Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Antonín Dvořák

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Antonin Dvoryak

Dvořák 1882-yilda
Tavalludi8-sentyabr1841[1][2][3][4][5]
Vafoti1-may1904[1][6][2][3][4][5]
Praga,Avstriya-Vengriya
FuqaroligiKingdom of Bohemia va Cisleithania
Mashhur ishlariAntonín Dvořák kompozitsiyalari ro'yxati
OtasiFrantišek Dvořák
OnasiAnna Dvořáková

Antonín Dvořák (talaffuzi: Antonin Dvorjak; 1841.8.9,Praga yaqinidagiNelagozeves qishlogʻi — 1904.1.5,Praga) — chex kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya fan va sanʼat akademiyasining aʼzosi (1890), Praga konservatoriyasining professor (1891) va direktori (1901-yildan). Nyu-Yorkdagi milliy konservatoriya direktori (1892—95). Dvořák merosida 10 opera (1870—1903), 9 simfoniya (1865— 93),simfonik poemalar, bir nechta kamer va xor asarlari mavjud. Vokalsimfonik ijodida "Avliyo Lyudmila" oratoriyasi (1886), "Madhiya"kantatasi (1873) alohida oʻrin tutadi. "Yangi dunyodan" nomli 9-simfoniyasi (1893)da Dvořák Yevropa simfonizm" anʼanalarini yangi — chex va Amerika xalqlari kuy va usullari bilan boyitdi. Dvořák ijodi chex mumtozkompozitorlik ijodiyotining eng yuqori choʻqqisidir. Yorqin milliy ruh bilan sugʻorilgan, xilma-xil kuy varitmlarga boy Dvořák musiqasi oʻzining hayotbaxshligi, romantik joʻshqinligi bilan ajralib turadi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. 1,01,1(unspecified title)
  2. 2,02,1(unspecified title)
  3. 3,03,1(unspecified title)
  4. 4,04,1(unspecified title)
  5. 5,05,1(unspecified title)
  6. (unspecified title)

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Antonín_Dvořák&oldid=5098586" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp