Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Alplar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alplar (fazodan olingan surat)

Alplar yokiAlp togʻlariYevropadagi katta togʻ tizmalaridan biri boʻlib, uzunligi taxminan 1200 km, sharqdaAvstriya vaSloveniyada boshlanib, gʻarbdaShveysariya,Lixtenshteyn,Olmoniya,Fransiya, janubda esaItaliya vaMonakogacha choʻzilgan[1]. Alplar yuzlab million yil davomida Afrika va Yevrosiyotektonik plitalari toʻqnashuvi ketidan paydo boʻlgan; bu hodisa sabab yuzaga kelgan ulkan bosim natijasida okeansedimentatsiyasi koʻtarilib,Mont Blanc vaMatterhorn kabi togʻ choʻqqilarigacha chiqqan. Mont Blanc fransuz-italyan chegarasida joylashgan, uning balandligi 4810,45 m boʻlib, Alplardagi eng yuksak togʻdir. Alplar mintaqasida 4000 metrdan tepa juda koʻp choʻqqilar bor.

Alplar tizmasi balandligi va oʻlchamlari Yevropaiqlimiga taʼsir etadi; togʻlarda yogʻin miqdori keskin farqlanib, iqlim sharoitlari turli hududlarda turlicha. Yovvoyi hayvonlar (masalantogʻ echkilari) 3400 metr balandlikkacha tarqalgan,edelveys kabi oʻsimliklar ayniqsa toshli hududlarda tarqalgan. Alplardaodamlarpaleolit davridayoq istiqomat qilishgan. 1991-yili Avstriya-Italiya chegarasidagimuzlikda topilgamoʻmiyolangan qoldiqlar bundan 5000-yil oldin yashagan odamga tegishli ekanligi aniqlangan.Qadimgi Rimliklar Alplarda manzilgohlar qurishgan.1800-yiliNapoleon tizmani 40 ming kishilik qoʻshini bilan kechib oʻtgan. XVIII-XIX asrlarda Alplardaalpinizm avj oldi.Ikkinchi jahon urushidaUchinchi Reyx Alp mamlakatlarini bosib oldi (Shveysariya va Lixtenshteyndan tashqari);Adolf Hitler Bavariya Alplaridaqarorgoh ham qurdirgan.

Alp qishloqlarida haligacha anʼanaviy qishloq xoʻjaligi (masalan,pishloq tayyorlash,yogʻoch oʻymakorlik) saqlanib qolgan.Turizm ham mintaqada rivojlangan.Qishki Olimpiya Oʻyinlari Shveysaria, Fransiya, Italiya va Avstriya Alplarida oʻtkazilgan. Ayni damda mintaqada 14 million nafar aholi istiqomat qiladi, yiliga 120 million sayyoh kelib-ketadi[2].

Alplarpanoramasi.


Alp togʻlari — Gʻarbiy Yevropada, Italiya, Shveysariya, Fransiya, Germa-niya, Avstriya, Sloveniya va Lixtenshteyn hududida joylashgan togʻlar tizimi. Yer poʻstining uchlamchi davr mobaynida roʻy bergan qudratli Alp burmalanishi natijasida vujudga kelgan. Alplar bir-birlaridan past dovonlar orqali ajralib turgan togʻlarning murakkab tizimidan iborat.Qariyb 1200 km, kengligi 50-260 km. Eng yirik dovonlari — Simplon (2005 m), Sen-Gotard (2108 m), Brenner (1371 m) va boshqa Togʻlar yoʻnalishiga koʻndalang joylashgan chuqur soylik (Boden koʻlidan Komo koʻligacha) Alp togʻlarini gʻarbiy va sharqiy qismlariga ajratib turadi. Alplarning eng baland qismlarida muzliklar hamda muzlik hosil qilgan relef shakllari koʻp. Sharkiy Alplar (4049 m, Bernin togʻi) Gʻarbiy Alplar (4807 m, Monblan togʻi)dan pastroq. Ular ham ayrim taz-malarga boʻlinib kettan. Alplar etaklarida ohaktosh, dolomitlar keng tarqalgan, karst rivojlangan. Togʻ etaklarida iqlim moʻ’tadil, togʻ tepalarida doimiy qor va muzliklar bor, iqlimi ham sovuq. Muzliklarning umumiy maydoni 4140 km². Muzliklar va abadiy qorlarning quyi chegarasi 2500- 3200 m balandlikda. Eng koʻp yogʻin shimoliy va janubiy yon bagʻirlariga 376tushadi (2000- 3000 mm). Alplar dan oqib tushadigan daryolar (Reyn, Rona, Drava, Adije va boshqalar) sersuv, serostona, gidroenergiya zaxiralariga boy. Manzarali koʻl koʻp: Jeneva, Syurix, Boden, Lago-Majore va boshqa Tabiiy oʻsimlik turlari balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Togʻ etagidan 800 m balandlikkacha mada-niy landshaftlar, 1200 m balandliklarda keng bargli oʻrmonlar, 1300-1700 m balandliklarda igna bargli oʻrmonlar oʻsadi. 2600 m dan 3200 m gacha oraliklar subalp butazorlari, oʻtloqlar bilan band. Togʻ tizmalarida tunnellar qazilib, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtkazilgan. Alpinizm va turizm rivojlangan.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Alpine Convention“ (Wayback Machine saytida 2011-07-29 sanasidaarxivlangan).Alpine Conferences. Retrieved 3-avgust 2012-yil
  2. Chatré, Baptiste, et. al. (2010), 8
Wikimedia CommonsdaAlplar mavzusiga oid fayllar bor.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



GeografiyaGeografiyaga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Alplar&oldid=4936038" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp