Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Barit

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Barit

Barit (yun. bans — ogʻir) — ogʻir shpat, sulfatlar sinfiga mansubmineral.Kimyoviy formulasi BaSO4. Rombik singoniyada kristallanadi. Rangsiz yoki oq, bir oz yashil yoki qizil rang aralashgan boʻladi. Qattiqligi 3,5 — 3,8, moʻrt. Barit 4,5. Odatda yirik kristalli massa hamda zich donador agregatlar koʻrinishida uchraydi. Shishasimon yaltiroq. Baritning yirik konlariGruziya,Qozogʻiston,Turkmaniston, - shuningdekRossiya (Ural, Oltoy),Ukraina (Zakarpatye,Donbass)da bor. OʻzbekistonningNurota, Chatqol-Qurama togʻlarida topilgan. Barit parmalash ishlari, tibbiyot, rezina va qogʻoz ishlab chiqarish, pirotexnika, koʻnchilikda, oziq-ovqat sanoati, kulolchilik, oq boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Barit&oldid=3572931" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp