Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Azola

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Azola (Azolla) – qirqquloqdoshlar oilasiga mansub, suvda oʻsadigan, spo-rali koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Suv ostida yon ildizlari, suv ustida qalin bargchalari boʻladi. A.ning 6 ta turi bor. Qazilma turlarining soni 50 ga yaqin. A.ning ba’zilari hozirgi Janubiy Amerika, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik joylarida keng tarqalgan. A.ning qazilma qoldiqlari (sporasi, bargining izlari va megaspo-rasi) boʻr davridan pleystotsen davrigacha boʻlgan qatlamlarda uchraydi. Mas, ular Gʻarbiy Qozogʻistonda boʻr, Hindistonda eotsen, Ustyurt va Qozogʻistonda oligotsen davrlariga mansub qatlamlardan topil-gan. A. turlari azotga ega boʻlganligi tu-fayli undan tuproqning unumdorligini oshirishda foydalaniladi.[1]Azolla asosan tropik mamlakatlarning chuchuk suv havzalarida uchraydi va vatani Veytnam hisoblanadi.Biroq A.N Krishtofovichning shoxidlik berishicha,azolla qadim vaqtlarda O'rta Osiyoda ham keng tarqalgan bo'lib,uning qoldiqlari Ustyurtda ham (oligochen)topilgan.Azolla - Anabena tuzilishiga ko'ra ikki o'simlik:qirqquloq -azolla hamda uning tanasida joylashgan ko'k- yashil suvo'ti Anabena dan iborat xamjixat (simbioz) organizmdir (Lumpkin,Plucknett,1982).

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Azola&oldid=3636603" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp