Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Alaska

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alyaska
Alaska
Shtat
Alyaska bayrogʻiAlyaska tamgʻasi
Alyaska bayrogʻiAlyaska tamgʻasi

Shtat laqabi: Oxirgi Chegara
(Last Frontier)

MamlakatAQSH bayrogʻiAQSh
Poytaxt[[Juno]]
Eng yirik shaharlarAnkorij
[[Juno]]
[[Ferbanks]]
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: -oʻrinda

1,717,854 km²
13.77 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: -oʻrinda

663,661
0.42 kishi/km²


3

YIM

   •YIM
   •YIM/kishi

AQSh: -oʻrinda

$34,023 million
$51,726

Ittifoqqa kirish

   • Sana

-boʻlib
VaqtUTC-9 (AKST) / -10 (HST)
QisqartmaAL [1]
Shtat guliForget-me-not

(Myosotis alpestris)

Shtat daraxtiSitka Spruce

(Picea sitchensis)

Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang:Alyaska (maʼnolari).

Alyaska (Alaska) –Tinch okeanningShimoliy Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi keng qoʻltiq. Alyaska yarim oroli bilanShimoliy Amerika materigi oraligʻida. Sathi 384 ming km². Chuqurligi 4929 m gacha mavjud. Suv koʻtarilishi 12 m gacha davom etadi. AlyaskadaKadyak vaAleksandr arxipelagi,Qirolicha Sharlotta orollari joylashgan. AlyaskadagiBaranov orolda rus geografiF. P. Litke1840-yildaTinch okeanda birinchi dengiz rasadxonasini ochgan. Baliq ovlanadi. Asosiy portlari –Syuard,Prins-Rupert[1].

AQSH shtati.Shimoliy Amerikaning shimoli-gʻarbida, AQShning asosiy qismidan uniKanada yerlari aj-ratib turadi. Maydoni 1519 ming km². Alyaska materik qismdan va bir qancha orollar (Aleksandr arxipelagi,Aleut orollari, Pribilov, Kadyak va boshqalar)dan iborat.Shimoliy Muz okeani vaTinch okean (Bering dengizi) bilan oʻralgan. Maʼmuriy markazi – Juno shahar. Tinch okean sohilida igna bargli oʻrmon bilan qoplangan baland togʻ 384 tizmalari bor. Gidroenergiyaga boy eng yirikYukon daryosida kema qatnaydi. Aholisi 599 ming kishi (1993), anchagina qismi harbiy xizmatchilardir. Mahalliy aholi indeyslar, aleutlar va eskimoslar. Aholining 3/4 qismi Alyaskaning janubi-sharqiy va janubiy sohil qismida yashaydi. Alyaskani 18-asr 1-yarmida ruslar egallab, qishloqlar qura boshlagan. 1799-yilda yer osti va yer usti boyliklaridan tanho foydalanish huquqini olgan Rossiya-Amerika kompaniyasi tashkil etildi. 1867-yilda Rossiya hukumati Alyaskani AQSH ga 7,2 mln. dollarga sotib yuborgan. Alyaska 1884-yilgachaAQSH harbiy vazirligi tasarrufida boʻlgan, 1884-1912-yillarda okrug, soʻngra hudud, 1959-yildan shtat. 19-asrning 90-yillarida Alyaskaning markaziy qismida va Syuard yarim orolda oltin konlari topilishi bilan Alyaskaning ichki qismlarida ham aholi turar joylari paydo boʻldi. 1911-38 yillarda Alyaskada mis konlari ishga solindi. 1915-23 yillarda transport yoʻli qurilib, Alyaskaning markaziy qismi sohil bilan bogʻlandi. Baliq ovlash va baliq sanoati, oʻrmon sanoati, foydali qazilmalar chiqarish va qisman moʻynachilik Alyaska xoʻjaligining asosini tashkil etadi. Oltin qazib chiqarish Alyaska kon sanoatining asosiy tarmogʻidir. Shuningdek, kumir, neft, qalay, platina, simob, xromit qazib olinadi. Ishlab beruvchi sanoat asosan konserva va taxta tilish korxonalaridan iborat. Ketchikan va Sitka shaharlarida 2 ta ulkan sellyuloza-qogʻoz zavodi bor. Qishloq xoʻjaligi bilan deyarli shugʻullanilmaydi, faqat Matanuska vodiysida, Kenay yarim orolda kartoshka ekiladi, qoramol, parranda boqiladi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Tashqi aloqalari, asosan, dengiz floti, shuningdek havo yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Alyaska avtomobil yoʻli va transport yoʻli orqali Kanada bilan bogʻlangan. Ichki yuklar transport yoʻli, shuningdek avtomobil yoʻllarida tashiladi. Xeyns – Ferbenks neft quvuri (1000 km) qurilgan. Alyaskada aerodromlar, harbiy-dengiz bazalari, raketodromlar bor[1].

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. 1,01,1OʻzME. Birinchi jild.Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


AQSh maʼmuriy boʻlinishi
Shtatlar
Federal okrug
Orol hududlari
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Alaska&oldid=5408912" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp