Bozuband, bozband, bozvant —ziynat buyumi,ayollartaqinchogʻi.Boʻyin yokiqoʻltiqqa osib yuriladi. Shakli: ikki uchiqubba bilan yakunlangannaychasimon yoki bir-biriga tegib ketmasligi uchun ingichka jiyak bilan birlashtiriladigan ikkita (biri quti, ikkinchisi qopqoq)toʻrtburchak yokiuchburchak yupqaoltin yokikumush plastinkadan yasalgan quticha; ikki cheti (uchburchak boʻlsa, ustki burchi)gazanjir (2 — 5 qator), pastiga kaltasimpanjarabezak yokishokilalar oʻrnatiladi; suqma — mix boʻlakcha yordamida ochib yopiladi. B. yuzasibosma,shabaka (panjara),sovotkori, simkori usulida nafis bezatiladi,qimmatbaho toshlar, rangdorshisha,marjonlar qadabnaqshlanadi, bezak mujassamotigayozuvlar kiritiladi. B. oʻta mehnattalab, hashamdor va nozik buyum boʻlganligi uchun gʻoyat qadrlangan, hatto qizlarning kelinliksepiga ham kiritilgan.Toshkent,Andijon,Qoʻqon,Samarqand,Buxoro,Xiva kabi yirikshaharlarda tayyorlangan, chetmamlakatlarga ham chiqarilgan. Utumor deb ham yuritiladi.20-asrda urfdan qolgan. Hozir oʻzbekraqqosalarining milliykiyimlari tarkibiga kirgan.
![]() | Bu maqoladaboshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |