Olimlar bola haqidagi taʼlimot eramizdan oldingi IV asrda tibbiyot otasiGippokratning "Bola tabiati haqida" nomli kitobi bilan boshlangan deb hisoblaydilar. Keyinchalik (I—II asrlar) bolalarni tarbiyalash va parvarishlash haqidaSels,Galen vaSoranlar yozadilar. Keyingi 15 asr davomida amalda oldin Galen va Soran tomonidan bayon etilganlar takrorlandi. Lekin, koʻpbolalar oʻlimi,muhtojlarga yordam beruvchi tashkilotlarning paydo boʻlishi, shuningdekYevropaning ayrim davlatlaridatashlandiq vaboquvchisini yoʻqotgan bolalar uchuntarbiya uylarining ochilishi XV-XVII asrlarda bolalar organizmining oʻziga xos xususiyatlariga qiziqish uygʻonishiga sababchi boʻldi — bolalarni tarbiyalash va parvarishlashga bagʻishlangan koʻp sonli asarlar chop etildi[1].
Bola — doimo oʻsuvchi va rivojlanuvchi organizm, har bir yosh bosqichida maʼlum morfologik, fiziologik va psixologik xususiyatlarni egallab boradi[1]. Postnatal (tugʻilgandan keyingi) davrda quyidagilar farqlanadi:
yangi tugʻilganlik davri (hayotining birinchi toʻrt haftasi (28 kun))
emadigan yosh (hayotining 29-kunidan boshlab bir yilgacha)
yasli yokimaktabgacha yoshdan oldingi davr (uch yilgacha)
maktab yoshigacha boʻlgan davr (uch yildan yetti yilgacha)
kichik maktab yoshi (yetti yoshdan oʻn bir yoshgacha)
katta maktab yoshi (oʻn ikki yoshdan oʻn yetti - oʻn sakkiz yoshgacha)
Bola rivojlanishi — goʻdakning ulgʻayishi jarayonida uning jismoniy va psixologik rivojlanishi bilan kechuvchi jarayon va mexanizmlarni oʻrganishga bagʻishlangan fan yoʻnalishi.
Bolaning jinsiy balogʻatga yetish yuz beradigan va organizm rivojlanishining yuqoriroq darajasiga oʻtish davri —balogʻatga yetish. Oʻsmir — yoshibolalikdanoʻspirinlikga oʻtayotganyigit yokivoyaga yetgan qiz. Hozirgi fan oʻsmirlik yoshini davlat (yashash mintaqasi) va madaniy-milliy xususiyatlarga, shuningdek jinsiga bogʻliq ravishda aniqlaydi (12-14 yoshdan 15-17 yoshgacha).
2011-yilga dunyoda milliarddan ortiq oʻsmir mavjud deb hisoblanadi[2].