Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Boltiq davlatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boltiq davlatlari
EtnoxoronimBoltiqlik
DavlatlarEstoniya (koʻk), Latviya (qizgʻish), Litva (sariq)
TillarEstoncha, Litva tili, Latish tili
Vaqt mintaqalari


Boltiq davlatlari –Yevropada joylashganEstoniya,Litva vaLatviya davlatlari uchun ishlatiladigan geografik atama. Ushbu davlatlar Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO),Yevropa Ittifoqi,Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) kabi tashkilot va birlashmalarga aʼzo hisoblanadi.

Jahon banki bergan maʼlumotlarga qaraganda, Boltiq davlatlari yuqori iqtisodiyotga ega davlatlar hisoblanadi[1]. Xalqaro xavfsizlik siyosati, mudofaa, energetika va transport sohalarida bir-birlari hamkorlik qiladi.

Tarix

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Boltiq davlatlari atamasiXX asrning boshlarigacha Boltiq dengiziga yaqin joylashgan mamlakatlar:Shvetsiya vaDaniya, baʼzanGermaniya imperiyasi vaRossiya imperiyasi baʼzi qismlari uchun ishlatilgan. Nordik assotsiatsiyasi tashkil etilgach, atama Shvetsiya va Daniya uchun ishlatilinmaydigan boʻlgan[2].

1914-yildan1918-yilgacha davom etgan Birinchi jahon urushi yakunlangach, Rossiya imperiyasidan mustaqillikni qoʻlga kiritganBoltiq dengizi boʻyidagi mamlakatlarga nisbatan qoʻllanila boshlandi. Atama Estoniya, Latviya, Litva va keyinchalik Nordik mamlakatlar qatoriga kirgan Finlyandiya uchun ham qoʻllanildi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin bu atama Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olingan uch mamlakatni Estoniya, Latviya va Litva uchun umumiy ishlatilgan.

Boltiqbo‘yi davlatlarining 1935-yildagi hududi

1918-1940-yillar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Birinchi jahon urushi tugashi bilan Litva mustaqilligini eʼlon qildi va Latviya muvaqqat hukumat tuzdi. Estoniya 1917-yilda podsho hukumatidan1918-yilfevralida mustaqilligini eʼlon qilgan, biroq keyinchalik1918-yil noyabrda Germaniya imperiyasi tomonidan bosib olingan. Estoniya19181920-yillarda Chor Rossiyasiga qarshi mustaqillik urushini olib borgan.

Sovet va nemis okkupatsiyasi(1940-1991)

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1939-yilsentabrda Sovet ArmiyasiPolshaning sharqiy qismiga bostirib kirdi vaEstoniya,Latviya vaLitvani „oʻzaro hamkorlikka“ majbur qildi.1940-yil iyun oyida Qizil armiya Estoniya, Latviya va Litvaning barcha hududlarini egallab oldi.1940-yil avgust oyida SSSR tarkibiga Boltiq davlatlari Estoniya SSR, Latviya SSR va Litva SSR sifatida kiritildi.

Sovet Ittifoqi oʻzining bosib olingan hududlarini deportatsiya qilish varus tilini yagona ish tili sifatida belgilash kabi yoʻllar bilan sovetlashtirishga harakat qildi. 1940-1953 yillarda Sovet hukumati Boltiqboʻyidan 200 mingdan ortiq odamni Sovet Ittifoqining chekka hududlariga surgun qildi. Boltiqboʻyi aholisining 10% ga yaqini deportatsiya qilingan yoki mehnat lagerlariga joʻnatilgan. 190 000 dan ortiq litvalik yahudiylar, Litvaning urushdan oldingi yahudiy jamoasining deyarli 95 foizi va 66 000 latviyalik yahudiylar oʻldirilgan.

Mustaqillik

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1980-yillarning oxirida Sovet hokimiyatiga qarshi ommaviy qarshilik kampaniyasi boshlandi, bu „Singing inqilobi“ deb nomlandi. Sovet Ittifoqi1991-yil6-sentabrda uchta Boltiqboʻyi davlatining mustaqilligini tan oldi. 1993-yil avgust oyida boshlab qoʻshinlar mintaqadan olib chiqildi. Oxirgi rus qoʻshinlari1994-yil avgustida u yerdan olib chiqildi.

XXI asr

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Boltiq davlatlari bugungi kunda liberal demokratik davlatlar boʻlib, bir palatali parlamentlar toʻrt yillik muddatga xalq ovozi bilan saylanadi: Estoniyada Riigikogu, Latviyada Sayma va Litvada Seyma. Latviya va Estoniyada prezident parlament tomonidan saylanadi, Litvada esa prezidentlik tizimi mavjud boʻlib, prezident xalq ovozi bilan saylanadi.

Etimologiya

[tahrir |manbasini tahrirlash]

„Boltiq“ – miloddan avvalgi III asrdan boshlab qoʻllanilgan shu nomdagi gidronim. Erotosfen oʻz asarlari daryoni „Baltiya“ deb atagan.

Iqtisodi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Iqtisodiy jihatdan, siyosiy oʻzgarishlar va demokratiyaga oʻtish jarayoni bilan bir vaqtda, davlatlarning avvalgi markazlashgan iqtisodiyoti qonunchilik orqali bozor iqtisodiyotiga aylantirildi hamda asosiy makroiqtisodiy omillar oʻrnatildi hamda yangilandi yaʼni byudjet qoidalari, milliy audit tizimi, milliy valyuta va markaziy banki.Shuningdek, davlatlar tez orada quyidagi iqtisodiy muammolarga duch kelishdi: yuqori inflyatsiya, yuqori ishsizlik, past darajadagi iqtisodiy oʻsish va yuqori koʻrsatgichdagi davlat qarzi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Republic of Estonia „Baltic Cooperation“. Ministry of Foreign Affairs. 2017-yil 6-mayda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-may.
  2. Mahan, Alfred Thayer. The Life of Nelson (en). Bexley Publications, 2006.ISBN 978-1-4116-7198-0. Qaraldi: 2018-yil 12-may. 
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Boltiq_davlatlari&oldid=5501032" dan olindi
Turkum::

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp