Alapayevsk –RossiyaningSverdlovsk viloyatidagi shahar. Shahar okrugi maqomiga ega Alapayevsk munitsipalitetining maʼmuriy markazidir. Maʼmuriy-hududiy boʻlinish nuqtai nazaridan viloyat boʻysunuvidagi shahar hisoblanadi.
Shahar 1639-yilda xuddi shu nomdagi daryo boʻyida, Neyva bilan qoʻshilish qismida joylashgan Alapayxa qishlogʻidan asosida shakllangan. 1781-yilda imperatoritsaYekaterina II ning farmoni bilan Alapayevsk Perm gubernatorligi Alapayevsk tumanining markaziga aylangan shahar maqomini oladi. 1783-yilda shahar oʻzining birinchi gerbini qabul qilgan.
Oʻrta Uralning sharqiy yon bagʻrida, Neyva daryosi (Ob havzasi), Alapayxa daryosining quyilishida,Sverdlovsk viloyatining markazida,Yekaterinburgdan 146 km shimoli-sharqda, Moskvadan 1847 km va Sankt-Peterburgdan 2483 km uzoqlikda joylashgan . Bu shaharNijniy Tagil – Alapayevsk,Chelyabinsk –Kamensk-Uralskiy – Artyomovskiy – Alapayevsk – Serov temir yoʻllarining tutashgan joyi, 65K-3504000Yekaterinburg – Rej – Alapayevsk, 65K-55010 Nijniy -Salpaevsk mintaqaviy yoʻllarining kesishmalari shahar hududidan oʻtgan.
Iqlimi moʻtadil sovuq iqlimqa yaqin, yil davomida, hatto quruq oylarda ham sezilarli yogʻingarchilik boʻlib turadi. Oʻrtacha havo harorati: +1,9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin: 496 mmni tashkil etadi.
Eng qurgʻoqchil oyi: mart, 15 mm yogʻingarchilikga ega. Eng koʻp yogʻingarchilik iyul oyiga toʻgʻri keladi, oʻrtacha 89 mmdir.
Iyul – yilning eng issiq oyi, oʻrtacha harorati +18,7 °C. Yilning eng past oʻrtacha harorati yanvarda: −15,6 °C.
1639-yilda Alapayxa daryosidagi aholi punkti haqida birinchi eslatma Verxoturye boyar oʻgʻli Andrey Miropolsev bilan bogʻliq. 1696-yilda Neiva daryosidagi Alapayxa yaqinidatemir rudasi topilgan. 1702-yilda Alapayxa daryosida davlat temir zavodi qurilishi boshlandi. Shu paytdan boshlab Alapayxa qishlogʻi zavod shaharchasiga aylandi.
1781-yilda Alapayevsk tumani tashkil etildi, uning markazi Alapayevsk boʻlib,Yekaterina II tomonidan shahar maqomini oldi. 1783-yilda shaharning birinchi gerbi tasdiqlangan. 1796-yil 12-dekabrda tumanning viloyatlarga yangi boʻlinishi sodir boʻldi, Alapayevsk tumani tugatilgan, Alapayevsk shahri Perm viloyatining viloyat shahri maqomini olgan.
1941-yil 9-sentyabrdaRSFSR Sverdlovsk viloyat ijroiya qoʻmitasining qarori bilan Alapayevsk viloyatga boʻysunadigan shahar maqomini oladi.
1963-yil 1-fevralda Alapayevsk shahar ishchilar deputatlari kengashi Sverdlovsk viloyat (sanoat) ishchilar deputatlari kengashiga oʻtkazilgan[2].
1918-yil 20-maydanRomanovlar imperator oilasining aʼzolari Alapayevskda Napolnaya maktabida saqlanadi va 17-iyuldan 18-iyulga oʻtar kechasi: Buyuk knyaz Sergey Mixaylovich, Buyuk knyaginyaYelizaveta Fyodorovna, imperator naslidan boʻlgan knyazlar Konstantin Konstantinovich, Ioann Konstantinovich, Igor Konstantinovich, knyaz Vladimir Paley, Fyodor Remez, Buyuk knyaz Sergey Mixaylovichning menejerlik ishlari boʻyicha xodimasi Varvara (Yakovlev)lar oʻldirilgan.
Alapayevsk shahridan 18 km uzoqlikda, Nijnyaya Selimskaya konida minaga tashlanadi va ularga granatalar uloqtiriladi. 1995-yilda ushbu maskanda rus cherkovining yangi shahidlari va konfessorlari nomiga monastir tashkil etilgan.
Bugungi kunda Alapayevsk markazida eski metallurgiya markazining shakllari saqlanib qolgan. 1704-yilda qurilgan bolgʻa ustaxonasining eskirgan binosi boʻlib, ustaxona Oʻrta Uraldagi eng qadimgi tosh binodir.
Rossiyadagi birinchigidroturbina ixtirochisi I. E. Safonov Alapaevsk zavodida ishlagan. Roza Lyuksemburg koʻchasi 30-uyda Alapayevsk oʻlkashunoslik muzeyi joylashgan. Bino 2018-yilda taʼmirlangan.
XX asr boshlarida Alapayevsk 1905-yil 8-martda Rossiyada birinchi ishchilar deputatlari Soveti tuzilgan shahar sifatida tarixga kirgan. Lenin koʻchasidagi 18-uy ushbu tashkilot faoliyati bilan bogʻliq.
P. I. Chaykovskiy bolaligining bir qismini Alapayevskda oʻtkazadi. Tadqiqotchilar bastakorning koʻplab asarlarini Alapayevskda oʻtgan davrining taʼsiri bilan bogʻlashadi. Chaykovskiylar yashagan uyda bastakorning bolalik davri muzeyi tashkil etilgan (Lenin koʻchasi, 30). Muzeyning ikkinchi qismida musiqa asboblari kolleksiyasi (uch xona) joylashgan.
Qadimgi Avliyo Troitskiy kafedral sobori (Chaykovskiy koʻchasi, 19) Oʻrta Uraldagibirinchi[1244 kundan beri manba koʻrsatilmadi] tosh ibodatxona. Bino 1702-yilda parishionerlar hisobidan qurilgan. XIX asrning birinchi yarmida qayta qurilgan. 300 yilligini nishonlash uchun sobor parishionerlar hisobidan qayta tiklangan. Qayta tiklashni tashkil etishdaI. D. Samoylov yordami katta. Maʼbadning yonida bozor maydoni mavjud boʻlib, Rabbiyning uyiga qaraydi.
Perminova koʻchasi 1-uyda Yekaterina sobori joylashgan. Maʼbad XX asr davomida ishlagan.
Inqilobdan oldin Alapayevskda Sovet davrida vayron qilingan Aleksandr Nevskiy tosh pravoslav sobori bor boʻlgan. Hozirda uning oʻrnida Inqilob maydoni joylashgan.
Alapayevsk stansiyasida temir yoʻl uzeli mavjud. Filial yoʻnalishlari: Nijniy Tagil, Serov va Kamensk-Uralsklardir. UzelYekaterinburg,Nijniy Tagil, Serov, Sosva va Artyomovskga shahar atrofi poyezdlari orqali ulanadi . Ilgari (2010 yilgacha) Yekaterinburg – Alapaevsk – Serov yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchilar xizmati mavjud edi. Chiziqlar barcha yoʻnalishlarda bitta yoʻldir.Nijniy Tagil vaKamensk-Uralskiy temir yoʻllari elektrlashtirilgan, Serovgacha – teplovoz yoʻli tortilgan. Shahar atrofidagi poyezdlardan tashqari, Alapayevsk va Nijniy Tagil oʻrtasida temir yoʻl avtobusi ishlaydi.
Alapayevsk tor oʻlchovli temir yoʻl (ATTY) –Rossiyada, sobiqSSSRda va butun dunyoda 750 mm boʻlgan eng yirik tor temir yoʻllardan biri. Alapayevskda tor temir yoʻli[4] va Alapayevsk-2 yoʻlovchi stansiyasining harakat tarkibiga xizmat koʻrsatadigan depo mavjud. ATTY deposi hududida temir yoʻl muzeyi ochilgan.
Ichki va shahar atrofida avtobus qatnovi mavjud. Kichik avtobus bekati bor. Alapayevsk shahrigaYekaterinburg,Nijniy Tagil va uning atrofidagi shaharlardan shaharlararo avtobusda borish mumkin. Kichik avtobuslar esa shaharlararo yoʻnalishlarda ishlaydi.
Rejalashtirilgan ichki yoʻnalishlar:
1-son ShMShsi – Ishchilar shaharchasi
2-son ShMShsi – Zapadniy turar-joyi
3-son ShMShsi – Pionerov – Neyvo-Alapayxa
4-son Sangorodok shahri – Mujestva
6-sonli markaziy shahar kasalxonasi – Gʻalaba maydoni – ishchilar shaharchasi
7-son ShMShsi – „Stroydormash“ zavodining maydoni – Stankozavod maydoni
8-son ShMShsi – Stankozavod maydoni – „Stroydormash“ zavodi maydoni
2018-yilda oʻtkazilgan kuzatishlar natijalariga koʻra, atmosfera havosining ifloslanish koʻrsatkichi ruxsat etilgan meʼyorlardan oshib ketgan, biroq aholi uchun zararli emas[5].
2018-yilda „Alapayevsk kanali“ MKK tomonidan suvdan foydalanish hajmi 1,97 million kub metrni tashkil etadi. Xuddi shu yili Alapayevskdamikrobiologik koʻrsatkichlar boʻyicha tarqatish tarmogʻidagi qoniqarsiz namunalar foizining oʻrtacha mintaqaviy qiymatidan oshib ketganligi aniqlandi[5].
Alapayevskning ekologik xavfsizligiga tahdid bu oʻrmon maydonlari, daryolar tekisliklari va yoʻl chetlarining ruxsat etilmagan chiqindilar bilan ifloslanishi va axlatlanishi hisoblanadi[6].
2019-yil 1-sentabrda yer usti analog televideniyesi butunlay toʻxtatildi. DVB-T2 er usti raqamli televideniyesi 31 va 56 ta telekanalda (20 ta telekanal va 3 ta radiostantsiya) efirga uzatiladi. DVB-T 2015-yil 1-fevraldan boshlab shaharda translyatsiyasini toʻxtatdi. Kabel televideniesi (44 ta telekanal) mavjud. 3 ta provayder IPTV xizmatlarini taqdim etadi. Alapaevskaya TV tahririyatining dasturlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda nashr etilgan