Bilol ibn Raboh (arabcha:بلال بن رباح) – toʻliq ismiAbu Abdullo Bilol ibn Raboh al-Habashiy (? –641) –islom tarixidagi birinchimuazzin[1]. Baland, shirali, taʼsirli ovozga ega boʻlgan. Aslihabashistonlik,Makkada islomni birinchilardan boʻlib qabul qilganqullardan. XojasiUmayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib, Bilolga toqat qilib boʻlmas azoblarni bergan.Abu Bakr Siddiq Bilolni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqargan.Muhammad bilanMadinagahijrat qilgan.622-yilMadinada ommaviyazon aytish joriy etilganda u birinchi boʻlib baland ovozi bilanmusulmonlarninamozga chorlagan va bir necha yil davomida Muhammad s.a.v.gamuazzinlik qilgan. Paygʻambar vafotidan soʻngShomda yashagan va hazrat Husaynning iltimosiga koʻraMadinaga kelganida bir borbomdod namoziazonini aytgan, degan rivoyat bor. Qabri Suriya davlatiningDamashq shahrida joylashgan
Bilolga qadar namozga chorlov namoz vaqti, namoz vaqti deya chaqiriq boʻlgan bu hayqiriqni Abdulloh ibn Zayd amalga oshirganlar. Bir muncha vaqtdan soʻng Azon soʻzlari Abdulloh ibn Zaydning tushlarida ayon boʻlgan. Shundan soʻng ovozlari shirali va baland boʻlgani uchun Bilolga azon aytish masuliyati yuklatilgan. Biloltahajjud vaqtida ham azon aytganlar.