Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Azov dengizi

Koordinatalari:46°N37°E / 46°N 37°E /46; 37
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Azov dengizi
Koordinatalari46°N37°E / 46°N 37°E /46; 37
Eng katta uzunligi340
Yuzasi39 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi7.5 m
Eng katta chuqurligi13.5 m
Suv hajmi290 km3

Azov (Azaq) dengizi (ukraincha:Азо́вське море;inglizcha:Sea of Azov;turkcha:Azak Denizi) —Atlantika okeani havzasiga mansub oʻrta dengiz.Ukraina vaRossiya yerlari oraligʻida.Kerch boʻgʻozi orqaliQora dengiz bilan tutashadi. Maydoni 38 ming km². Suvning oʻrtacha hajmi 320 km3. Dengiz tubi te-kis. Oʻrtacha chuq. 8 m, eng chuqur joyi 14 m. Qirgʻogʻi u qadar egri-bugri emas. Sohilining gʻarbi, shimoliy va sharqi past-tekislik. Eng yirik qoʻltigʻi – Tagan-rog. Gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida Sivash qoʻltigʻi Azov dengizi dan kambar Arabat strel-kasi bilan ajralgan. Kirgʻoq yaqinida Bi-ryuchiy, Cherepaxa va bir guruh Peschaniy orollari bor. Azov dengizi ga Don, Kuban va boshqa daryolar quyiladi. Azov dengizi atrofi iqlimi kontinental, havoning oʻrtacha temperaturasi yezda 23,5°, 24,5", qishda -1°, -6°, yiliga 312–528 mm yogʻin tushadi. Suv temperaturasi yezda 25", 30°, qishda 0°dan past. Shoʻrligi 9–11°. Azov dengizi dekabr oxiridan mart boshlarigacha muz bilan qoplanadi. Oqimlari sha-mol esishiga qarab oʻzgarib turadi; oʻrta qismida soat mili yoʻnalishiga qarama-qarshi oqadigan oqim bor. Suvi loyqa. Dengizda tishli baliqlar bor. Organik moddalar miqdori boshqa dengizdagilarga qaraganda 5–6-marta koʻp. Eng yirik portlari:Mariupol,Taganrog, Yeysk,Berdyansk.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Azov_dengizi&oldid=3178385" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp