Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Antlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Antlar — slavyan qabilalari ittifoqining VI - VII asr boshida Vizan-tiya va got tarixchilari asarlaridagi qadimgi nomi. „Ant“ soʻzi birinchi marta III asrga oid Kerch hujjatlarida tilga olinadi. A. Dnestr va Dnepr daryolari oraligʻida yashagan. IV -VIII asrlarda A.da chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik (kulolchilik, zargarlik, toʻqimachilik va temirchilik) ancha rivojlangan; hunarmandchilik mahsulotlari, asosan, ichki va tashqi savdo uchun tayyorlangan. Aning qadimgi madaniyati fanda „Chernyaxovskaya madaniyati“ nomi bilan yuritiladi. Ijtimoiy tuzumi — harbiy demokratiya. Gotlar, Vizantiya va avarlarga qarshi urush olib borganlar. A. Rim imperiyasi bilan savdo-sotiq qilgan. Arxeologik qazilmalarda Rimda yasalgan kumush tangalar, shisha, metall va sopol idishlar hamda zeb-ziynatlar uchraydi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Antlar&oldid=5377129" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp