Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Bibishak

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bibishak ("bibi" va "shoh"suzlaridan)—Sharq, jumladan,oʻzbekayollariningbezak buyumi; odatda, ayollarningboshkiyimi (durra)ga—yakka holda peshona oʻrtasiga, juft holda ikki chakkaga, ansambl holida yirik shaklda peshona va chakkalarga taqiladi. B.ning "mohi tilla", "ottuyogʻi" va boshqa mahalliy atamalari bor.Buxoro,Samarqand va boshqa joylarda qadimdan urf boʻlgan. B. ikki uchi yuqoriga qayrilganyarim oy shaklida boʻlib, oʻrtasigaromb yokigʻuncha shakli joylashtiriladi yoki baʼzan kushgajaksimonkoʻrinishga ega boʻladi; qadimda, shuningdek markaziy gʻuncha yonida turgan qoʻshaloqqush koʻrinishidagi shakl ham uchraydi. Unga tagidanshokilalar qatori osiladi; yuqorisida uchta kalta halqazanjir oʻzaro ilmoq (toʻgʻnogʻich)ga birlashtiriladi, uning yordamidataqinchoq bosh kiyimga mustahkamlanadi. B. ikki xilusulda tayyorlanadi: yupqatilla yokitilla suvi yugurtirilgankumush yaproqchaga bosma usulidahandasiynaqshlar ishlanadi, koʻzlar qadaladi, shuningdekshabaka usulidapanjarali ishlanib, teshiklariferuza koʻzlar bilan toʻldiriladi. Shokilalardur,laʼl,shisha va boshqamarjon koʻzli qilib yasaladi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqoladaboshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.



Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bibishak&oldid=2834385" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp