
Kir Starmer
Mustaqillik
• Angliya vaShotlandiya qirolliklar birlashishi
26 mart 1707
• Buyuk Britaniya vaIrlandiya birlashishi
1-yanvar 1801
Maydon
• Butun
244,820 km2 (78-oʻrin)
• Suv (%)
1.34
Aholi
• 2023-yilgi roʻyxat
68,265,209 (22-oʻrin)
• Zichlik281/km2
YIM (XQT)2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,869,000 mil. (6-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$31,383
Pul birligiFunt sterling (GBP)
Vaqt mintaqasiUTC+0
• Yoz (DST)
UTC+1
QisqartmaUK
Telefon prefiksi44
Internet domeni.uk,.gb,.co.uk

Buyuk Britaniya,Britaniya, (inglizcha:Great Britain) yokiBuyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizcha:United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) – Shimoli-GʻarbiyYevropadagi davlat.Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) vaIrlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh maydaorollar (Anglsi,Uayt,Normand,Orkney,Gebrid,Shetlend va boshqalar)da joylashgan. GʻarbdanAtlantika okeani, sharqdanShimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpinchaAngliya deb ataladi. Maydoni - 244 820 km2.Aholisi - 69 551 332[1] kishi (2025).Poytaxti –London shahri. Buyuk Britaniya yuqori rivojlangandavlat hisoblanadi. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan4 ta maʼmuriysiyosiy qism (Angliya,Uels,Shotlandiya va unga yondosh orollar,Shimoliy Irlandiya)dan iborat.Men vaNormand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi[2].

Davlat tuzumi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Davlat boshligʻi qirol (qirolicha). Mamlakatningkonstitutsiyasi yoʻq.1215-yilgi Ulugʻ Erkinliklar partiyasi,1679-yilgi Xabeas korpus akti,1931-yilgi Vestminster statuta,1969-yilgiXalq vakilligi toʻgʻrisidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi.Qonun chiqaruvchi hokimiyatniqirol (qirolicha) vaparlament (u ikki palatadan iborat:Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochihokimiyatni boshvazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi.Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolariparlament aʼzolaridan boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagiAngliya,Uels vaShotlandiya oʻzining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. ShimoliyIrlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol (qirolicha) tayinlagangubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishdaBritaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdoʻstlikka boshchilik qiladi.

Tabiati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollikning yer yuzasi asosan pasttekislik. Angliyaning shimoli-gʻarbi togʻlikdan, markazi va janubi-sharqitekislik vaseltepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgʻogʻi egri-bugri,shimoliy qismi tor va chuqur Glen-Mordepressiyasi ikki qismga boʻlib turgan Shimoliy Shotlandiya togʻligidan iborat. Bu ikkala qismningjanubida (Grampian togʻlari) mamlakatning eng baland choʻqqisi –Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib turadi.Grampian togʻlaridan janubidaShotlandiya pasttekisligi, undan janubroqda Janubiy Shotlandiya qiri (balandligi 842 m gacha) joylashgan. Ulardangʻarbda Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan.Janubga tomonorol kengaya boradi; bu yerda – Uels yarimorolining gʻarbida Kembriy tog'lari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan,Bristol), markaziy va janubiy qismlaridapasttekisliklar (Shimoliy Sharqiy Feni,London havzasi,Midlend, Xempshir), qatorasimmetrik tepalar (balandligi 200- 300 m) bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichik-kichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va boshqalardan) iborat.

Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalar kam. Asosantemir rudasi va yuqori sifatlitoshkoʻmir,toshtuz,kaolin, ozroq miqdorda yonuvchislanes qazib olinadi.Neft va ranglimetall konlari mavjud. Shimoliy dengizningBirlashgan Qirollik qirtogʻi yaqinida tabiiygaz konlari bor.

Iqlimi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollikda moʻtadil dengiz iqlimi hukmron; u seryogʻin, oʻzgaruvchan, tez-tezshamol boʻlib turadi. Janubi-gʻarbida yanvarning oʻrtachatemperaturasi 7°V,sharqda 3,5°C gacha. Shimoli-gʻarbidayoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimolidaiyulning oʻrtachatemperaturasi 13°, janubi-sharqda 16,5°C.London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°C dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18°C gacha tushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz vaqishda bir oz koʻproq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, ShimoliyIrlandiya, Angliya bilan Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000-1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yogʻadi. Janubi-sharqda 600-750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, qishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp, sersuv, lekin qisqa. Asosiydaryolari –Severn,Temza,Trent,Mersi,Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Kuz va qishda toʻlib oqadi, muzlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan. Eng yirik koʻllari:LoxNey, LoxLomond,LoxNess. Shotlandiya shimolida togʻ-podzol tuproq, togʻ tepalarida togʻ-tundra tuproq, pasttekisliklarda, shimoli-gʻarbda va shimolida chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va janubida qoʻngʻir oʻrmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdorallyuvial tuproqdar tarqalgan. Shimolida tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub, oq qayin), janubida keng bargli oʻrmonlar (dub, grab,shumtol) o'sadi.Oʻrmonlar Birlashgan Qirollik maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar hamma joyda uchraydi.Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi.Qushlardan yovvoyikaptar, shotlandkakligi,oʻrdak,qizilishton,karqur va boshqa bor. Milliy bogʻlar, oʻrmonqoʻriqxonalari mavjud.

Aholi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Aholisining 81,5 %iinglizlar.Uelslar yoki valliylar (1,9 %),shotlandlar (9,6 %),irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor.Davlat tili va aholining ko'pchiligi gaplashadigan til –ingliz tili.Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari:London,Birmingem,Glazgo,Liverpul,Manchester,Sheffild,Lids.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Hozirgi Birlashgan Qirollik hududidamiloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari – brittlar yashagan. Miloddan avvalgi Britaniya orollarining katta qisminirimliklar bosib oldi. V asrning ikkinchi yarmidaanglosakslar mamlakatning talay qismini bosib olib, ilkfeodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan.IX-asr boshlarida anglosaksdavlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—1642 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.

1066-yil AngliyaniNormandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatdafeodal yer egaligi paydo boʻlib,dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. X—XIasrlardahunarmandchilik vasavdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. XII—XIII asrlarda markazlashganmoliya vasud muassasalari yuzaga keldi. 1265-yil paydo boʻlganParlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi, hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilanFransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatidasoliqlarning koʻpayishi va 1348—1349-yillardagivabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishiUot Tayler (1381) boshchiligidagidehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada,dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. XV-asrda Angliyada dehqonlarning tutqunligi batamom yoʻqotildi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi.Movutsanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayliekinzorlarchorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. XVI-asrning 30-yillarida boshlanganreformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib,cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangidvoryanlarga boʻlib berildi.XVI asr 2-yarmi –XVII asr boshlaridaAngliya hukumatimustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, ShimoliyAmerikada esa dastlabkiinglizmustamlakalari paydo boʻldi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chiqdi.XVI asr oxiridan boshlababsolyutizmga asoslangan tuzuminqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—1625;Karl I, 1625—1649) ichki va tashqisiyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlarXVII asrdagiingliz burjuainqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangidvoryanlarqishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistiktaraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi.XVII-asr oxiridaBirlashgan Qirollikda yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. XVIII-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi.XVIII-asrning 2-yarmida Birlashgan Qirollik hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi – tori bilan vigi shakllandi.IXX-asr oʻrtalarida shupartiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.

XVII—XVIII-asrlarda Birlashgan QirollikHindiston,Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. FransiyadanKanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—1783) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalarimustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi.XVIII-asr oxiri –IXX-asr boshlarida Birlashgan Qirollik inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalikNapoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan Birlashgan Qirollik burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati vamustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Venakongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq,Malta,Seylon orollari,Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar Birlashgan Qirollikga oʻtdi. Mustamlakaxalqlarini talash hamda dehqonlarni yermulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi.

IXX-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishningfabrika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllanganishchilar harakati – chartizm keng avj oldi. Birlashgan Qirollik hukumatining tashqi siyosatiinglizburjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. Birlashgan Qirollik YangiZelandiya, Birma,Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib,Hindistonni zabt etishni tugalladi,Xitoy (1840-1842, 1856-1860) hamdaAfgʻonistonga qarshi (1838—1842, 1878—1880) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—1860),Irlandiya (1848—1867 va boshqalar),Yamayka orolidagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—1864) bostirishda ishtirok etdi.Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878-yilKipr orolini, 1882-yilMisr, 1898-yil SharqiySudanni, 1899—1902-yillardaJanubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.

XX-asr boshlariga kelib Birlashgan Qirollik iqtisodiy jihatdanAQSH vaOlmoniyadan orqada qola boshladi. Birlashgan Qirollik bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatBirinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori OlmoniyaningOsiyo vaAfrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda Birlashgan Qirollik Xitoyga qarshiintervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Birlashgan Qirollik iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938-yil Birlashgan Qirollik hukumatiMyunxen shartnomasiga qoʻshilib,Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939-yil 3-sentabrda Birlashgan Qirollik Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush Birlashgan Qirollikning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Birlashgan Qirollik mustamlakachilikimperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning oʻrtalarida Birlashgan Qirollikning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Qirollik hukumatini navbatma-navbat leyboristlar (1945—1951, 1964—1970, 1974—1979) va konservatorlar (1951-1964, 1970-1974 va 1979-yildan) partiyasi boshqardi. Birlashgan Qirollik 1945-yildanBMT aʼzosi.Oʻzbekiston Respublikasi bilandiplomatiya munosabatlarini 1992-yil 18-fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami – Qirolicha tugʻilgan kuni (iyun oyining 2- yoki 3- shanbasi).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Leyboristlar partiyasi, 1900-yil tuzilgan;Konservatorlar partiyasi, 1867-yil tashkil topgan; Liberaldemokratlar partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925-yilda tuzilgan;Shotlandiya milliy partiyasi, 1928-yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988-yilda B. B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan.

Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi – Britaniya tredyunionlarkongressi, 1868-yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897-yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiyfederatsiyasi, 1899-yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973-yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollik – iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat.Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq,oʻrmon vabaliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qanchasanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangankimyo,elektrotexnika vaavtomobil sanoati bir qadar taraqqiy etdi.Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagikapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻldi. Iqtisodiyotning harbiy izga tushirilishi koʻpdan-koʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948-yilda Birlashgan Qirollik ulushi 11,9 % edi, 1968-yilda 7,4 % ga tushib qoldi.

Sanoati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollikeksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi:konchilik,qora metallurgiya, yengil vaoziq-ovqat sanoati, shuningdekkemasozlik vaavtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi;energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi.Atom,elektron,aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik – sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar,radioelektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi.Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash,kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanlioʻgʻit,boʻyoqlar,kimyoviy tolalar,sintetik kauchuk,sulfat kislota ishlab chiqarish),toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish,tikuvchilik va boshqa tarmoqlari boʻyicha yirik ishxonalar mavjud.Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari – London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari – Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari – Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim. Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. Birlashgan Qirollikda yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. Birlashgan Qirollik qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmogʻi – chorvachilik. Birlashgan Qirollikda 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin – gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.

Transporti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollik avtomobil uzunligi 32 ming km. Asosiy temiryoʻl uzeli –London; undan 11 tomonga temir yoʻl ketgan. Birlashgan Qirollik larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2oʻrinda. Ichki yuklarni tashishda avtomobil transporti 1-oʻrinda turadi. 368,8 ming km avtomobil yoʻli bor (1990-yillar oxirlari). Yoʻlovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari:London,Sautgempton,Milford-Xeyven,Xall,Immengem,Liverpul,Manchester va boshqalar hisoblanadi.

Tashqi savdo

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmogʻi beradi. Birlashgan Qirollik chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, poʻlat, toshkoʻmir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari –Yevropa Ittifoqi mamlakatlari,AQSH,Yaponiya. Chet el sayyohligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi – funt sterling.

Tibbiy xizmati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollik sogʻliqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi (1990-yillar oʻrtalari). Kasalxonalarda pulli oʻrin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Birlashgan Qirollikda Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor.

Maorifi va madaniy-maʼrifin muassasalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollikda boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta taʼlim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlangʻich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha oʻqiladi. Oʻrta maktablar asosan 3 turga: 5—7 yillik grammatik maktablar, 5 (baʼzan 7) yillik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy maktablarga boʻlinadi. Oʻquvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin taʼlimni kollej, universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. Birlashgan Qirollikda 79 universitet, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi universitetlari Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlaridir.

Eng yirik kutubxonalari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va boshqa Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va boshqalar.

Ilmiy muassasalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniya fani taraqqiyotida Oksford (1167) va Kembrij (1209) universitetlari katta ahamiyatga ega. 1662-yilda London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat Birlashgan Qirollik fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. 1675-yil Grinvichda Birlashgan Qirollikning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi – Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945-yildan boshlab ilmiy tadqiqot markazlari kupaya bordi. 1990-yil oʻrtalarida 50 ga yakln universitet va kollejlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususiy sanoat laboratoriyalari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan koʻpini bajaradi. Koʻp firmalarda (500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib boriladi. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda 2 baravardan koʻproq ortdi. Davlat tadqiqot institutlari va markazlari ham mavjud. 1954-yilda yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat institutlari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va boshqa sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. Birlashgan Qirollikning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni rivojlantirish boʻyicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik sanʼat akademiyasi, Britaniya akademiyasi, Birlashgan Qirollik Klrollik instituti, Angliya va ingliz tili toʻgʻrisidagi bilimlarni yoyish boʻyicha Britaniya kengashi (hammasiLondon shahrida),Edinburg qirollik jamiyati.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniyada juda koʻp gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gardian“ („Posbon“, kundalik gazeta, 1821-yildan), „Deyli meyl“ („Kundalik pochta“, kundalik gazeta, 1896-yildan), „Deyli star“ („Kundalik yulduz“, kundalik gazeta, 1978-yildan), „Tayme“ („Vaqt“, kundalik gazeta, 1785-yildan), „Vumen“ („Ayol“, xotinqizlar uchun suratli haftanoma, 1932-yildan) va boshqa Birlashgan Qirollikda Press Assoshieyshn (ichki axborot toʻplashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi axborot agentligi, 1868-yilda asos solingan), Reyter (xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1851-yilda tashkil etilgan; asoschisi Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi) matbuot agentliklari bor.

Birlashgan Qirollikda radioeshittirishlar 1922-yildan, telekoʻrsatuvlar 1936-yildan olib boriladi. Birlashgan Qirollikda 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv korporatsiyasi – „British Brodkasting Korporeyshn“ – Bibisi 1922-yilda tashkil etilgan.

Adabiyoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Ingliz adabiyoti 5—6-asrlarda vujudga kela boshlagan. 5—11-asrlarda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qo‘shiqlari yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. Birlashgan Qirollikni normanlar zabt etgach (11-asr), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bo‘lib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-asrning ikkinchi yarmiga kelib, oʻrta ayerlar Birlashgan Qirollik adabiyoti yuqori bosqichga koʻtarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan Birlashgan Qirollik adabiyoti milliy xarakter kasb etdi. Ritsarlik romani anʼanalari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning „Qoʻshchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uygʻonish davri Birlashgan Qirollik adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser sheʼrlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulugʻ Temur“, „Doktor Faustning fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uygʻonish davri Birlashgan Qirollik adabiyotining yuqori bosqichi U. Shekspir ijodi bilan uzviy bogʻliqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi – burjua davri kishisi xarakteridagi ziddiyatlarni, maʼnaviy oʻzgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari („Gamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining soʻnggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon boʻldi.

18-asr ingliz maʼrifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilgʻor gʻoyalarni targʻib qilish xosdir. Bu davrda sheʼriyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. Jonatan Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zoʻr irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-asr Birlashgan Qirollik adabiyotidagi asosiy adabiy yoʻnalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilgʻor romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning oʻtmishi, urfodati, siyosiy kurashlari oʻz ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-asrning oxiri Birlashgan Qirollik adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo boʻldi.

19-asrning oxiri, 20-asrning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-asr tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich boʻldi. 20-asrning ikkinchi yarmida dekadentlik va boshqa reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz oʻgirib, voqelikni toʻgʻri koʻrsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi.

Birlashgan Qirollik adabiyotining eng yaxshi namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: U. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „Soʻna“ romanlari va boshqalar.

Meʼmorligi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollikda misjez davriga mansub ibtidoiy meʼmoriy yodgorliklar (Stonxenj – megalit inshooti) va oʻrta asrda qurilgan Vinchester, Norij va boshqa ibodatxonalar mavjud. Meʼmorlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga boʻlinadi: roman (11— 12-asrlar); gotika (12—15-asrlar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels shaharlaridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-asrlar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koʻproq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur meʼmorlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-asr), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va boshqalar) avj oldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida shaharlar qurish („bogʻshahar“, „yoʻldoshshahar“ – E. Govarx, R. Envin kabi meʼmorlar), maktab, turar joy, maishiymaʼmuriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va boshqa meʼmorlar) kjsaldi. 20-asr boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boʻylab bu oqim inqirozga uchradi va boshqa („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi meʼmorlar zamonaviy meʼmorlikning rivojlanishiga hissa qoʻshdilar.

Tasviriy sanʼati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

7— 12-asrlarda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh oʻymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-asrga mansub ibodatxonalarda haykalchalar oʻrnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-asr rassomligida portret salmoqli oʻrin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret sanʼatini yaratdilar.

18-asr birinchi yarmida paydo boʻlgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U oʻsha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-asr ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygʻularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo boʻldi.

19-asr birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat ishxonalari bilan toʻla shaharlar, koʻmkoʻk maysazor dalalar, oʻrmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng oʻrin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, oʻtgan zamonni qoʻmsab oʻrta asr qoʻl mehnati (badiiy hunarmandlik ishxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targʻib qildilar. 19-asr oʻrtalaridagi realistik sanʼat X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boʻldi.

19-asr oxiri, 20-asr boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va boshqa rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-asrning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagʻishlagan.

Musiqasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollik musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoʻshikchilari ijodida ballada (doston qoʻshigʻi) asosiy oʻrin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. Birlashgan Qirollik polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-asrlarda paydo boʻldi. Bular J. Dansteybl (15-asr) ijodida rivojlandi. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-asrda U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone Birlashgan Qirollikning mashhur kompozitorlari boʻlishdi. 17-asrning oxirida G. Pyorsellnit „Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-asrda Birlashgan Qirollikda G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.

19-asr oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida koʻzga koʻrinarli oʻringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol oʻynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi Birlashgan Qirollikning asosiy musiqa oʻquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967-yilda ochilgan Elizabeth nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qoʻyiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va boshqa 20-asrning atoqdi musiqachilaridir.

Teatri

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollik teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq oʻyinlar va urf-odatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. XVI-asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). XVI asr oxiri – XVII asr boshi Birlashgan Qirollik teatrining „oltin davri“ boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. XVIII asrga kelib, teatr maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy oʻrinni egalladi. XIX asr dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga oʻtdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961-yildan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. Birlashgan Qirollik teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (XX-asr boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. XX-asrning 30—40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963-yil Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissorlar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud Birlashgan Qirollik teatrining atoqli namoyandalari hisoblanadi. Birlashgan Qirollikdagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi (1904-yildan), Bristol universitetining teatr fakulteti.

Birlashgan Qirollikda teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol oʻynadi. Birlashgan Qirollikda „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.

Birlashgan Qirollik sirki XVIII-asrda laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oʻynadi. Birlashgan Qirollikda yozda koʻchma sirklar ishlaydi.

Kino

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollikda kino ishlab chiqarish 1896-yildan boshlandi. 1929-yil 1-tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli filmlar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932-yilda tashkil etgan „London filme“ firmasi Birlashgan Qirollik va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rejissor A. Askvit, „39 qadam“, rejissor A. Xichkok kabi). Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur vodiy“, rejissor P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rejissor R. Boulting, „Yongʻinlar boshlandi“, rejissor X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rejissor L. Olivye, „Oliver Tvist“, rejissor D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (1956-1959). 60-70-yillarga oid „Oʻziga xos ishq“ (rejissor J. Shlezinger), „Yolgʻonchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rejissor L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli xarakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem Birlashgan Qirollik kinosining mashhur artistlaridir.

Oʻzbekiston – Birlashgan Qirollik munosabatlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola:Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Buyuk Britaniya“. The World Factbook. CIA. 7-yanvar 2019-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2011-yil. (Wayback Machine saytida 7-yanvar 2019-yil sanasidaarxivlangan)(ingl.)
  2. „Buyuk Britaniya haqida maʼlumot“. 2021-yil 3-mayda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  • 1 Bir qismiOsiyoda.
  • 2 Butunlay Osiyoda, biroq ittifoq va siyosiy tomonidan Yevropaga aloqador.
  • 3 Shimoliy Qibrisni faqatTurkiya taniydi.
Aʼzo mamlakatlar
Kuzatuvchilar
Birlashgan Qirollik Bosh vaziri muhri
G20 sammitlari


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Birlashgan_Qirollik&oldid=5394669" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp