Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Avliyo Chalabiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Avliyo Chalabiy
Avliyo Chalabiy Muhammad Zalli ibn Darvish
Tavalludi25-mart1611-yil
Vafoti1682-yili
FuqaroligiTurkiya bayrogʻiTurkiya

Avliyo chalabiy (usmonli turkcha:اوليا چلبي; 1611–1682) —turkiyalik mashhursayyoh vaolim.

Istanbulda zargar oilasida dunyoga kelgan. Uarab,fors vayunontillarini,tarix,geografiya vashe’riyat ilmi (po-etika)ni chuqur egallagan. Avliyo Chalabiy birmuncha vaqtIstanbuldagiAyo Soʻfiya masjididahofizlik (qorilik) qilgan. Soʻngra sulton saroyiga xizmatga olinadi, lekin koʻp oʻtmay harbiy xizmatga joʻnatiladi. U bir necha borTurk armiyasiningAzovga (1641) vaVengriyaga (1656) qilgan yurishlarida qatnashgan.

Avliyo ChalabiyKichik Osiyo,Kurdiston,Suriya,Falastin,Mesopotamiya,Misr vaHabashistonning koʻp joylarini kezib chiqqan (1640); uJanubiy Rossiya (1665),Qrim vaKavkaz, xususan,Ozarbayjon (1644—48),Ukraina (1656—58),Bolqon yarim orol (1656, 1680) boʻylab sayohat qilgan.

Bu mamlakatlarningtarixi,iqtisodiy,siyosiy ahvoli vaxalqiningurf-odati haqidagi qimmatli ma’lumotlar olimning "Sayyohning tarixi" yokiSayohatnoma asarida keltirilgan. Bu asar tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega. Asarning qoʻlyozmalariTurkiya,Fransiya,Angliya va boshqa mamlakatlarning qoʻlyozma asarlar fondlarida saqlanmoqda."Sayohatnoma"1897—1938-yilllar orasida 10 jilddaturk tilida nashr etilgan. Uning ayrim qismlariGʻarbiy vaSharqiy Yevropa tillariga,Moldova vaUkrainaga oid qismlarirus tiliga tarjima qilinib, 1961, 1979, 1983-yillarda nashr etildi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
DovudShaxsiyat haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Avliyo_Chalabiy&oldid=5311553" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp