| Android Studio | |
| Muallif | |
|---|---|
| Chiqarilgan sana | 2014-yil |
| So‘nggi versiyasi | 2021.2.1 (Chipmunk) (9-may, 2022-yil) |
| Operatsion tizim | Microsoft Windows,Chrome OS,macOS vaLinux |
| Status | faol |
| Vebsayt: | developer.android.com/studio |
Android Studio — 2013-yil 16-mayda Google I/O konferensiyasida eʼlon qilingan bo‘lib, uAndroid platformasi bilan ishlash uchun moʻljallangan dasturlash muhiti (IDE).
Ushbu dasturlash muhitining ilk 0.1-talqini 2013-yil may oyida eʼlon qilingan. 2014-yilda eʼlon qilingan 0.8-talqindan boshlab beta-test koʻrinishida taqdim etildi. Birinchi barqaror versiya 1.0 2014-yil dekabr oyida chiqarildi, shu bilan birgaEclipse uchun Android Development Tools (ADT) plaginini qoʻllab-quvvatlash tugatildi.
JetBrains kompaniyasiningIntelliJ IDEA dasturiga asoslangan Android Studio rasmiyAndroid ilovalarini ishlab chiqish vositasidir[1] Ushbu ishlab chiqish muhitiWindows,macOS vaGNU/Linux uchun mavjud[2] 2017-yil 17-mayda yillik Google I/O konferensiyasida GoogleJava vaC++’dan tashqari Android platformasi uchun rasmiy dasturlash tili sifatida Android Studioʻda qoʻllaniladiganKotlin tilini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.
Fayllarni avtomatik saqlashni butunlay oʻchirib qoʻyish imkoniyati yoʻq. Bu ishlab chiquvchilarning asosiy muqobil boʻlmagan pozitsiyasidir. Ishlab chiqaruvchilar bu usul dasturchilar uchun qulay boʻladi degan fikrga kelishgan[3]
Dasturning yangi talqini ishlab chiqilishi bilan uning imkoniyatlari kengaytirib boriladi. Bugungi kunda qiyidagi imkoniyatlar mavjud[4]:
Quyida dasturning asosiy talqinlari roʻyxati keltirilgan:[7]
| Talqin | Taqdimot vaqti |
|---|---|
| 1.0 | 2014-yil Dekabr |
| 1.1 | 2015-il Fevral |
| 1.2 | 2015-yil Aprel |
| 1.3 | 2015-yil Iyul |
| 1.4 | 2015-yil Sentabr |
| 1.5 | 2015-yil Noyabr |
| 2.0 | 2016-yil Aprel |
| 2.1 | 2016-yil Aprel |
| 2.2 | 2016-yil Sentabr |
| 2.3 | 2017-yil Mart |
| 3.0 | 2017-yil Oktabr |
| 3.1 | 2018-yil Mart |
| 3.2 | 2018-yil Sentabr |
| 3.3 | 2019-yil Yanvar |
| 3.4 | 2019-yil Aprel[8] |
| 3.5 | 2019-yil Avgust |
| 3.6 | 2020-yil Fevral |
| 4.0 | 2020-yil May |
| 4.1 | 2020-yil Oktabr[9] |
| 4.2 | 2021-yil May[10] |
| Arctic Fox (2020.3.1) | 2021-yil Iyul[11] |
| Bumblebee (2021.1.1) | 2022-yil Yanvar[12] |
| Chipmunk (2021.2.1) | 2022-yil May[13] |
| Dolphin (2021.3.1) | TBD |
| Windows | OS X | Linux | |
|---|---|---|---|
| OT talqini | Microsoft Windows11/10/8/7/Vista (32 ili 64-bit) | Apple macOS10.8.5 yoki yuqori,10.13 (High Sierra)/10.14 (Mojave) gacha | GNOMEyokiKDE |
| Operativ xotira | 4 GB (minimum), 8 GB (tavsiya etiladi); +3 GB Android Emulator uchun | ||
| Diskdagi boʻsh joy | 4 GB (minimum) (1,5 GB IDE + 2,5 GBAndroid SDK uchun), 8 GB SSD (tavsiya etiladi) | ||
| JDK talqini | Java Development Kit 8 | ||
| Ekran | 1280 x 800 (minimum) | ||
| Qoʻshimcha | — | Java Runtime Environment (JRE) 6 | GNU C Library (glibc) 2.15 yoki yuqori |
Quyidagi talablar IED + Android SDK + Android Emulat talablarini oʻz ichiga oladi.
x86_64 protsessor arxitekturasi; 2-avlod Intel Core yoki undan yangiroq, yoki Windows Hypervisor-ni qoʻllab-quvvatlaydigan AMD CPU;
Flutter freymvorkidan foydalangan holda dasturiy tʼaminot ishlab chiqaruvchi dasturchilar uchun ham Android Studio tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan.