Boʻzsuv | |
---|---|
Boʻzsuv Yunusobod tumanida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 159 |
Suv sarfi | 310 m³/s |
Davlat | Qozogʻiston va Oʻzbekiston |
Boʻzsuv |
Boʻzsuv —Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgikanal. Boʻzsuv Chirchiqning oʻng sohilidagi qadimgiterassalar boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon yoʻnalib,Toshkent viloyatiQibray,Zangiota vaYangiyoʻl tumanlari,Toshkent shahri hududi, shuningdekQozogʻiston Respublikasi yerlaridan oʻtib,Chinoz yaqinidaSirdaryoga quyiladi. Uzunligi 159 km. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m³/sek, 10GESdan quyida 110 m³ (ortiqcha suv Chirchiq daryosiga tashlanadi). Boʻzsuvning oʻzani egribugri, kengligi 10–20 m. Quyi oqimida 30 m gacha chuqur dara hosil qilgan. Boʻzsuvdan har ikki tomonga suv sarfi 0,5 m³/s dan 35 m³/s gacha boʻlgan, irrigatsiya va sanoat uchun moʻljallangan kattakichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: oʻng sohilQorasuv,Salor,Kaykovus,Anhor, Iskandar, Yuqori Toshkent,Joʻn, Kurkuldak, Niyozboshi,Shimoliy Toshkent kanallari, Boʻrjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent shahridan oʻtib, shaharni suv bilan taʼminlaydi. Boʻzsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uz. 400 km dan oshadi. Boʻzsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanlari va QozogʻistonningChimkent viloyatidagi 140 ming ga yer suv bilan taʼminlanadi.
1936-yilgacha Chirchikdan suvni Baytqoʻrgʻon qishlogʻidan yuqoridagi Yumaloqtepa suv boʻlgichidan olgan, suv sarfi 90 m³ boʻlib, taxminan 65 ming ga yerni sugʻorgan.[1] 1940-yilda yangi GESlar qurilishi munosabati bilanGʻazalkent yaqinida Chirchiq daryosiga bosh toʻgʻon qurildi va kanalga suv daryodan chiqarilgan derivatsion kanal orqali olinadigan boʻldi. 1926—54 yillarda Boʻzsuv kanalida 16 GES (Oqqovoq2, Oqqovoq3, Qodriya,Salor,Boʻzsuv,Shayxontohur,Boʻrjar,Oqtepa,Quyi Boʻzsuv va boshqalar)dan iboratChirchiq-Boʻzsuv gidroenergetika kaskadi barpo qilingan. Oʻzbekistondagi birinchi GES — Boʻzsuv GES shu kanalda qurilib, ishga tushirilgan (1926). Kanalda GESlardan tashqari suv toʻsuvchi qurilmalar, nasos stansiyalari, suv oluvchi inshootlar, ostonali sharsharalar va boshqa muhandislik inshootlari qurilgan (kanal sxemasiga q.).
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin Boʻzsuvda, jumladan 1995—2000-yillarda uning Anhor tarmogʻida oqimni tartibga solish, qirgʻoqlarni mustahkamlash va sohil boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi.
![]() | VikiombordaBoʻzsuv haqida turkum mavjud |
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Gidrologiyaga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |