Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Brage Tixo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

BRAGE (Brahe) Tixo (1546.14.12, Knudstrup — 1601.13.10, Praga) — daniyalik astronom; amaliy astronomiya islohotchisi. Brage boshchiligida qurilgan rasadxona (1576) Uraniborg, yaʼni "astronomlar uyi" deb atadi. Brage rasadxonada 20 yildan ortiq yulduz, sayyora va kometalar ustida tadqiqotlar olib bordi. Oy harakatidagi yillik notekislik va variatsiyalarini, kometalar atmosfera hodisasi emasligi (ularning Oydan ham yiroqda ekanligi)ni aniqladi. Yoruglikning Yer atmosferasidagi refraksiyasch jadvallarini tuzdi. Yillik presessiya qiymatini juda aniq (51") topdi. Brage Kopernik sistemasini tan olmagan. U Yer olam markazida joylashgan, Quyosh uning atrofida aylanadi, sayyoralar esa Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga kelgan. Brage ning Marsni kuzatuvlari natijalari asosida I. Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini yaratgan.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



DovudShaxsiyat haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Brage_Tixo&oldid=5367340" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp