Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Aloha minorasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aloha minorasi
inglizcha:Aloha Tower

Aloha minorasi. 1959-yil
Umumiy maʼlumot
ShaharGonolulu (Hawaii)
MamlakatAQSH
Aloha minorasi

Aloha minorasi (inglizcha:Aloha Tower) —AQShningHawaii shtatidagi tarixiy ahamiyatga ega binolardan bo’lgan ko’hna mayoq[1][2]. 1926-yil 11-sentabrda ochilib, o’shanda astronomik narxi 160.000$ bo’lgan[3]. Aloha minorasiGonolulu bandargohining 9-ko’rfazida joylashgan. U Gonolulu shahriga keladigan kemalar uchun yo’l ko’rsatuvchi mayoq vazifasini bajargan va yana shu faoliyatini davom etib kelyapti. XuddiOzodlik haykali yuz minglab muhojirlarni har yiliNew Yorkda qarshi olganidek, Aloha minorasi ham Gonoluluga yuz-minglab muhojirlarni qarshi oldi. 10 qavatli 184 fut (56 m.) balandlikda 40 futli (12 m.) bayroq ustun bilan qoplangan bo’lib, 40 yildan beri Aloha minorasi Gavayidagi eng baland inshoot hisoblanadi[3]. U Gavayichagotik arxitektura uslubida qurilgan.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Marvarid bandargohiga hujum

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1941-yil 7-dekabr kuni Marvarid bandargohiga hujum boshlanganida, USCGC Taney (WHEC-37) sohil qo’riqchilariga Aloha minorasi atrofida mudofaa holatini egallash va uni istilo qilishdan himoyalash buyurilgan. Aloha minorasi tunda ko’rinmasligi uchun kamuflyaj rangiga bo’yalgan.

Qayta yuksalish

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1981-yilda Hawaii gubernatori va Hawaii shtat tadbirkorlik, iqtisodiy yuksalish va turizm departamenti birgalikda Aloha minorasini rivojlantirish birlashmasiga asos solishgan. Bu davlat birlashmasiga Gonolulu bandargohida joylashgan davlat tijorat savdo sanoatiga foyda keltirish uchun Aloha minorasi atrofidagi yerlarni o’zlashtirish va shu bilan birgalikda Hawaii aholisiga shahar markazidagi qirg’oqqa kirish imkoniyatini kengaytirish vazifasi yuklatilgan.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „History“. Aloha Tower Marketplace. 2022-yil 30-martda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
  2. „The Story of Honolulu's Historic Aloha Tower“. Air to Hawaii (11-fevral 2016-yil). Qaraldi: 19-iyun 2020-yil.
  3. 3,03,1Foster, Jeanette. Frommer's Honolulu, Waikiki and Oahu. John Wiley & Sons, 3-aprel 2012-yil — 196-bet.ISBN 978-1-118-07465-7. Qaraldi: 29-aprel 2012-yil. 
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Aloha_minorasi&oldid=3817063" dan olindi
Turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp