Bobil (shumercha Kadingirra, akkadcha Babilu, aynan – tangri darvozasi) –Mesopotamiyaning shimoliy qismida,Furot daryosi boʻyida joylashgan shahar; hozirda Xilla shahri (Iroq). Bobil dastlabAkkad shohiSargon (miloddan avvalgi 2364—2314) haqidagi afsonada vaUr davlatining III sulolasiga oid hujjatlarda tilga olingan. Bobil Birinchi Bobil sulolasi (miloddan avvalgi 1894—1595) davrida katta rol oʻynay boshlagan,Xammurapi davri(miloddan avvalgi 1792—1750) ga kelib esa nafaqatMesopotamiyaning, balki butunOld Osiyoning yirik siyosiy, madaniy va xoʻjalik markaziga aylangan(taxminan 1595-yil). Bobil dastlabxettlar, soʻngra taxminan 1518-yilkassitlar bosib olgan. XIII-XII asrlarda shaharOssuriya podsholari Tukultininurti I vaTiglatpalasar I tomonidan ikki marotaba vayron etilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlaridaOssuriya vaoromiy qabilalaridanxaldeylar oʻrtasida Bobil uchun kurash boʻlgan. Miloddan avvalgi 732-yildan BobilOssuriya davlati tarkibida boʻlgan. Miloddan avvalgi 689-yil shahar isyon koʻtarganligi sababliOssuriya podshosi Sinaxerib tomonidan butkul vayron etilgan (taxminan miloddan avvalgi 680-yil). Sinaxeribning vorisiAsarxaddon tomonidan qayta tiklangan. Miloddan avvalgi 626-yil Blagi hokimiyatni xaldeyNabopalasar (626—604) egallab olgan.Navuxodonosor II (604—562) davrida shahar gullab yashnagan va ravnaq topgan. 538-yil Bobilniforslar shohiKir bosib olgan. Miloddan avvalgi 331-yil BobilniMakedoniyalik Aleksandr zabt etgan. Miloddan avvalgi 312-yil BobilAleksandrning sarkardalaridan biriSalavk qoʻli ostiga oʻtgan. Shu paytdan eʼtiboran Bobil yetakchilik mavqeyini yoʻqota borgan va milodiy II asrga kelib tarix sahnasidan uzil-kesil tushib ketgan.