Ayollar huquqlari yokixotin-qizlar huquqlarifuqaroligi, yoshi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, har birxotin-qizning ajralmashuquqlaridir[1].
Ayollar huquqlari dunyo boʻylab ayollar va qizlar uchun talab qilinadigan huquq va imtiyozlardir. Ular 19-asrdagi ayollar huquqlari harakati va 20–21-asrlar davomidagi feministik harakatlarning asosini tashkil etgan. Baʼzi mamlakatlarda bu huquqlar qonun, mahalliy anʼana va xulq-atvor tomonidan institutlashtirilgan yoki qoʻllab-quvvatlanadi, boshqa joylarda esa ular eʼtiborsiz qoldiriladi va qanoatlantirilmaydi. Ular inson huquqlari tushunchalaridan farq qiladi, chunki ular ayollar va qizlarning huquqlarini amalga oshirishga qarshi tarixiy va anʼanaviy ravishda mavjud boʻlgan notoʻgʻri qarashlar mavjudligini iddao qiladi, bu esa erkaklar va oʻgʻil bolalar foydasiga kechadi[1].
Ayollar huquqlari tushunchalari bilan bogʻliq masalalar odatda tana daxlsizligi va mustaqilligi, jinsiy zoʻravonlikdan xoli boʻlish, ovoz berish, davlat lavozimlarini egallash, qonuniy shartnomalar tuzish, oila qonunchiligida teng huquqlarga ega boʻlish, mehnat qilish, adolatli ish haqi yoki teng maosh olish, reproduktiv huquqlarga ega boʻlish, mulkka egalik qilish va taʼlim olish huquqlarini oʻz ichiga oladi[2].
QadimgiShumerda ayollar mulkni sotib olishlari, egalik qilishlari, sotishlari va meros olishlari mumkin edi[3]. Ular savdo-sotiq bilan shugʻullanib, sudda guvoh sifatida koʻrsatma berishlari ham mumkin boʻlgan[3]. Shunga qaramay, ularning erlari ayolining yengil qoidabuzarliklari uchun ham ular bilanajrashishlari[3] va ajrashgan erkak agar birinchi xotinidan farzand koʻrmagan boʻlsa, osongina boshqa ayolga uylanishi mumkin edi[3]. Shuningdek, qadimgi shumerliklarInnana singari ayol xudolarga ham ibodat qilishgan[4]:182.Akkad shoirasiEnxeduanna, Inanna ibodatxonasi rahibasi boʻlib, ismi yozib qoldirilgan eng qadimgi shoira hisoblanadi[5].
Qadimgi Misrda, ayollar qonun oldida erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega boʻlgan, ammo huquqiy imtiyozlarijtimoiy tabaqaga bogʻliq boʻlgan. Yer mulki onadan qizga oʻtib, ayollar oʻz mulklarini boshqarish singari huquqlarga ega edilar. Qadimgi Misrdagi ayollar sotib olish, sotish,huquqiy shartnomalarda hamkor boʻlish, vasiyatnomalarda ijrochi boʻlish va huquqiy hujjatlarning guvohiga aylanish, sudga daʼvo qilish va farzand asrab olish huquqiga ega boʻlganlar[6].
Ilk Veda davrida ayollar hayotning barcha sohalarida erkaklar bilanteng huquqli boʻlganlar[7][8]. Patanjali va Katyayana singari qadimgi hind tilshunoslari asarlaridan maʼlum boʻlishicha, oʻsha davrda ayollar ham taʼlim olishgan[9][10]. Rigveda misralaridan koʻrinib turibdiki, ayollar yetuk yoshda turmushga chiqishgan va ehtimol, oʻz juftlarini oʻzlari tanlash huquqiga ega boʻlishgan. Bu odat „svayamvar“ deb atalgan yoki „Gandharva nikoh“ deb nomlanuvchi birgalikda yashash munosabati shaklida boʻlgan[11].
Obro‘li afinalik ayollar kir yuvish kabi uy ishlariga jalb qilinishi kerak edi (chapda), aslida ko‘pchilik ishlagan (o‘ngda).
Qadimgi Yunonistonning shahar davlatlarida ayollarning aksariyati siyosiy va teng huquqli boʻlmasa-da, ular arxaik davrgacha maʼlum bir harakat erkinligidan foydalanganlar[12]. QadimgiDelfa,Gortin,Fessaliya,Megara vaSpartada ayollarning oʻsha paytdagi xususiy mulkning eng nufuzli shakli boʻlgan yerga egalik qilganliklari haqida ham maʼlumotlar mavjud[13]. Biroq, arxaik davrdan keyin qonun chiqaruvchilar gender segregatsiyasini taʼminlovchi qonunlarni qabul qila boshladilar, natijada ayollar huquqlari paymol qilindi[12].
↑Comments to Ashtadhyayi 3.3.21 and 4.1.14 byPatanjali
↑Majumdar, R.C.; Pusalker, A.D.. The history and culture of the Indian people, volume I, the Vedic age. Bombay: Bharatiya Vidya Bhavan, 1951 — 394-bet.OCLC500545168.