Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Beyoncé

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Beyoncé
Beyoncé Qirol Sher filmi premyerasida (2019)
BeyoncéQirol Sher filmi premyerasida (2019)
Umumiy maʼlumot
TavalludiBeyonce Giselle Knowles
4-sentyabr1981-yil (1981-09-04) (44 yosh)
Janrlar
Kasbi
Faoliyat yillari1997 – hozirgacha
Leybllar
  • Parkwood
  • Columbia
  • Music World
FuqaroligiAQSH bayrogʻiAQSh
Turmush oʻrtogʻi
Ota-onasi
Bolalari3
Hamkorligi
Veb-saytbeyonce.com
Imzosi

Beyoncé Giselle Knowles-Carter (talaffuzi: Beyonse Jizel Noulz-Karter; 4-sentyabr 1981-yilda tugʻilgan)[1]amerikalikqoʻshiqchi, qoʻshiqnavis vaaktrisadir.TexasningHouston shahrida tugʻilib oʻsgan Beyoncé bolaligidanoq turli qoʻshiq va raqs musobaqalarida qatnashgan. U 1990-yillaring oxirlarida qizlardan iboratDestiny's Child guruhi aʼzosi oʻlaroq shuhrat qozondi. Bu guruh barcha zamonlarning eng koʻp albomi sotilgan qizlardan iborat guruhlaridan biri boʻlgan. U 2003-yildaDangerously in Love nomli ilk yakkaxon albomini chiqardi. Albomdagi„Crazy in Love“ va„Baby Boy“ singllari AQShningBillboard Hot 100 musiqiy chartida birinchi raqamli ashulalar boʻlishdi.

2006-yilda Destiny’s Child guruhi tarqalib ketganidan soʻng, Beyoncé ikkinchi yakkaxon albomi boʻlmishB'Dayni ommaga taqdim etdi. Albomdagi„Irreplaceable“ va„Beautiful Liar“ singllari ancha xush qarshilandi. Beyoncé, shuningdek, koʻplab filmlarda, jumladanTelba politsiyachi (2006),Dreamgirls (2006),Obsessed (2009) vaQirol Sher (2019) kabi filmlarda tasvirga tushdi. Uning amerikalik rapperJay-Z bilan turmush qurishi hamdaCadillac Records (2008) filmidaEtta Jamesni jonlantirishi uchinchi albomi —I Am... Sasha Fierce (2008) ga taʼsir oʻtkazdi. Albom 2010-yilda oltitaGrammy Awardsga sazovor boʻldi. Albomdagi„If I Were a Boy“,„Single Ladies (Put a Ring on It)“ va„Halo“ ashulalari muxlislar va tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi.

2010-yilda menejeri va otasiMathew Knowlesdan ajralganidan soʻng, Beyoncé 2011-yilda musiqiy jihatdan turfa xil boʻlgan4 nomli toʻrtinchi albomini chiqardi. Keyinchalik, mos ravishda beshinchi va oltinchi albomlari boʻlmishBeyoncé (2013) vaLemonade (2016) larni chiqarib, jahon miqyosida shuhrat qozondi, albomlarning ikkinchisi 2016-yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Albomlarning ikkisi ham xiyonat vavumanizm mavzularini oʻz ichiga olishi bilan qolgan albomlardan ajralib turdi. 2018-yilda Beyoncé turmush oʻrtogʻiJay-Z bilan birga the Carters guruhi aʼzolari oʻlaroqEverything Is Love albomini chiqardi. BeyoncéEd Sheeran bilan birga ijro etgan„Perfect“ (2017) hamdaMegan Thee Stallion bilan birga ijro etilgan„Savage“ (2020) qoʻshiqlari ortidanBillboard Hot 100 chartida yuqori pogʻonalardan oʻrin oldi. Shu yili uBlack Is King nomlimusiqiy film va vizual albomini chiqarib, muxlislar tomonidan kengqamrovli olqishlarga ega boʻldi.

Beyoncé jahondagi audio disklari eng koʻp sotilgan artistlardan biri boʻlib, hozirga qadar uning audio disklari umumjahon boʻylab 118 million dona sotilgan.[2] U ilk olti studiyaviy albomi hamBillboard 200 chartida birinchi oʻrinni band etgan ilk yakkaxon xonandadir.[3] Uning 2000-yillar davomidagi muvaffaqiyatiRecording Industry Association of America (RIAA) tomonidanOʻnyillikning top artisti,Billboard tomonidan esaOʻnyillikning top ayol artisti oʻlaroq eʼtirof etildi.[4] Beyoncé koʻplab yutuqlarga, jumladan 28 taGrammy Awards, 26 taMTV Video Music Awards, 24 taNAACP Image Awards, 31 taBET Awards va 17 taSoul Train Music Awardsga loyiq topilgan. 2014-yildaBillboard uni tarixdagi eng koʻp daromad topgan qora tanli musiqachisi deb atasa, 2020-yildaTime jurnali uni oʻtgan asrning eng nufuzli 100 ayoli roʻyxatiga kiritdi.[5]

Hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1981-1996: Ilk hayoti va karyerasi boshlanishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Beyonce Giselle Knowles 1981-yil 4-sentyabrdaTexas shtatiningHouston shahrida tugʻilgan. OnasiCelestine „Tina“ Knowles (qizlik familiyasi Beyonce) soch turmaklovchi boʻlib, oʻzining saloniga ega boʻlgan. OtasiMathew Knowles esa menejer oʻlaroq faoliyat yuritgan.[6] Beyoncéning singlisiSolange Knowles ham qoʻshiqchi boʻlib,Destiny's Child guruhida tarqalib ketmaguncha yordamchi raqqosa boʻlgan. Solange va Beyoncé tarixda albomlari musiqiy chartlarda birinchi pogʻonadan oʻrin olgan ilk opa-singillardir.[7] Mathewafroamerikalik, Tina esa luiziana kreollikdir.[8][9][10][11]

Beyoncéning ona tarafdan buva va buvisi — Lumas Beyince va Agnez Dereon (Odilia Broussard va Eugene DeRouenning qizi) boʻlib,[12] ularfransuz tilida soʻzlashuvchi luiziana kreolliklar boʻlishgan.[13] Beyoncé ham kreol hisoblanadi.[12][14] Onasi orqali Beyoncé koʻplab fransuz aristokratlari, jumladan Viscountsde Béarn va Viscountsde Belzunce oilalari avlodi sanaladi.[15] U yana fransuzdvoryani va harbiy lideri boʻlgan Jean-Vincent d’Abbadie de Saint-Castin avlodidir.[9] Uning toʻrtinchi katta buvisi Marie-Françoise Trahan boʻlib, u 1774-yildaFransiyaningBelle Île orolida joylashganBangorkommunasida tavallud topgan. TrahanBritaniyadeportatsiyadan soʻng, Belle Île orolida xavfsiz joy topib, qolib ketgan akadiyaliklar qizi boʻlgan.Bretan mol-mulklari 78 ta akadiya oilalari va azaldan yashab kelayotgan mahalliy aholi oʻrtasida taqsimlangan. Trahanlar oilasiLuizianaga koʻchib ketishlaridan avval Belle Île orolida oʻn yildan oshiq vaqt davomida istiqomat qilishgan.[16] Beyoncé oʻz nasl-nasabini oʻrgandi hamda oʻz quliga turmushga chiqqan qul egasi avlodi ekanligini kashf etdi.[17]

Diskografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola:Beyoncé diskografiyasi

Filmografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Rol ijro etgan filmlar

Rejissorlik qilgan filmlar

  • Life Is But a Dream (2013)
  • Beyoncé: Lemonade (2016)
  • Homecoming (2019)[29]
  • Black Is King (2020)

Turnelari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Headlining

  • Dangerously in Love Tour (2003)
  • The Beyoncé Experience]] (2007)
  • I Am… World Tour]] (2009—2010)
  • I Am… Yours (Beyoncé show) (2009)
  • The Mrs. Carter Show World Tour (2013—2014)
  • The Formation World Tour (2016)

Joint Tours

  • Verizon Ladies First Tour]] (2004)
  • On the Run Tour (Jay-Z bilan birgalikda; 2014)
  • On the Run II Tour (Jay-Z bilan birgalikda; 2018)

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Beyoncé Knowles' name change“ (23-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 8-mart 2013-yil.
  2. Abdul-Jabbar, Kareem. „The Exploitation of Beyonce for Political Agendas“.Time (13-fevral 2015-yil). 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2017-yil.
  3. Caulfield, Keith. „Beyonce Earns Sixth No. 1 Album on Billboard 200 Chart with 'Lemonade'“.Billboard. Qaraldi: 31-may 2018-yil.
  4. „Artist of the Decade“.Billboard (12-mart 2013-yil). 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan.
  5. Cooper, Brittney. „Beyoncé: Time 100 Women of the Year – 2014: Beyoncé Knowles-Carter“.Time. 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2020-yil.
  6. „The Family Business“. MTV News. 7-sentyabr 2014-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2013-yil.
  7. „Beyoncé and Solange Knowles Become First Sisters to Land No. 1 Albums“. Etonline.com. 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 12-oktyabr 2016-yil.
  8. „Beyoncé Knowles' Biography“.Fox News Channel (15-aprel 2008-yil). 7-mart 2008-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 6-noyabr 2018-yil.
  9. 9,09,1Smolenyak, Megan. „A Peek into Blue Ivy Carter's Past“.HuffPost (12-yanvar 2012-yil). 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2012-yil.
  10. „Beyonce Touts L'Oreal Cosmetics That 'Match' Your Native American Shade“. Indian Country Today: Digital Indigenous News. Indian Country Today (19-yanvar 2012-yil). 27-yanvar 2019-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2019-yil.
  11. Mathew is African American; Tina is Louisiana Creole:
  12. 12,012,1Dhillon, Georgina (3-oktyabr 2012-yil).„Beyoncé Knowles: A Creole Queen“.Kreol International Magazine. UK: Rila Publications. 8-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: bot: original URL status unknown () CS1 maint: date format ()
  13. Drohan, Freya. „Celebrating Beyoncé's Irish roots on her birthday“.IrishCentral (2-iyul 2018-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
  14. Khanna, Nikki. Biracial in America: Forming and Performing Racial Identity. Vermont: Lexington Books, 2011 — 63-bet.ISBN 978-0-739-14574-6. 
  15. „Beyoncé Ancestor Chart (26983)“. famouskin.com.
  16. Beyoncé has roots in Brittany:
  17. „Beyoncé in Her Own Words: Her Life, Her Body, Her Heritage“. Vogue (6-avgust 2018-yil). — „I researched my ancestry recently and learned that I come from a slave owner who fell in love with and married a slave.“. 27-oktyabr 2021-yilda asl nusxadanarxivlangan.
  18. Dene, Lewis. „Beyoncé Dangerously In Love Review“.BBC. Qaraldi: 18-iyun 2013-yil.
  19. „B'Day by Beyoncé“. Amazon.com. Qaraldi: 30-iyun 2018-yil.
  20. Oxman, Steven. „Review: 'Carmen: A Hip Hopera'“.Variety (3-may 2001-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2-sentyabr 2017-yil.
  21. Johnson, Malcolm „Knowles Powers Her Way To Stardom“. Hartford Courant (26-iyul 2002-yil). 10-aprel 2011-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.(WebCite saytida 10-aprel 2011-yil sanasidaarxivlangan)
  22. Ebert, Roger. „The Fighting Temptations Movie Review (2003) | Roger Ebert“.Chicago Sun-Times (19-sentyabr 2003-yil). 6-dekabr 2015-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 20-sentyabr 2017-yil.
  23. Martel, Ned.. „Jay-Z's Retirement Party, Preceding His Comeback“.The New York Times (5-noyabr 2004-yil). 9-sentyabr 2017-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 8-sentyabr 2017-yil.
  24. 24,024,1Otto, Jeff „Interview: Beyonce Knowles“. IGN (8-fevral 2006-yil). 30-yanvar 2012-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.(WebCite saytida 30-yanvar 2012-yil sanasidaarxivlangan)
  25. Adler, Shawn; Richard, Yasmine „Beyonce, Etta James And 'Cadillac Records' Stars Come Out For Movie's Premiere“. MTV News (25-noyabr 2008-yil). 4-mart 2011-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.
  26. Neumaier, Joe „'Obsessed' starring Beyonce Knowles is more like 'Delayed Frustration' than 'Fatal Attraction'“. Daily News (24-aprel 2009-yil). 28-aprel 2009-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2011-yil.(Wayback Machine saytida 28-aprel 2009-yil sanasidaarxivlangan)
  27. Montgomery, James „Beyonce Cast As Queen Tara In 3-D Animated Film 'Epic' Colin Ferrell, Amanda Seyfried and Aziz Ansari join Bey in the film, due in theaters May 2013.“. MTV News. 2-iyun 2012-yilda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2012-yil.
  28. Kroll, Justin „Beyonce Confirms Role as Nala in Disney's Live-Action 'The Lion King'“. Variety. Penske Media Corporation (1-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.
  29. „HOMECOMING: A film by Beyoncé | Netflix Official Site“ (inglizcha). www.netflix.com. Qaraldi: 30-mart 2020-yil.

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Beyoncé haqida Vikipediyaningqardosh loyihalarida koʻproq bilib oling
Maʼno va tarjimalariVikilugʻatda
Media fayllarVikiomborda
Taʼlim resurslariVikiversitetda
XabarlarVikiyangiliklarda
Iqtibos, maqol va matallarVikiiqtibosda
Asarlar matnlariVikimanbada
Kitob va darsliklarVikikitobda
Studiyaviy albomlar
Hamkorlikda chiqarilgan albomlar
Soundtrack albomlar
EPs
  • True Star: A Private Performance
  • Irreemplazable
  • Above and Beyoncé: Dance Mixes
  • Heat
  • 4: The Remix
  • More Only
Kompilatsiyalar
Jonli va video relizlar
  • Live at
  • The Ultimate
  • B'Day Anthology Video
  • The Beyoncé Experience Live
  • Above and Beyoncé: Video Collection
  • I Am... Yours: An Intimate Performance at Wynn Las Vegas
  • I Am... World Tour
  • Live at Roseland: Elements of 4
  • Live in Atlantic City
  • Live
  • Homecoming: The Live Album
Konsert turnelari
  • Dangerously in Love Tour
  • Verizon Ladies First Tour
  • The Beyoncé Experience
  • I Am... World Tour
  • The Mrs. Carter Show World Tour
  • On the Run Tour
  • The Formation World Tour
  • On the Run II Tour
Konsertlar
  • I Am... Yours
  • 4 Intimate Nights with Beyoncé
  • Revel Presents: Beyoncé Live
  • 2018 Coachella performance
Film va televideniye
Bizneslari
  • House of Deréon
  • Heat
  • Heat Rush
  • Pulse
  • Rise
  • Tidal
  • Ivy Park
Related soundtracks
Oilasi
Related topics
Dangerously in Love
Live at Wembley
B'Day
I Am... Sasha Fierce
4
Beyoncé
Lemonade
Everything Is Love
Homecoming: The Live Album
The Lion King: The Gift
Tanlangan artist sifatida
Boshqa qoʻshiqlar
Beyoncé qoʻlga kiritgan mukofotlar
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Beyoncé&oldid=5486646" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp