Alajaxyoyuk
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Alajaxyoyuk — Boʻgʻozkoʻy qishlogʻidan (Markaziy Anadolu,Turkiya) shimolroqdagi tepalik. Arxeologik qatlamlar topilgan (mil. av. 4-3- ming yillik — mil. av. 7-6-asrlar). Ilkjez davri (mil. av. 3-ming yillik)ga oid nihoyatda boy nekropol ochilgan. Undan qimmatbaho idishlar, qurol-yarogʻ, marosim buyumlari, bezaklar hamda xettlar davriga oid mahobatli mudofaa devori qoldiqlari topilgan, devordagi darvozalarga sfinkslar shakli tushirilgan. Tepalikda ibodatxona va boshqameʼmoriy inshootlar xarobalari ham saqlangan.
| Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |