Toshkent mozaikalari —Oʻzbekiston poytaxtiToshkent shahrida 1960—1980-yillar oraligʻida barpo etilgan monumental mozaika sanʼati namunalari. Mazkur mozaikalar madaniy meros obyekti sanalad Bu mozaikalar shaharning sovet modernizmi ruhida qayta qurilishi jarayonida, ayniqsa,1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin boshlangan keng qamrovli arxitektura va bezak sanʼati dasturlari doirasida vujudga kelgan. Asosan XX asrning 60-yillari oxiridaToshkent shahridagi yangi turarjoy majmualarining devorlariga terib chiqilgan. Mozaikalarning yaratilishi, bir tomondan, shaharga zamonaviy qiyofa berish, ikkinchi tomondan esa mehnat, xalqlar doʻstligi, tinchlik va ilm-fan rivoji kabi ideologiyalarni targʻib qilishga qaratilgan.Sovet Ittifoqi ommaviy monumental mozaikani badiiy mahorat va gʻoyalarni yetkazishning mukammal kombinatsiyasi sifatida koʻrgan. Badiiy ijod erkinligiga cheklovlar mavjud boʻlgan boʻlsa-da, koʻplab rassomlar ushbu sharoitda ham oʻziga xos individual uslublar yaratishga muvaffaq boʻlishgan. (Davomi...)