Malikushshuaro Bahor | |
---|---|
Tavalludi | 6-noyabr1884-yil |
Vafoti | 22-aprel1951-yil(1951-04-22) (66 yoshda) Tehron |
Kasbi | shoir,yozuvchi,faylasuf |
Ijod qilgan tillari | Fors tili |
Fuqaroligi | Eron |
Bahor (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1884,Mashhad - 1951,Tehron) — eronlikshoir, jamoat arbobi. 1903 - yil "Malik ush-shuaro" (Shoirlar sultoni) nomini olgan. Tehronuniversitetiprofessor (1953). Eron milliy majlisiga bir necha bor vakil boʻlib saylangan. Boshlangʻich saboqni B. otasiXuroson shoiri, malik ush-shuaro Muhammad Kozim Saburiydan olgan. B. "Eronga xudo yordir", "Ser Eduard Grenga maktub" (1909) asarlari bilan shuhrat qozonadi. U "Nai-bahor"gazetasini nashr etadi (1905 — 11). Shoir adabiy jamiyat tuzib, "Donishkada" ("Ilmxona")jurnalini ham chiqaradi (1918). B. she’rlari ichki va teskarichi guruhlarga, ba’zi mutaassiblarga qarshi qaratilgan. Umonarxiyaga qarshi yozgan she’rlari uchunIsfahonga badarg'a qilinadi (1932). Xalqningdemokratiya uchun kurashini quvvatlovchi "Jahannam", "Zindon kundaliklari", "Tong qushi" kabi asarlari shu yerda yozilgan. B. 3 jildli "Stilistika" (1958) ilmiy asarini yaratgan. B. qadimgipahlaviy tilidan "Yodgore Zariron" ("Zarirlar yodgorligi") dostoninifors tiliga tarjima qilgan. Uning fors she’riyatiga bagʻishlangan asarlarisharqshunoslik sohasida hanuz oʻz qimmatini saqpab qolgan.