Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Asus

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asus
Turibiznes, korxona, texnologiya kompaniyasi va brend
Qachon asos solingan1-aprel1989[1]
Aylanma daromadi351 330 000[2]

AsusTek Computer Inc. (xit. 華碩電腦股份有限公司 Huáshuò Diànnǎo Gǔfèn Yǒuxiàn Gōngsī; qisqacha — ASUS[3](/eɪˈsuːs/ yoki /ɑːˈsuːs/ yoki /æˈsuːs/) — Tayvanda joylashgan kompyuter texnikalarini (tayyor mahsulotlar va ehtiyot qismilar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan transmilliy kompaniya. Asus brendiPegasus („Pegas“) soʻzidan kelib chiqqan. Qimmatli qogʻozlar kotirovkalari: NASDAQ: AKCPF.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1989-yil — markaziy platalarni (ona plata) ishlab chiqarishni boshladi.2002-yil — ASRock shoʻba kompaniyasiga asos solindi.2003-yil sentyabr/oktyabr — J100 mobil telefoni ishlab chiqarildi.2005-yil sentyabr — birinchi PhysX video tezlatgichi chiqarildi (u „Ageia“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va NVIDIAʼga sotilgan).2005-yil dekabr — TLW32001 modei bilan LCD televizor bozoriga kirdi. Mahsulot faqat Tayvan bozorida mavjud.2006-yil yanvar — VX seriyasini ishlab chiqish uchun Lamborghini bilan hamkorlikni eʼlon qildi.2006-yil 9 mart — ASUS Samsung va Founder bilan birgalikda oʻzini ilk Ultra-Mobile kompyuter modellari ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida eʼlon qildi.2007-yil 5-iyun — COMPUTEX Taybey 2007 da Eee shaxsiy kompyuteri eʼlon qilindi.2007-yil 9-sentyabr — kompyuter uchun BC-1205PT BD-ROM/DVD drayveri chiqarildi.2007-yil 31-oktyabr — Buyuk Britaniy bozoriga moʻljallangan PDA-smartfonlari ishlab chiqarildi.2008-yil 3-yanvar — ASUSTeK bosh kompaniyasi hamda Pegatron va Unihan shoʻba korxonalariga boʻlinib, qayta shakllantirildi.2009-yil 4-fevral — Garmin va ASUS oʻrtasida LBS xizmatlariga yoʻnaltirilgan mobil telefonlarni birgalikda ishlab chiqish uchun Garmin-Asus alliance tuzildi..[4]

2021-yil 13-may — Kompaniya ikkita yangi flagman smartfonlarini taqdim etdi — asosiy model Zenfone 8 va Zenfone 8 Flip.

Asusning AQShdagi bosh qarorgohi Kaliforniya shtatining Fremont shahrida.
Gonkongdagi Asus doʻkoni

Ishlab chiqariladigan mahsulotlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, nettoplar, Internet planshetlari;[5]
  • Kompyuter komponentlari: markaziy platalar, grafik kartalar, ovoz kartalari, optik disklar, sovutgichlar;
  • Tashqi kompyuter qurilmalari: monitorlar; tashqi xotira va optik disklar; sichqonchalar;
  • Mobil telefonlar, smartfonlar;
  • Asus routerlari.

Asus, shuningdek, Sony (PlayStation 2),Apple Inc kabi boshqa korporatsiyalar mahsulotlari uchun turli komponentlarni ishlab chiqaradi. 2010-yilgacha (iPod, iPod Shuffle, MacBook), Alienware, Falcon Northwest, Palm, Inc., HP va boshqa koʻplab uskunalar ishlab chiqaruvchilar oʻz tizimlarida ASUS markaziy platalaridan foydalangan (2008-yildan buyon bu mahsulotlarning barchasi Pegatron Corporation ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanmoqda).

2017-yil 3-noyabr kuni Asus oʻzining 18:9 displeyli birinchi smartfoni Pegasus 4S ni chiqarganini eʼlon qildi.

  • ASUS ZenFone
    ASUS ZenFone
  • Asus Nvidia GeForce GTX 1080 grafik kartasi
    Asus Nvidia GeForce GTX 1080 grafik kartasi
  • Asus x21 ultrabuk
    Asus x21 ultrabuk
  • Asus anakarti
    Asus anakarti

Markaziy platalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Asus markaziy platalarni nomlash uchun"shifr" tizimidan foydalanadi. Masalan, Asus P5K Deluxe/WiFi-AP nomida birinchi qism (P5K) soket turini (P5 soket 775 ga mos keladi) va foydalanilgan chipsetni (K Intel P35/G33 degan maʼnoni anglatadi), ikkinchisi (Deluxe/WiFi-AP)ni ona plata Deluxe seriyasiga tegishli ekanligini anglatadi; shuningdek, plata qoʻshimcha ravishda WiFi moduli bilan jihozlanganligiga ishora mavjud.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. Chto takoe ASUS?
  4. Open Handset Alliance announces 14 new members
  5. ASUS VX1 LAMBORGHINI
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Asus&oldid=4191455" dan olindi
Turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp