Austenit – temir-uglerod qotishmalarining tarkibiy tuzilmalaridan biri. uglerodning u-temirdagi qattiq eritmasi. Ingliz tadqiqotchisi R. Austen (1843–1902) nomiga qoʻyilgan. Uglerodli poʻlatlarda austenit odatda 727° dan (kritik nuqtadan) yuqori temperaturadagina barqaror boʻladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, temperatura 727° ga yetganda ferrit va sementitga, ya’ni perlitga parchalanadi. Austenitning kristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari austenit tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab oʻzgaradi va 3,63 dan 3,68 A gacha boʻladi. 1147°da u temirda eng koʻp miqdorda (2,14%) uglerod eriydi, binobarin, shu temperaturada austenit tarkibida 2,14% uglerod boʻladi. Temperatura pasaygan sari, austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamayib borib, 727°da 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq va plastikdir.[1]
Austenit (-faza) –Temir-Uglerod qotishmalaring tarkibiy tuzilmalaridan biri. Ingliz tadqiqodchisi R. Austen (1843-1902) nomiga qoʻyilgan.Uglerodli poʻlatlarda Austenit odatda 727°C dan (kritik nuqtadan) yuqoriharoratlardagina barqaror boʻladi, ammo asta-sekin sovitib borilsa, harorat 727°C ga yetgandaFerrit vasementitga, yaʻniperlitga parchalanadi. Austenitningkristall panjarasi qirralari markazlashgan kub, panjara parametrlari Austenit tarkibidagiuglerod miqdoriga qarab oʻzgaradi. 1147°Cda-temirda eng koʻp miqdorda (2,14%)uglerod eriydi, binobarin, shu haroratda Austenit tarkibida 2,14% uglerod boʻladi. Harorat pasaygan sari, Austenit tarkibidagi uglerod miqdori kamaya borib, 727°Cda 0,8% ni tashkil etadi. Austenit yumshoq vaplastikdir.