Arafot —Makkadan 20 km uzoqlikda joylashgan, 11 — 12 km va kengligi 6,5 km boʻlganvodiy.Shimoliy tomondantogʻ tepaligi bilan oʻralgan, bu tepalik ham Arofat deyiladi.Qurbonoyi (Zilhijja oyi)ning 9-kuni, yaʼniarafa kunihojilar shu tepalikka chiqib, toQuyosh botgunga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻladilar.Islommanbalaridagirivoyatga koʻra,Ibrohim (as)gaJabroil shu tepalikni koʻrsatib: „Shu joy — Arafotdir, bilib oling,haj arkonlari shu yerda kamoliga yetadi, shu yerdagunohlaringizni eʼtirof etasiz“, deganlar. Boshqa bir rivoyatdaOdam Ato bilanMomo Havvojannatdan chiqarib yuborilganlaridan keyin bir-birlari bilan shu yerda uchrashganlar, deyiladi. Arofat tepaligida bir baland joy borki, u yerni „jabali rahma“, yaʼni „rahmat togʻi“ deyiladi.Muhammad (s.a.v)vafotlaridan 81 kun oldin,hijratning 10-yiliMadinadan hajga kelib, arafa kuni shu tepalikka chiqqanlar va oqtuyalarini choʻktirib, uning ustida turib „Vidolashuv vaʼz“larini aytganlar. Shu sababli bu joy uzoqdan koʻrinib turishligi uchunustun shaklida koʻtarilib, oqqa boʻyab qoʻyilgan.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil