Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Anssi Jaakkola

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anssi Jaakkola
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAnssi Valtteri Jaakkola[1]
Tavallud sanasi13-mart1987-yil (1987-03-13) (38 yosh)
Tavallud joyiKemi, Finlandiya
Boʻyi1.93 m[2]
AmpluasiDarvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bristol Rovers
Raqami32
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2003FC-88
2003—2004TP-47
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2004—2006TP-4717(0)
2007—2010Siena1(0)
2009Colligiana (ijara)7(0)
2010—2011Slavia Prague2(0)
2011—2013Kilmarnock14(0)
2013—2016Ajax Cape Town78(0)
2016—2019Reading20(0)
2019—2023Bristol Rovers46(0)
Milliy terma jamoa
2007—2009Finlandiya 21 yoshgacha11(0)
2011—2021Finlandiya3(0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-fevral 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-iyun 2021-yil (utc) uchun)

Anssi Valtteri Jaakkola (talaffuzi: Anssi Valtteri Yaakkola; 1987-yil 13-martda tugʻilgan) – finlandiyalik sobiq professionalfutbolchi. U oxirgi marta EFL Ikkinchi ligasi klubiBristol Rovers vaFinlandiya terma jamoasidadarvozabon sifatida oʻynagan[3]. HozirdaSouthend United klubida darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Jaakkola Kemi shahrida tugʻilgan. U kattalar klubidagi faoliyatini 2004-yilda, 17 yoshida TP-47 klubida boshlagan va 2007-yildaSerie Aning Siena klubi bilan shartnoma imzolagan[4].

Jaakkola Finlandiya terma jamoasi safida 2011-yilning iyun oyida, 24 yoshida debyut qilgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Jaakkola dastlab TP-47 va FC-88 jamoalarida oʻynagan. 2007-yil yanvar oyida uSerie A vakiliSiena bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Jaakkola Serie Adagi debyutini 2007—2008-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida Dimitrios Eleftheropoulosning oʻrniga maydonga tushgan holda amalga oshirdi vaPalermo bilan 2:2 hisobida kechgan ushbu uchrashuvda jamoasi bilan durang natija qayd etdi. 2009-yilda u Lega Pro Seconda Divisionedagi V. F. Colligiana klubiga ijaraga berildi. Jaakkola 2010-yilning iyul oyida Slavia Prague klubiga tekinga oʻtdi va u bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5].

Kilmarnock

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2011-yil yanvar oyida Jaakkola Slaviani tark etib, Shotlandiya Premyer-ligasiningKilmarnock klubiga oʻtdi. Ushbu klubning menejeri fin millatiga mansub Mixu Paatelainen edi[6]. Jaakkola 12-fevral kuniHibernian jamoasiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib klubdagi debyutini amalga oshirdi. 2013-yilning yozida shartnomasi muddati tugagach, Kilmarnockni tark etdi.

Ajax Cape Town

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Jaakkola 2013-yil avgust oyida Janubiy Afrika Premyer-ligasidagi Ajax Cape Town klubiga qoʻshildi[7]. Premyer-ligadagi debyutini u 2013-yilning 22-sentyabrida, Polokwane klubiga qarshi oʻyinning 57-daqiqasida Brandon Peterson oʻrniga maydonga tushib oʻtkazdi[8].

Reading

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2016-yilning 11-iyulida JaakkolaReading klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. U Readingdagi debyutini 2016-yilning 8-avgustida oʻtkazdi va klubning Plymouth Argyle jamoasiga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan ushbu oʻyinida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi[10]. 2018—2019-yilgi mavsum oxirida Reading jamoasi bilan shartnomasi bekor qilindi[11].

Bristol Rovers

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Reading bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Jaakkola Birinchi liga vakiliBristol Roversga qoʻshildi[12]. Jaakola Rovers safidagi debyut mavsumida 20 tadan ortiq oʻyin oʻtkazdi, ammo uning mavsumi Yangi yil kunidagi Milton Keynes Donsga qarshi oʻyinda olgan jarohati tufayli muddatidan oldin yakunlandi. Mavsumi qisqartirilganidan soʻng, u klub bilan 2020-yil 3-iyulda 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha davom etadigan, yana bir yilga choʻzish imkoniyatiga ega boʻlgan yangi shartnomani imzoladi[13]. 2020-yil 8-dekabrda Jaakkola Leyton Orientga qarshi EFL kubogi oʻyinida Axilles payidan olgan jarohati tufayli maydonni tark etishga majbur boʻldi. Dastlab u bir necha hafta davomidagina musobaqalarda ishtirok eta olmasligi kutilgan edi[14], biroq 2021-yil fevral oyiga kelib ham u jamoasi safiga qaytmagan edi. Shu paytda yangi bosh murabbiyJoey Barton Jaakkolaning oʻyinlarga qaytishiga „taxminan bir hafta qolgani“ haqida maʼlumot berdi[15]. Futbolchi 2021-yil 27-martda, oʻz maydonida Sunderlandga qarshi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda jamoasi safiga qaytdi. Bu paytda Rovers pastki ligaga tushib qolishga qarshi kurashni davom ettirayotgan edi[16].

Jaakkola 2021—2022-yilgi mavsum Ikkinchi ligasining dastlabki ikkita oʻyinida maydonga tushdi, biroq Axilles payidagi jarohatining qaytalanishi uni yana maydondan chiqishga majbur qildi. Sentyabr oyi boshlarida murabbiy Barton Jaakkolaning yana bir hafta davomida oʻynay olmasligini taxmin qilgan boʻlsa-da[17], futbolchining Axilles payiga ukol qilish zaruriyati tugʻildi. Oktyabr oyiga kelib, jarohatning toʻliq tuzalishiga imkon berish va muammoni butunlay bartaraf etish maqsadida, Jaakkolaning noyabr oyigacha jamoa safidan chiqish ehtimoli yuqori ekanligi maʼlum boʻldi[18]. U yoʻqligida ajoyib oʻyin koʻrsatgan James Belshaw tufayli Jaakkola jarohatdan sogʻayib qaytgach, maydonga zaxira oʻrindigʻida tushishiga toʻgʻri keldi. Biroq, yanvar oyi oxirida Belshaw biroz lat yegach, u asosiy tarkibga qaytish imkoniyatiga ega boʻldi[19]. Rovers 2021—2022-yilgi mavsum oxirida Birinchi ligaga koʻtarilganidan soʻng[20], darvozabonlar murabbiyiTony Warner Jaakkolaning sobiq klubi, Readingga oʻtib ketdi va Jaakkola mavsum oldidan darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yurita boshladi[21].

Xalqaro faoliyati

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2010-yil 30-avgustda Jaakkola jarohat olganPeter Enckelman oʻrnigaFinlandiya terma jamoasinining Yevropa chempionati saralash bosqichidagi Moldova vaGollandiyaga qarshi oʻyinlarida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Biroq, u hech qaysi oʻyinda maydonga tushmadi. Jaakkola 2011-yil 7-iyun kuni Shvetsiyaga qarshi kechgan oʻyinda terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi va u 5 ta golni oʻtkazib yuborgach, Finlandiya 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

2021-yilning may oyida Jaakkola kechiktirilganUEFA Euro 2020 chempionatida qatnashadigan terma jamoaning 26 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritildi[22]. Jaakkola UEFA Euro 2020 turnirida Finlandiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, biroqLukas Hradeckyning zaxira oʻyinchisi sifatida maydon yuzini koʻrmagan. 2021-yil 21-iyun kuni Belgiyaga 0:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng Finlandiya terma jamoasi chempionatning „B“ guruhida 3-oʻrinni egallagan[23].

Faoliyat statistikasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Klub

[tahrir |manbasini tahrirlash]
2022-yil 19-yanvar holatiga koʻra:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJami
DivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
TP-472005[24]Veikkausliiga300030
2006[24]Ykkönen14000140
Jami17000170
Siena2006—2007[24]Serie A000000
2007—2008[24]Serie A100010
2008—2009[24]Serie A000000
2009—2010[24]Serie A000000
Jami100010
Colligiana (ijara)2008—2009Lega Pro Seconda Divisione700070
Slavia Prague2010—2011[24]Chexiya Birinchi ligasi202040
Kilmarnock2010—2011[25]Shotlandiya Premyer-ligasi80000080
2011—2012[26]Shotlandiya Premyer-ligasi50001060
2012—2013[27]Shotlandiya Premyer-ligasi00000000
Jami1300010140
Ajax Cape Town2013—2014[24]Janubiy Afrika Premyer-divizioni2400010250
2014—2015[24]Janubiy Afrika Premyer-divizioni2804020340
2015—2016[24]Janubiy Afrika Premyer-divizioni260101040320
Jami780504040910
Reading2016—2017[28]Chempionat00003030
2017—2018[29]Chempionat503030110
2018—2019[30]Chempionat1501000160
Jami2004060300
Reading U232016—2017[28]3030
Bristol Rovers2019—2020[31]Birinchi liga210302000260
2020—2021[32]Birinchi liga210200010240
2021—2022[33]Ikkinchi liga2000000020
Jami440502010520
Faoliyati jami1820160130802190

Xalqaro

[tahrir |manbasini tahrirlash]
2018-yil 26-mart holatiga koʻra:
Milliy terma jamoaYilRaqobatbardoshDoʻstonaJami
IshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Finlandiya2011-yil100010
2017-yil001010
2018-yil001010
Jami102030

Yutuqlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Klub

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Kilmarnock[24]

  • Shotlandiya liga kubogi: 2011—2012;

Ajax Cape Town[24]

  • MTN 8: 2015

Bristol Rovers

  • EFL Ikkinchi ligasi uchinchi oʻrin: 2021—2022[20]

Individual

Shaxsiy hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Jaakkolaning ikki qiz va bir oʻgʻil farzandi bor. Uning rafiqasi shotland millatiga mansub.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Retained List 2016–17“. English Football League. Qaraldi: 13-iyun 2017-yil.
  2. „Anssi Jaakkola“. Bristol Rovers F.C.. 2019-yil 23-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2022-yil.
  3. „Anssi Jaakkola“ (fincha). Suomen Palloliitto. 2021-yil 8-mayda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  4. „Anssi Jaakkola TP-47:stä ammattilaiseksi Italiaan“ (fincha). Kaleva (12-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2020-yil.
  5. (chexcha)Anssi Jaakkola slávistou (Wayback Machine saytida 2010-07-18 sanasidaarxivlangan) atSlavia Prague website
  6. „Kilmarnock add Finnish goalkeeper“ (inglizcha) (2011). Qaraldi: 18-may 2018-yil.
  7. „New Faces at Ajax“. SoccerLaduma (29-avgust 2013-yil). 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  8. „Polokwane win first PSL match“. news24 (22-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
  9. „Jaakkola joins Royals ranks“. readingfc.co.uk. Reading F.C.. Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
  10. „Reading 2–0 Plymouth“. readingfc.co.uk. Reading F.C. (8-avgust 2016-yil). 2016-yil 17-avgustda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2016-yil.
  11. „Paul McShane: Reading defender released by the Championship club“. BBC Sport (10-may 2019-yil). Qaraldi: 10-may 2019-yil.
  12. „Anssi Jaakkola: Bristol Rovers sign goalkeeper following his Reading release“ (inglizcha) (1-iyul 2019-yil). Qaraldi: 22-iyul 2019-yil.
  13. „Anssi Jaakkola Agrees Contract Extension“. www.bristolrovers.co.uk (3-iyul 2020-yil). 2022-yil 13-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2020-yil.
  14. „Bristol Rovers dealt Anssi Jaakkola injury blow with keeper set to miss several games“. Bristol Post (27-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  15. „Joey Barton delivers Anssi Jaakkola injury update but Brandon Hanlan is big doubt for Shrewsbury“. Bristol Post (26-fevral 2021-yil). Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  16. „Bristol Rovers 0–1 Sunderland“. BBC Sport (27-mart 2021-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  17. Frost. „Joey Barton reveals Anssi Jaakkola injury news and when Bristol Rovers' new signings will play“. Bristol Post (3-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
  18. Frost. „Bristol Rovers injury report: Joey Barton gives latest on Grant, Hughes, Jaakkola and more“. Bristol Post (15-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2021-yil.
  19. Frost. „Joey Barton clarifies Bristol Rovers goalkeeping situation for Sutton United amid injury fears“. Bristol Post (3-fevral 2022-yil).
  20. 20,020,1„Bristol Rovers go up after extraordinary 7–0 win“. BBC Sport (7-may 2022-yil). Qaraldi: 9-may 2022-yil.
  21. Frost. „Joey Barton gives update on Bristol Rovers' goalkeeping coach situation as Jaakkola steps up“. Bristol Post (13-iyul 2022-yil). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  22. „Finland Euro 2020 squad: star player, manager and past records“. www.fourfourtwo.com (19-may 2021-yil). Qaraldi: 21-may 2021-yil.
  23. „Belgium win to push Finland into third“ (inglizcha).BBC Sport. Qaraldi: 21-iyun 2021-yil.
  24. 24,0024,0124,0224,0324,0424,0524,0624,0724,0824,0924,1024,11„A. Jaakkola: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
  25. „Games played by Anssi Jaakkola in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
  26. „Games played by Anssi Jaakkola in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
  27. „Games played by Anssi Jaakkola in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
  28. 28,028,1„Games played by Anssi Jaakkola in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
  29. „Games played by Anssi Jaakkola in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
  30. „Games played by Anssi Jaakkola in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
  31. „Games played by Anssi Jaakkola in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-yanvar 2020-yil.
  32. „Games played by Anssi Jaakkola in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  33. „Games played by Anssi Jaakkola in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-sentabr 2021-yil.
  34. „Anssi Jaakkola named Ajax Cape Town Player of the Year“. Ajax Cape Town (2014-yil 15-may). Qaraldi: 2023-yil 5-may.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Anssi_Jaakkola&oldid=5332353" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp