2009-yil 9-oktyabrida tinchlikparvar siyosati uchunNobel mukofoti bilan taqdirlandi.[2]
2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondi.[3] Shuningdek, Obama uch bestseller kitob muallifi hamdir:Dreams from My Father („Otamdan orzular“) (1995),The Audacity of Hope („Umid jurʼati“) (2006) vaA Promised Land („Vaʼda qilingan yer“) (2020).[4]
Obama, rafiqasi Mishel va qizlari Sasha va Maliya, 2009-yil.
Obama 1961-yil 4-avgustda[5] AQShningGavayi shtatiGonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan.[6][7][8] U Gavayida va AQShning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tugʻilgan yagona prezidentidir.[9] Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi,Enn Danxem (1942-1995)Kanzasning Uichita shahrida tugʻilgan boʻlib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega boʻlgan.[10] OtasiBarak Obama Sr. (1936-1982)[11][12]Keniyaning Luo qabilasiga mansub hamda grant asosida Gavayiga oʻqishga kelgan talaba boʻlgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Gavayi uiversitetida rus tili darsida uchrashishgan.[13][14] Juftlik 1961-yilning 2-fevralida, Obama tugʻilishidan olti oy avval Vailukuda turmush qurishgan.[15][16]
1961-yil avgusti oxirlarida, Obama tugʻilganidan bir necha hafta oʻtgach, Barak va uning onasiSeattle shahridagi Washington universitetiga koʻchib oʻtishib, u yerda bir yil yashashdi. Bu vaqt davomida Barakning otasi 1962-yilning iyunida Gavayida oʻqishini tamomlab,iqtisod boʻyicha bakalavrlik darajasi oldi. Keyinchalik,Garvard universitetiga grant asosida oʻqishga kirib, u yerni tugatdi va iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Obamaning ota-onasi 1964-yil martida ajrashishdi.[17] Obama Katta 1964-yilda Keniyaga qaytdi va u yerda uchinchi marta uylandi. U, shuningdek, Keniya moliya vazirligida katta iqtisod tahlilchisi lavozimini bajardi.[18] U oʻgʻli Obamani koʻrish uchun 1971-yilMavlud bayramida[19] faqat bir marotaba Gavayiga tashrif buyurgan. U 1982-yili avtomobil halokati tufayli vafot etdi, bu paytda Obama 21 yoshda edi.[20] Bolalik chogʻlarini yodga olarkan, Obama bu haqda shunday deydi: „Otamning atrofimdagi odamlarga umuman oʻxshamasligini, yaʼni u qop-qora boʻlsa, onam sutdek oqligini bazorgʻa fahmlaganman“.[14]
↑Barreto, Amílcar Antonio; Richard L. O'Bryant „Introduction“, . American Identity in the Age of Obama. Taylor & Francis, 12-noyabr 2013-yil — 18–19-bet.ISBN 978-1-317-93715-9.
↑Maraniss (2012),p. 65: He had been born inside the euphorbia hedges of the K’obama homestead on 18-iyun 1934-yil.
↑Liberties (2012),p. 202: The age of the father is questionable since most of the documents Barack Hussein Obama filled out during his United States student visa was 18-iyun 1934-yil; however, Obama II’s bookDreams of My Father states his birth date was 18-iyun 1936-yil. Check out Immigration and Naturalization Service records, and those documents also indicate the birth date to be 18-iyun 1934-yil, thereby making Obama Sr. twenty-seven at the birth of Obama II instead of the annotated twenty-five on the birth certificate.
Koltun, Dave „The 2004 Illinois Senate Race: Obama Wins Open Seat and Becomes National Political "Star"“, . The Road to Congress 2004. Hauppauge, New York: Nova Science Publishers, 2005.ISBN 978-1-59454-360-9.
Parmar, Inderjeet and Mark Ledwidge. „…'a foundation-hatched black': Obama, the US establishment, and foreign policy.“International Politics 54.3 (2017): 373-388online (Wayback Machine saytida 2023-06-27 sanasidaarxivlangan)