Alaq surasi (arabcha:سورة العلق, nomining maʼnosi —Laxta qon[9][10]) —Qurʼonning 96-surasi. Makkiy suralardan biri, 19 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 597–598[11]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 1-boʻlib nozil boʻlgan. Alaq — Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, yaʼni laxta quyuqqonga aylangan holati muroddir.
1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot boʻlmish Rabbingiz nomi bilan oʻqing!
2. U insonni laxta qondan yaratdi.
3. Oʻqing! Rabbingiz esa karamli zotdir.
4. U insonga qalam bilan (yozishni) oʻrgatgan zotdir.
5. U insonga bilmagan narsalarini oʻrgatdi.
6. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.
7. (Bunga) sabab oʻzini boy — behojat sanashidir.
8. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.
9. (Ey, inson,) koʻrdingmi, toʻsayotgan kimsani
10. bandani namoz oʻqiganda?!
11. Koʻrdingmi — agar u (namoz oʻquvchi) oʻzi Toʻgʻri yoʻlda boʻlsa,
12. yoki (oʻzgalarni) taqvoga (Allohdan qoʻrqishga) buyursa?!
13. Koʻrdingmi, agar u (namozdan) toʻsuvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuzoʻgirsa,
14. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) koʻrib turishini bilmasmi?!
Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Paygʻambar (a. s.)ga aziyat va zararyetkazishni oʻz oldiga oliy maqsad qilib qoʻygan boʻlib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan.
15. Yoʻq! Qasamki, agar u (bu yoʻlidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz
16. oʻsha yolgʻonchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!
17. Bas, u oʻzining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!
18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!
19. Yoʻq! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolgʻiz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqinboʻling! (Sajda oyati.)[12]