Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Berber tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
berber tili (xaritasi)

Berber tiliberberlar tili. Xom-som tillari oilasiga mansub.Liviya,Tunis,Jazoir,Marokash,Mavritaniya,Mali, Yuqori Volta,Niger, Nigeriya,Chad va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. 300 ga yaqin shevadan tarkib topgan. Bularni beshta asosiy lahja guruhlariga birlashtirish mumkin: tuareg lahjasi (Liviya, Jazoir, Mali, Niger, Nigeriya, Chad), zenet lahjasi (Jazoir, ShimoniyMarokash), tamaziy lahjasi (Marokash), tashelhayt lahjasi (Marokash), zenaga lahjasi (Mavritaniya). Misr, Suriya, Liviya, Tunis va Mavritaniyadaarab tili berber tili ni siqib chiqarayotgan boʻlsa, Jazoir va Marokashda berber tili da soʻzlashuvchilar yil sayin koʻpaymoqda. berber tili da urgʻu juda kuchsiz. Oʻzak bir, ikki, uch, hatto turt undoshdan tuziladi. berber laxjalarining fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birligi yagona berber tili mavjudligiga asos boʻladi. berber, arab va lotin alifbolari yordamida berber tili va uning lahjalarini yozib olishga harakat qilingan.[1]

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. "Berber tili"OʻzME.B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tillarning yer shariJahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Berber_tili&oldid=5232778" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp