| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Bülent Korkmaz | ||
| Tavallud sanasi | 24-noyabr1968-yil (1968-11-24) (57 yosh) | ||
| Tavallud joyi | Malatya,Turkiya | ||
| Boʻyi | 5 ft 11 in (1.80 m) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Çaykur Rizespor (Murabbiy) | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1979—1985 | Galatasaray | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1987—2005 | Galatasaray | 430 | (15) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1988 | Turkiya U21 | 3 | (0) |
| 1990—2005 | Turkiya | 102 | (3) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2006 | Kayseri Erciyesspor | ||
| 2007 | Bursaspor | ||
| 2007—2008 | Gençlerbirliği | ||
| 2009 | Galatasaray | ||
| 2009—2010 | Baku | ||
| 2011—2012 | Karabükspor | ||
| 2012—2013 | İstanbul Büyükşehir Belediyespor | ||
| 2014—2015 | Kayseri Erciyesspor | ||
| 2015—2016 | Mersin İdman Yurdu | ||
| 2018—2019 | Antalyaspor | ||
| Xalqaro medallar | |||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Bülent Korkmaz (1968-yil 24-noyabrda tugʻilgan), xalq tilida „Buyuk Kaptan“[1][2] va „Cengaver“[3][4] (Jangchi) laqablari bilan tanilgan. Turkiyaning sobiq professionalfutbolchisi va Turkiya Superligasining„Çaykur Rizespor“ klubining hozirgi murabbiyi.
Korkmaz klubdagi faoliyati davomida faqatgina bir klub safida harakat qilgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi[5]. 1987-yildan 2005-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida butun faoliyati davomida„Galatasaroy“ safida markaziy himoyachi sifatida oʻynagan, 8 ta Superliga, 6 ta Turkiya kubogi, 5 ta Turkiya Superkubogi gʻolibi boʻlgan. UEFA kubogi va 1 ta UEFA Superkubogi sovrindori[5][6][7].
UYevropa klublari musobaqalarida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan tarixdagi 13-futbolchi hisoblanadi.
KorkmazTurkiya milliy terma jamoasida 102 marta maydonga tushgan.
Korkmaz faoliyatini 1979-yilda Galatasaray Futbol Akademiyasidadarvozabon sifatida boshlagan. U yosh murabbiyining maslahatiga binoan maydondagi rolini himoyachiga oʻzgartirgan. Unga 16 yoshida Germaniyaning „Bayer Leverkuzen“ klubi tomonidan professional shartnoma taklif qilingan, ammo u Galatasaroyda qolishni afzal koʻrgan va 1987-yilda u asosiy jamoaga qoʻshilgan.
Korkmaz 1988—1989-yilgiUEFA Yevropa kubogining yarim finaliga qadar yetib borgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri edi. 2000-yilda Galatasaroy vaArsenal oʻrtasidagi UEFA kubogi finalida u yelkasi chiqib ketdi, ammo Korkmaz oʻyinni tark etishni rad etgan va oʻyinni oxirigacha davom ettirgan. Oʻyinda Galatasaroyqoʻshimcha vaqtdan keyin kubokni qoʻlga kiritgan. Ammo jarohat tufayli Korkmaz UEFA Yevro 2000 musobaqasini oʻtkazib yuborgan[8].
Korkmaz 2001-yil 3-yanvarda Yokogama xalqaro stadionida boʻlib oʻtgan „World Dream“ futbol koʻrgazmasida 2002-yilgi Jahon chempionati mezboni „Yaponiya va Koreya XI“ga qarshi „FIFA XI“ jamoasiga taklif qilingan[9].
Korkmaz 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan va 2003-yilda FIFA Konfederatsiyalar kubogida ham xuddi shunday yakuniy oʻrinni egallaganTurkiya terma jamoasi tarkibida boʻlgan. Korkmaz YEVRO 96da Turkiya sharafini himoya qilgan.
2005-yilning 30-avgustida Korkmaz„Gençlerbirliği SK“ klubiga[10] murabbiy yordamchisi etib tayinlangan va oʻsha mavsumda isteʼfoga chiqgan. 2007-yilning yanvarida u Kayseri Erciyessporda bosh murabbiy sifatida shartnoma imzolagan. Korkmaz boshqaruvida Kayseri Erciyesspor 2006\07-yilgi mavsumda Turkiya kubogi finaliga qadar yetib borgan va „Beshiktosh“ga 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Chempionatda 17-oʻrinni egallab, mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketgan.
2009-yilning 23-fevralida Michael Skibbe ketganidan soʻng Korkmaz „Galatasaroy“ bosh murabbiyi etib tayinlangan[11]. 15 ta rasmiy oʻyindan 7 tasida gʻalaba qozonib, 2009-yil iyun oyida klub tomonidan ishdan boʻshatilgan[12].
2011-yilning 8-noyabrida Yücel Ildiz isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, Korkmaz „Karabükspor“ga bosh murabbiy sifatida qoʻshilgan[13]. Jamoani turnir jadvalining 16-pogʻonasidaligida qabul qilib olib mavsumni 12-oʻrinda yakunlashga muvaffaq boʻlgan, bu esa quyi ligaga tushib ketmaslik uchun yetarli boʻlgan. Oʻsha mavsumda „Karabükspor“ klubi tarixida ilk bor 2011\12 yilgi Turkiya kubogida yarim finalga qadar yetib borgan.
2012-yilning 13-noyabrida Korkmaz „Istanbul Büyükshehir Belediyespor“da Karlos Karvalhal oʻrniga murabbiylik kursisini egallagan[14]. Uning shartnomasi 2013-yil 30-mayda jamoasi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng oʻzaro bekor qilingan[15].
Korkmaz 1968-yilda Malatyada tugʻilgan. Uning ukasi Mert Korkmaz (1971-yilda tugʻilgan) ham sobiq professional futbolchi, shuningdek, „Galatasaroy“da oʻynagan va Turkiya terma jamoasida 5 marta maydonga tushgan. Korkmaz oilali, 2 ta qizi bor.
| Klub | Mavsum | Liga | Turkiya kubogi | Boshqa | Qitʼa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Galatasaray | 1987-88 | 1. Lig | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | |
| 1988-89 | 10 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 7 | 0 | 20 | 0 | ||
| 1989-90 | 21 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 25 | 0 | ||
| 1990-91 | 30 | 2 | 4 | 0 | 2 | 0 | — | 36 | 2 | |||
| 1991-92 | 27 | 3 | 2 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | 36 | 3 | ||
| 1992-93 | 29 | 1 | 6 | 0 | 3 | 0 | 5 | 0 | 43 | 1 | ||
| 1993-94 | 30 | 1 | 5 | 1 | 3 | 0 | 9 | 0 | 47 | 2 | ||
| 1994-95 | 31 | 1 | 6 | 1 | 2 | 0 | 8 | 0 | 47 | 2 | ||
| 1995-96 | 29 | 0 | 6 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 39 | 0 | ||
| 1996-97 | 32 | 2 | 1 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | 39 | 3 | ||
| 1997-98 | 29 | 1 | 7 | 0 | 2 | 0 | 8 | 0 | 46 | 1 | ||
| 1998-99 | 21 | 1 | 6 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 30 | 1 | ||
| 1999-00 | 22 | 0 | 3 | 1 | 0 | 0 | 8 | 0 | 33 | 1 | ||
| 2000-01 | 27 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 | 44 | 1 | ||
| 2001-02 | Süper Lig | 26 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 | 38 | 3 | |
| 2002-03 | 30 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 38 | 1 | ||
| 2003-04 | 23 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 29 | 0 | ||
| 2004-05 | 13 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 0 | ||
| Karyerada jami | 430 | 15 | 52 | 4 | 26 | 0 | 102 | 1 | 610 | 20 | ||
| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|
| Turkiya | 1990 | 2 | 0 |
| 1991 | 8 | 0 | |
| 1992 | 8 | 0 | |
| 1993 | 6 | 1 | |
| 1994 | 7 | 1 | |
| 1995 | 11 | 0 | |
| 1996 | 9 | 0 | |
| 1997 | 4 | 0 | |
| 1998 | 0 | 0 | |
| 1999 | 0 | 0 | |
| 2000 | 5 | 0 | |
| 2001 | 4 | 0 | |
| 2002 | 15 | 1 | |
| 2003 | 14 | 0 | |
| 2004 | 7 | 0 | |
| 2005 | 2 | 0 | |
| Jami | 102 | 3 | |
Galatasaroy