Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Bachadon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bachadon yokimatka (bacha — „bola“ + -don;lotincha:uterus,grekcha:ὑστέρα) — ayollarda va urgʻochi sut emizuvchi hayvonlarda homila oʻsib rivojlanadigan ichki organ.

Insonlarda

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Ayol bachadonining homiladorlik paytida kattalashishi

Ayollarda bachadonsiydik pufagi orqasida,toʻgʻri ichak oldida joylashgan boʻladi. Bola koʻrish yoshidagi ayolda bachadon oʻrtacha 7.5 sm uzun, 5 sm keng va 2.5 sm chuqur boʻladi.[1] Sogʻlom bachadon toʻnkarilgannok shaklida boʻladi, ichi boʻsh va atrofi qalinmuskullar bilan oʻralgan boʻladi. Har biri tuxum bilan toʻldirilgantuxumdonlarga tutashgan ikkita trubka matkaga yuqori ikki tomondan ulanib turadi.

Bachadonningtanasi,tubi vaboʻyni boʻladi. Bachadon tanasi va tubiqovuq yuzasi bilan qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasitoʻgʻri ichakka yuzma-yuz turadi. Bachadon boʻynining bir qismiqin ichiga kirgan boʻlib, shu yerda bachadon teshigi qinga ochiladi.

Bachadon devoriichki — shilliq qavat (endometriy),oʻrta — muskul qavat (miometriy) vatashqi — seroz qavat (qorin pardasi)dan iborat. Shilliq qavat bachadon naylari shilliq qavatining davomidir. Bachadon ichida shilliq qavat burmalari yoʻq, asosan mayda bezlar uchraydi. Shilliq qavat bachadon boʻynida qalinlashib, burmalari va shilliq bezlari boʻladi, u har oydahayzga tayyorlanadi; bunda bachadonning yuza joylashgan shilliq qavatimarkaziy nerv sistemasi hamdagipofiz vatuxumdondan ajralgangormonlar (follikulin,progesteron) taʼsirida qalinlashadi, har oyda bir marta koʻchib, qon bilanajraladi.

Muskul qavat yaxshi rivojlangan,qon tomirlarga boy silliq muskul uch qavat boʻlib joylashgan. Seroz qavat bachadon oldi va orqa yuzalarini qoplab, ikki yonboshida keng boylam hosil qiladi; shu boylam oraligʻidabiriktiruvchi toʻqima qatlami (parametriy) boʻladi.

Bachadon boʻshligʻi uchburchak shaklda boʻlib, uni katta-kichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari oʻz oʻrnida ushlab turadi. Bachadon boʻynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat boʻlib,silindrsimonepiteliy bilan qoplangan; boʻyin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; uishqoriy reaksiyaga,bakteritsid xususiyatga ega. Uning bu xususiyati bachadongainfeksiya tushishiga yoʻl qoʻymaydi; bundan tashqari,spermatozoidning harakatchanligini oshirib, uning bachadonga kirishini taʼminlaydi.

Bachadon ancha harakatchan boʻlib,qovuq hamdatoʻgʻri ichak toʻlganda,homiladorlikda va boshqa fiziologik holatlarda oʻz shaklini oson oʻzgartira oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yoʻgʻon tortishi va yangi tolalar paydo boʻlishi hisobiga bachadon kattalashadi. Homila tugʻilgach bachadon qisqaradi va yangi tolalar yoʻqolib ketadi.

Tugʻruqdan keyin tezda jismoniy ish qilganda chanoq tubining muskullari va boshqa boylamlari boʻshashib, bachadon tushishi mumkin.[2]

Hayvonlarda

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Urgʻochi hayvonlarda bachadon naylari kengaygan boʻlib, homilani saqlay oladi; shu sababli ular koʻp bolalaydilar. Ayrimchuvalchanglar,boʻgʻimoyoqlilar,molluskalar va boshqalarda bachadonga oʻxshash tuzilmalar bor, shuningdek suvda va quruqda yashovchilar, baʼzisudralib yuruvchilar va barchasut emizuvchilarda bachadon oʻziga xos tuzilishga ega. Bachadonda tuxum yoki pusht rivojlanadi. Tuxum qoʻyadigan hayvonlarning yetilgan tuxum hujayrasi bachadonda vaqtincha joylashadi.[3]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „What Is Considered a Small Uterus?“. WiseGEEK. Qaraldi: 21-yanvar 2013-yil.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. "Bachadon"OʻzME.B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Ahmedov N. K., Shomirzayev N. H., „Normal va topografik anatomiya“, T., 1991
Tayanch-harakat tizimi
Suyaklar sistemasi
Boʻgʻimlar
Muskullar sistemasi
Yurak qon-tomir tizimi
Qon aylanish sistemasi
Qon yaratish tizimi
Nerv sistemasi
Teri va uning hosilalari
Gemapoetik tizim vaImmun tizimi
Nafas olish tizimi
Ovqat hazm qilish tizimi
Ayiruv tizimi
Tanosil tizimi
Endokrin tizimi


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bachadon&oldid=5232152" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp